Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə42/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

1-Rasm. Plazmalemma tuzilishi
.
1 – fosfolipidlar; 2 – membranalarning boshqa lipidlari; 3 –periferik joylashgan oqsil; 4 – yarimintegral oqsil; 5 – integral oqsil; 6 – glikokaliks oligosaxaridlari; 7 – politopik (glikoprotein); 8 – yarimintegral murakkab oqsil (glikolipoprotein).
Glitserofosfolipidlar
Glitserofosfolipidlar molekulasidagi fosfat kislota guruhiga murakkab efir bog‘i yordamida HO-tutuvchi qutubli molekula birikkan bo‘ladi. Bunda X − HO-tutuvchi qutbli molekula (qutbli guruhlanish). Fosfolipidllarning nomlanishi ularning tarkibidagi u yoki bu qutbli guruhning bor yo‘qligiga qarab hosil qilinadi.
Qutbli boshchasi sifatida etanolamin tutgan glitserofosfolipidlar:


HO-CH2-CH2-NH2 −fosfatidiletanolaminlar,


xolin qoldig‘ini tutsa

fosfatidilxolinlar,


serin qoldig‘ini tutsa

fosfatidilserinlar deb nomlanadi.


Fosfatidiletanolamin formulasi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:





Gidrofob xususiyatidan kelib chiqqan holda moy va xolesterinlar qonda erkin holatda harakatlana olmaydilar. Fosfolipidlar molekulasining gidrofob qismi moy va xolesterin bilan bog‘lanib, gidrofil qismi esa suv yoki qon bilan bog‘lanadi. Moylar qonda xilomikronlar ko‘rinishida harakat qiladi. Xilomikron – bu fosfolipidlar molekulalari bilan qoplangan moy tomchisidir. Fosfolipidlarning yog‘ kislotalarini saqlagan qismi moy tomchisiga birikadi. Suvda eriydigan triglitserid qismi esa tashqariga yo‘naltirilgan bo‘ladi shu tarzda xilomikronlarning sferik moddalari suvda qisman eriydigan emulsiya hosil qiladi va qon oqimida harakatlanish qobiliyatini ta’minlaydi. Moy tomchilaridan farqli o‘laroq xolesterin tomchilari fosfolipidlar va oqsillardan tashkil topgan qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi.


Ushbu qobiq lipoproteid deb atalib, uning tarkibida xolesterinlar oz miqdorda bo‘lib, fosfolipidlar miqdori yuqori bo‘lsa, bu lipoproteid kichik o‘lcham va yuqori zichlikka ega bo‘ladi va yuqori zichlikka ega lipoproteidlar deb ataladi.
Agar lipoproteid zarrachasi ko‘p miqdorda xolesterin va oz miqdorda fosfolipidlar saqlasa, ushbu zarrachaning o‘lchami katta bo‘lib, zichligi past bo‘ladi. Ularga quyi zichlikka ega bo‘lgan lipoproteidlar deb ataladi. Yuqori zichlikka ega bo‘lgan lipoproteidlar xolesterinni biriktirib, uni jigarga tashib beradi. Jigarda ushbu xolesterin o‘t kislotalarining hosil bo‘lishiga sarflanadi.Xolesterining asosiy qismi o‘t kislotalarini hosil qilishga, 3% esa jinsiy gormonlarni xosil qilishga sarflanadi.
Quyi zichlikka ega lipoproteidlar laxtaga xolesterinni tashib beradilar. Agar laxta xali shakllanmagan bo‘lsa, xolesterin ushbu laxtani hosil qiladigan xujayra tuzilmalariga tashib beradi. Yuqori zichlikka ega bo‘lgan lipoproteidlar esa laxtalardagi xolesterinni chiqarib tashlaydi. Kundalik xayotda QZL (quyi zichlikdagi lipoproteidlar) «yomon» xolesterin deb ataladi, YuZL (yuqori zichlikdagi lipoproteidlar) esa «yaxshi» xolesterin deb ataladi.
Bundan tashqari YuZL − α-xolesterin, QZL − β-xolesterin deb xam ataladi. Organizmga tashqaridan fosfolipidlar kiritilganda α-xolesterin miqdori oshadi, β-xolesterin miqdori miqdori esa kamayadi. Bunda laxtadan qancha xolesterining o‘tish oqimi, qondan laxtaga xolesterinning o‘tishi oqimidan ortib boradi. Bunga sabab nafaqat fosfolipidlarning xolesterinni emulsiya ko‘rinishiga keltirishi, balki fosfolipidlarning antioksidant ta’sir ko‘rsata olishidir. Fosfolipidlar erkin radikallarining oksidlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. SHuning uchun QZL lar agressiv erkin radikallar tomonidan parchalanmaguncha QZL dagi xolesterin laxtaga (yoki laxtani hosil qiladigan hujayraga) tashib berilmaydi.
Lipidlar geterogen birikmalar guruhini tashkil etib, o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ularning xloroform, dietil efiri, petroley efiri, benzol kabi organik erituvchilarda erish xususiyatidir. Pishib etilgan dukkakli o‘simliklarning lipidlari, asosan, hujayra sferosomalarida va vezikulalarida to‘planadi. Lipidlarning miqdori dukkakli o‘simliklarning naviga, kelib chiqishiga, atrof muhit sharoitiga, o‘simlik etishtirilgan tuproqning turiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Dukkakli o‘simliklar tarkibidagi lipidlarda almashinmaydigan yog‘ kislotalari yuqori miqdorda mavjud bo‘lib, ular inson organizmi uchun muhim fiziologik funksiyalarini bajaradilar. Dukkakli o‘simliklarning tarkibida neytral lipidlar, fosfolipidlar va glikolipidlar mavjud.
Inson organizmida lipidlar biosintezi etarli miqdorda sintez bo‘lmaganligi sababli ushbu lipidlar oziq−ovqat yoki dori vositalari ko‘rinishida qabul qilinadi. Dukkakli o‘simliklar to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalariga boy bo‘lganligi uchun ulardan lipidlarni ekstraksiyalash maqsadga muvofiq.
Yong‘oq, no‘xot, nut, mosh tarkibida olein va linol kislotalari, soya va loviyada esa bundan tashqari linolen va palmitin kislotalar ham mavjud. Linol va linolen kislotalarning metobolitik parchalanish natijasida araxidon va dokozageksagen kislota kabi to‘yinmagan yog‘ kislotalari hosil bo‘ladi. Ushbu 2 ta yog‘ kislotasi hujayra strukturasining shakillanishi, normal o‘sishi, barcha to‘qimalarning normal faoliyat ko‘rsatishini, shuningdek prostaglandin sintezini ta’minlaydi. Morxauer va Xolmanning kalamushlarda o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra to‘yinmagan yog‘ kislotalari xolesterin bilan bog‘lanib efir hosil qiladi va natijada jigar hamda qon tarkibidagi xolesterin miqdori kamayadi.

Linol va linolen kabi almashmaydigan yog‘ kislotalarining tanqisligida xolesterin to‘yingan yog‘ kislotalari bilan efir hosil qilib, natijada xolesterining metabolik faolligi pasayadi, xolesterining miqdori ortib boradi, qon tomirlarining ichki
devorlarida to‘planadi va aterosklerozning kelib chiqishiga olib keladi. Hozirgi kunda hayvon tabiatga ega bo‘lgan moylar o‘rniga eryong‘oq, soya kabi o‘simliklardan olingan moylar ishlatilib, qondagi xolesterining miqdorini kamayishiga erishilmoqda.Ko‘pgina dukkaklilar urug‘idabitta to‘yinmagan yog‘ kislotalaridan biri mavjud bo‘ladi bu linol yoki linolen yog‘ kislotasidir. Masalan, soya va yong‘oqda asosiy yog‘ kislotalari olein va linolen kislotasi tarzida taqdim etilgandir.
Dukkaklilar urug‘i tarkibidagi lipidlar bir necha sinfga bo‘lingandir, bular neytral lipidlar, fosfolipidlar va glikolipidlardir. Urug‘ tarkibidagi ushbu sinf yog‘larining miqdori o‘simlik navi va turiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pgina dukkaklilar urug‘i tarkibida neytral lipidlar miqdori ko‘p bo‘lib, fosfo- va glikolipidlar ham ma’lum miqdorda uchrab turadi. Soya urug‘i tarkibida 89% neytral lipidlar, 10% fosfolipidlar va 2% glikolipidlarni tashkil etadi. Soya urug‘i tarkibidagi fosfolipidlar – sotuvga kelib tushadigan letsitin preparatlarining asosiy miqdorini tashkil etadi. Fosfolipidlar va glikkolipidlar – urug‘ membranasining asosiy komponentlaridan biridir. Neytral lipidlar asosan triglitseridlardan va oz miqdorda yog‘ kislotalari – sterin va sterin efirlaridan tashkil topgan. No‘xot urug‘ tarkibida o‘nta turdagi neytral lipidlar mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari triatsilglitseridlar, erkin sterinlar va sterin efirlari, minor komponentlariga monoglitseridlar, diglitseridlar, erkin yog‘ kislotalari, mum va ba’zi pigmentlar kiradi. Ko‘pgina tarkibi o‘rganilgan dukkaklilarning neytral lipidlar fraksiyasidagi yog‘ kislotalari, fosfolipidlar va glikolipidlar palmitin, olein, linolen va linol kislotalari tarzida taqdim etilgandir.



Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə