Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə5/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

Ishning nazariy qismi

Rus olimi V.P.Filatov 1942 yilda biogen stimulyatorlar haqidagi nazariyasini ilg‘or surdi. Ushbu nazariyaga ko‘ra hayvon va o‘simlik xom ashyosining izolyasiyalangan to‘qimalarida noqulay sharoitga moslashish mobaynida metabolik tizimning qayta qurilishi ro‘y beradi. Buning natijasida organizmga kiritilgan ushbu moddalar hayotiy zarur jarayonlarni tezlashtiradi va stimullovchi ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu moddalar biogen stimulyatorlar deb atalgan.V.P.Filatov nazariyasiga ko‘ra:


a) Biogen stimulyatorlar – evolyusiya natijasida tirik organizmlarning tashqi muhit sharoitiga moslashuvi natijasida hosil bo‘ladi;
b) Tirik organizmdan ayri xolatdagi to‘qimalar «yashash uchun kurash» harakati natijasida vujudga kelganlar.
Biostimulyatorlarni hosil bo‘lishini ta’minlaydigan asosiy omillarga quyidagilar kiradi:

  • past harorat (+2- +4 ) ;

  • qorong‘i joyda saqlash ;

  • rentgen nurlanish.

«Katta» organizmga biogen stimulyatorlarni kiritish uchun ekstraktlar in’eksiya ko‘rinishida yoki xom ashyo to‘qimalarini ko‘chirish orqali amalga oshiriladi.Buning natijasida organizmning ichki jarayonlari faollashadi.Moddalar almashinuvini kuchaytirish orqali biogen stimulyatorlar organizmning fiziologik funksiyalarini va kasallikka qarshi kurashuvchanligini oshiradi,regenerativ xsusiyatlarini kuchaytiradi va sog‘ayish jarayonini tezlashtiradi.Biogen stimulyatorlar saqlagan dori vositalari o‘simlik,hayvon va mineral tabiatga ega.Ularga misol tariqasida kalanxoe (Kalanchóe pinnáta), lyuserna (Medicago sativa), donnik (Melilótus officinális), agava (Agave americana), aloe (Alóe arboréscens), ochitok (Sédum ácre) o‘simliklari, liman balchig‘i (Reloidinum),mumiyo (Mumijo), hayvonlarning ko‘z gavxari,ko‘zning shishasimon moddasi hamda platsentasini keltirish mumkin.Xom ashyoni ekstraksiyalash orqali undagi biofaol moddalarni ajratib olishga erishiladi.


Ishni bajarish tartibi

Ekstrakt daraxtsimon aloening biorag‘batlantirilgan (I.P.Filatov bo‘yicha)barglaridan olinadi. Dastlabki xom ashyo 2 yildan ortiq o‘sgan o‘simlik bo‘lishi zarur.O‘simlik pastki qismining barglari qirqib olinadi, yuqori qismdagi rivojlanmagan barglar qoldiriladi. Barglarni biorag‘batlantirish uchun ularni +4 -+8ºC haroratda 10 – 12 sutkaga qorong‘i joyda qoldiriladi. Shundan so‘ng ular yuviladi, quritiladi, bargning tikanlari va sarg‘aygan uchlari olib tashlanadi va tegirmonda maydalanadi. Hosil bo‘lgan massaga uch xissa tozalangan suv quyiladi va xona haroratida ikki soat davomida tindiriladi. Shunda so‘ng nastoyka 2 daqiqa davomida qaynatiladi, filtrlanadi, sovutiladi, miqdori (xajmi, ml.) o‘lchanadi va oksidlanishi aniqlanadi (sinama sulfat kislota ishtirokida permanganat kaliyning 0,01 n eritmasi bilan titrlanadi).


Analiz natijalariga ko‘ra filtrat shunday miqdorda suyultiriladiki, uning oksidlanish darajasi 1 litr filtratga 1500 mg kislorod to‘g‘ri keladi. So‘ng natriy xlor qo‘shiladi (1litr filtratga 7 gr) va yana 2 daqiqa qaynatiladi, so‘ng filtrlanadi.
In’eksiya uchun preparatni tayyorlashda, hosil qilingan shaffof ekstrakt (pH ko‘rsatkichi 5,0 – 6,8) 1ml miqdordagi ampulalarga quyiladi va 120ºC da 1 soat davomida sterillanadi.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə