Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə36/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

Fosfolipidlar
Tarkibida fosfat guruhini saqlagan lipidlar-fosfolipidlar deb ataladi. Fosfolipidlarning molekulalari qutbli zaryadlangan triglitserid qismi («boshcha»)dan va qutbsiz zaryadlangan 2ta yog‘ kislotalarining uglevodorod zanjirlari («dumcha»)dan iborat. Fosfolipidlarning molekulalarida fosfat kislotaga –OH guruh murakkab efir bog‘i bilan bog‘langan. Fosfolipidlarning gidrofob va gidrofil qismlardan tashkil topganligi uning amfifil xossalarini namoyon qilishini belgilab beradi. Ya’ni fosfolipidlar qutbsiz organik erituvchilarda erib, suv bilan turg‘un emulsiya hosil qilish hususiyatiga ega. Fosfolipid tarkibidagi fosfat kislota va –OH guruh shartli ravishda qutbli «boshcha»ni hosil qiladilar. Ikkita uglevodorod zanjiridan iborat bo‘lgan qutbsiz yog‘ kislota qoldiqlari («dumchalar») esa fosfolipidning gidrofob xususiyatlarini namoyon qiladi. Fosfolipidlar yig‘indisini suvda chayqatganda mitsellalar xosil bo‘lib , qutbsiz «dumchalar» mitsellaning ichiga, qutbli «boshchalar» esa qutbli zaryadlangan suv yuzasi tomon intiladi.
Fosfolipidlar biqatlamlar hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lib, barcha xujayralarning membranalarida biqatlam qobiq xosil qiladilar. Ular esa o‘z navbatida yopiq sfera pufakcha ko‘rinishidagi liposomani xosil qiladilar. Liposomalar-dori vositalarining tabiiy tashuvchisi sifatida keng qo‘llaniladi va inson organizmiga beziyonligi bilan ajralib turadi. Dori vositalarining liposomal shakllari bevosita kasallikka chalingan a’zoga ta’sir etib, boshqa a’zolarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Liposomaning o‘zi esa hujayra membranasining tarkibiy qismiga aylanib, so‘rilib ketadi, ya’ni kumulyativ, allergik va toksik ta’sirlar ko‘rsatmaydi. Shu sababli dorilarning liposomal shakllarini yaratish va farmatsevtika sanoatida qo‘llash maqsadga muvofiq.


Fosfolipidlarning tarkibida glitserin spirtlari yoki sfingozin spirtlari mavjudligiga ko‘ra glitserofosfolipidlar va sfingofosfolipidlarga farqlanadi.


Glitserofosfolipidlar
Fosfat kislota glitserofosfolipidlar molekulasining asosi bo‘lib xizmat qiladi va o‘z navbatida glitserin, 2ta yog‘ kislotasi va fosfat kislotalaridan tashkil topgan.Glitserofosfolipidning formulasidan ko‘rinib turibdiki, fosfolipidlardagi –ON gurux qutbli bo‘lib, fosfolipidlarning amfifil xossalarga ega bo‘lishida katta ahamiyati ega.
H2 C – O – CO – R1
I
HC – O – CO – R2
I
H2C – O –PO – OH
I
OH‌‌‌


Fosfolipid

Fosfolipdlarning molekulasida fosfat kislotaga – OH guruh murakkab efir bog‘i bilan bog‘langan.
H2C – O – C O– R1 H2 C – OH
I I
H - C – O – CO – R2 H C – OH
I I
H2C – O - CO – R3 H2C - OH



Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə