Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə9/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

Taqsimlanish xromatografiyasining mohiyatini ajratilayotgan moddalarning suyuqlikda turlicha eruvchanligi tashkil etadi.Ularni ajratishning asosiy sharti-moddalar eruvchanligidagi farqdir.Lekin ajralish jarayoni bir-biri bilan aralashmaydigan harakatsiz (suyuq) va harakatchan (suyuq yoki gaz) ikki faza sirt chegarasida bo‘lganligi uchun ajralish jarayoni moddaningikki faza o‘rtasida taqsimlanish koeffitsienti bilan aniqlanadi deyilsa to‘g‘riroq bo‘ladi.Shundan xromatografiyaning ushbu variantining nomi – taqsimlanish deb kelib chiqadi. Adsorbsion xromatografiya kabi molekulalararo o‘zaro ta’sir kuchlarining tabiati ajralish jarayonini ta’minlashda asosiy omil vazifasini bajaradi. Lekin ushbu variantda Van-der-vaals kuchlarining o‘rni birlamchidir.
Cho‘ktirish xromatografiyasining mohiyatini ajratiladigan moddalar bilan cho‘ktiruvchi reaktiv o‘rtasidagi reaksiya natijasida qiyin eruvchan birikmalarning hosil bo‘lishi tashkil etadi.Xromatografiyaning har qaysi turlari ichida ularning rivojlanishi natijasida turli variant va ko‘rinishlar paydobo‘lgan. Jumladan,adsorbsion va taqsimlanish xromatografiyalarini xromatografik ustunda, qog‘ozda, shisha plastinka sirtiga joylangan yupqa sorbent qavatida amalga oshirish mumkin.Xromatografik ustunlar turli shakl va konstruksiyalarda bo‘lishi mumkin.Bu omillarga bog‘liq holda xromatografiyaning turli variantlari mos ravishdagi nomlarni olgan. Masalan, ustunli, qog‘oz, yupqa qatlamli va h.k. Harakatdagi va qo‘zg‘almas fazalarning agregat holatibo‘yicha klassifikatsiya. Qo‘zg‘almas faza agregat holati bo‘yichaqattiq yoki suyuq bo‘lishi mumkin, ya’ni qo‘zg‘almas faza sifatida adsorbsion xossani namoyon qiladigan qattiq (adsorbsion xromatografiya) yoki inert modda tutuvchi sirtiga yoyilgan suyuqlik (taqsimlanish xromatografiyasi) ishlatilishi mumkin.Harakatdagi faza esa suyuq, gaz yoki bug‘ bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra xromatografiyaning to‘rtta asosiy ko‘rinishini ajratish mumkin: suyuqlik-adsorbsion, gaz-adsorbsion, suyuqlik-suyuqlik va gaz-suyuqlik. Mazkur klassifikatsiya gaz xromatografiyasi bo‘yicha 1956 yilda Londonda bo‘lib o‘tgan birinchi xalqaro simpozium tomonidan tavsiya etilgan.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə