Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə38/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

СН3 (СН2)4 – (СН = СН – СН2)2 – (СН2)6СООН Linol kislota


СН3 – СН2 – (СН – СН – СН2)3 – (СН2)6 – СООН α-linolen kislota

Ushbu fraksiya «essensial fosfolipidlar» nomini olgan , keyinchalik esa letsitin deb atalgan.Letsitin atamasi 2 hil ma’noda tushunilishi mumkin. Tor doirada fosfotidil xolin tushuniladi. Keng ma’noda barcha fosfolipidlar nazarda tutiladi, sababi barcha fosfolipidlar glitserofosfor kislotaning murakkab efirlari hisoblanadi va hammasini tarkibida fosfor saqlanadi.


Fosfolipidlarning asosiy vazifasi-strukturaviy, ya’ni barcha xujayra membranalari fosfolipidlardan tashkil topgan (ma’lum miqdorda xolesterindan ham). Hatto hujayra ichidagi tuzilmalar-organoidlar ham fosfolipidlardan tashkil topuvchi membranalar bilan qoplangan. Sitoplazma tarkibidagi hujayra ichki matriksi ham biomembranalar yig‘indisidan iborat.Fosfolipidlar biomembranalarning normal tuzilishini ta’minlar ekan, xujayraning asosiy funksiyalari to‘g‘ridan –to‘g‘ri ushbu fosfolipidlarga bog‘liq bo‘ladi. Qizig‘i shuki, vaqt o‘tishi bilan membranalardan xolesterin molekulalarining solishtirma og‘irligi oshadi, fosfolipidlarning solishtirma og‘irligi esa kamayib boradi. Bu xodisa keksayish jarayonini yaqqol izoxlab beradi.
Hujayra membranalari tarkibida eng ko‘p fosfolipidlar saqlaydigan a’zo-bu jigardir. Uning hujayra membranalari 65 % fosfolipidlardan tashkil topgan. Fosfolipidlar esa o‘z navbatida 40 % fosfotidilxolin (ya’ni letsitindan) tashkil topgan. Tarkibida fosfolipidlar saqlash miqdoriga ko‘ra jigardan keyin bosh miya va yurak turadi.Hujayra membranalari fosfolipidlar va xolesterinlardan tashqari oqsillardan ham tashkil topgan.
Bu oqsillar gormonlar va biologik faol moddalar uchun retseptor vazifasini bajaradilar. Fosfolipidlar etishmaganda hujayraning retseptor funksiyalri buziladi va ratsionga etarli miqdorda fosfolipidlar qo‘shilgandan keyingina yana tiklanadi.
Shunday qilib, fosfolipidlar-membranadagi oqsil retseptorlarning aktivatori xisoblanar ekan.Strukturaviy fosfolipidlardan tashqari fosfolipidlar nerv impulslarini o‘tkazishda, qon ivishi, immunitet reaksiyalarida, to‘qimalar regeneratsiyasida ham faol ishtirok etadi.
Fosfolipidlar transport vazifasini ham bajarib, lipoproteidlar komplekslarini hosil qiladilar va qonda xolesterin transportini ta’minlaydilar. Fosfolipidlar biosintezi 1-chi navbatda jigarda, so‘ng ichak devorlarida, tuxumdonlarda va xokazolarda amalga oshiriladi.
Hujayra membranalarining «suyuq holat darajasi» degan tushuncha mavjud. Hujayraning tashqi membranasi orqali hujayra ichiga barcha oziq moddalar, ba’zi gormonlar, vitaminlar, bioregulyatorlar va xokazolar kiradi. Membrananing suyuq xolat darajasini kamayishi oziq moddalarning almashinuvini qiyinlashtiradi. To‘yingan yog‘ kislotalari va xolesterin xujayra membranalarining «qattiq»ligini, dag‘alligini ta’minlaydi. SHuning uchun keksaygan sari xujayralar gormonal signallarga va anabolik stimullarga javob bermay qo‘yadilar. Fosfolipidlar va to‘yinmagan yog‘ kislotasi esa,aksincha, hujayra membranalarini «tiriltirib» ,atrof muxit bilan metabolitlarni almashinishi jarayonini ta’minlab beradi.
Letsitin o‘z navbatida to‘yinmagan yog‘ kislotalarini saqlagan fosfolipid hisoblanadi va hujayra membranalarining «yosharish» omili bo‘lib xizmat qiladi.
Hujayra membranasiga tashqi va ichki muhitning salbiy omillari ta’sir ko‘rsatganda membrananing shu qismida fosfolipid molekulalari deformatsiyalanadi va parchalanadi. Normal tirik hujayrada doimiy ravishda barcha mebrnalarning qayta tiklanishi ro‘y beradi. Buning uchun etarli miqdorda fosfolipidlarning etkazib berilishi darkor.Fosfolipidlarning defitsiti hujayra membranalarining muntazam ravishdagi yangilanib borishini sekinlashtirib, turli kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Xolesterin – steroidlarning eng muhim vakillardan biri bo‘lib,organizmda erkin xolatda va bog‘langan xolda uchraydi. Erkin xolatdagi xolesterin hujayra membranasi va qon lipoproteinlari tarkibiga kiradi. Bog‘langan xolda esa xolesterin yog‘ kislotalari bilan murakkab efirlar xosil qiladi. Xolesterin barcha steroidlarning o‘tmishdoshi hisoblanadi.Bularga buyrak usti gormonlari (kortikosteroid), jinsiy gormon (testosteron, estradiol va b.), o‘t kislotalari (dezoksixolin) va vitamin D misol bo‘la oladi.
Organizmning umumiy qarish jarayonini sekinlashtirishda fosfolipidlarning ahamiyati juda katta. Fosfolipidlar saraton shishilarining o‘sishini, hatto kasallikning sunggi bosqichlarida 2 barobar sekinlashtirishi aniqlangan. Shu tajriba avval sichqonlarda, so‘ng odamlarda sinab ko‘rilgan.
Letsitinning yana bir xususiyatlaridan biri – qondagi xolesterin miqdorini kamaytirish. Buni amalga oshirish uchun fosfolipidlarning gidrofob qismi yog‘lar va xolesterin bilan bog‘lanadi, gidrofil qismi esa suv (qon) bilan bog‘lanadi. Shunda yog‘ molekulalari qon oqimida xilomikron ko‘rinishida harakat qiladi. Xilomikron – bu yog‘ tomchisi bo‘lib, fosfolipidlar bilan o‘rab olingan bo‘ladi. Shunda gidrofob boshchalar yog‘ga yopishib olib, gidrofil dumchalar qon oqimida harakatlanishga imkon yaratadi.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə