Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə17/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

Anion almashinish smolalari musbat zaryadlangan guruhlarni saqlab, o‘ziga manfiy zaryadlangan molekulalarni tortadilar. Asos guruhlarining protonlar bilan bog‘lanishi jarayonida musbat zaryadlar vujudga kelgani uchun yuqoridagi smolalar asosli ion almashinish smolalari deb ataladi. Bundan tashqari kationlar va anionlarning almashinishi amalga oshiriladigan amfoter ionitlar ham mavjud bo‘lib, ular amfolitlar deb ataladi.
Biofaol moddalarni ajratish uchun qo‘llaniladigan ko‘pgina ion almashinish smolalari stirol va divinil benzolning sopolimerizatsiya natijasida hosil bo‘ladi.Polisterol-ba’zi erituvchilarda eriydigan bir chiziqli polimer bo‘lib, sterolning divinil benzol bilan kondensatsiya reaksiyasi natijasida ularning molekulalari orasida ko‘ndalang bog‘lar hosil bo‘ladi va natijada erimaydigan smola vujudga keladi. Sopolimer tarkibidagi divinil benzolning miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, ko‘ndalang bog‘larning soni xam shuncha ortadi.Ko‘ndalang bog‘langan polisterolga kons.H2SO4 bilan ishlov berilganda sulfirlangan polisterol smola hosilbo‘ladi (masalan daueks 50-kuchli kislotali ion almashinish smolasi). -SO3H guruhlar pH ning deyarli barcha qiymatlarida ionizatsiyalanadi (pH ning haddan ziyod past ko‘rsatkichlari bundan mustasno). Kuchli asosli ion almashinish smolalarini olishda ko‘ndalang bog‘langan polisterol bilan xlormetil efirini ta’sir ettirish zarur. CH2N+(CH3)3Cl guruhlar pH ning deyarli barcha qiymatlarda ionizatsiyalanadilar (kuchli ishqoriy pH qiymatlari bundan mustasno). Kation almashinish va anion almashinish smolalari ularning tarkibidagi kislotali yoki asosli guruhlarning kuchiga ko‘ra farqlanadi. Kation almashinish smolalarda qutbli guruh sifatida -SO3H funksional guruh ishtirok etsa, kuchli kislotali xossaga ega bo‘ladi. Agar - CO2H guruh ishtirok etsa, kuchsiz kislotali xossalarni namoyon qiladi.Anion almashinish smolalarda qutbli guruhlar sifatida uchlamchi va to‘rtlamchi ammoniy guruhlari CH2NR2 (kuchsiz asosli) yoki CH2N+ R3 (kuchli asosli) qatnashadilar. 2— jadval


Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə