Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə35/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

Mavzuning ahamiyati: Fosfolipidlarning biologik membranalardagi ahamiyati haqida ma’lumot beriladi.Xayvon ( mol jigari) to‘qimalaridagi lipidlarni ekstraksiyalash jarayonining bosqichlarini talabalarga izohlab beriladi.


Ishning nazariy qismi

Lipidlar-tirik organizmlar to‘qimalari tarkibidagi quyimolekulyar organik birikmalar bo‘lib, asosan, triglitseridlar, ya’ni glitserinning murakkab efirlari hamda turli yog‘ kislotalaridan iborat. «Lipos»-yunoncha «yog‘» so‘zidan olingan bo‘lib, yog‘lar tarkibida triglitseridlardan tashqari biologik faol moddalar (fosfotidlar,stearinlar, vitaminlar) ham mavjud bo‘lishi mumkin. Lipidlar suvda erimaydi, lekin xloroform, efir, atseton, benzol va boshqa organik qutbsiz erituvchilarda yaxshi eriydi. Lipidlarning umumiy xususiyatlaridan biri-bu ularning gidrofobligidir. Lipidlar bir jinsli bo‘lmagan kimyoviy birikma bo‘lib, turli-tumanligi sababli ularga aniq bir ta’rif berish mushkul. Lipidlar – yog‘ kislotalarining qoldiqlari va biror bir spirtning murakkab efirlaridan iborat. Lipidlarni quyidagi sinflarga bo‘lish mumkin:



  1. triatsilglitserinlar (yog‘lar);

  2. fosfolipidlar;

  3. steroidlar (xolesterinlar);

  4. mumlar;

  5. terpenlar.


Lipidlar yana 2 kategoriyaga ham bo‘linadi: sovunlanadigan va sovunlanmaydigan. Tarkibida murakkab efir bog‘ini saqlagan lipidlar sovunlanadigan deyiladi (mumlar, triatsilglitserin, fosfolipidlar).Sovunlanmaydiganlarga – terpenlar, steroidlar kiradi.
Triatsilglitserinlar ( yog‘lar)

Triatsilglitserinlar yog‘ (yuqori karbon) kislotalari va glitserinni uch atomli spirtining murakkab efirlari hisoblanadi. Yog‘ kislotalarining umumiy formulasi R-COOH. Bunda – R- uglevodorod radikal. Tabiiy yog‘ kislotalarining tarkibida uglerod atomlarini soni 4 dan 24 gacha bo‘ladi.


Triatsilglitserin molekulasining umumiy kimyoviy ko‘rinishi quyidagicha:




Triatsilglitserid qutbsiz birikma bo‘lganligi uchun suvda erimaydi. Triatsilglitsinlarning asosiy funksiyasi - quvvat (energiya) zaxirasini yaratishdir. 1 gr yog‘ oksidlanganda 39 kDj gacha energiya ishlab chiqariladi. Triatsilglitserinlar yog‘ to‘qimalarida to‘planadi, termoizolyasiya funksiyasini bajaradi hamda organizm a’zolarini mexanik zararlanishdan asraydi.
Qiziqarli ma’lumot: tuya o‘rkachidagi yog‘lar, 1chi navbatda, energiya manbai hisoblansa, 2chidan, suv zaxirasi sifatida foydalaniladi va suv tanqisligi davrida qo‘l keladi, ya’ni tuya o‘rkachidagi yog‘larning oksidlanishi natijasida suv hosil bo‘ladi.



Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə