Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli


Askorbin kislotasi Degidroaskorbin kislota



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə31/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

Askorbin kislotasi Degidroaskorbin kislota
L-askorbin kislotasi vitamin aktivligini namoyon qiladi, D-askorbin kislotasi esa fiziologik inert modda hisoblanadi.L- askorbin kislotasi rangsiz, suvda yaxshi eriydigan va nordon mazali bo‘ladi. Benzolda, xloroformda, dietil efirda va yog‘larda erimaydi. Askorbin kislotasining suvdagi eritmasi kislotali reaksiyani namoyon qiladi. U oson oksidlanib, degidroaskorbin kislotasiga aylanadi. Bunda uning vitaminli xossasi saqlanib qoladi. Degidroaskorbin kislotasi beqaror bo‘lib, qaytarilish reaksiyasi natijasida yana L- askorbin kislotasiga aylanadi. Vitamin C ning bu xossasi uning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida aktiv ishtirok etishini belgilaydi. Askorbin va degidroaskorbin kislotalari elektronlar uzatilishidagi eng muxim komponentlardan hisoblanadi. Vitamin C ko‘pgina fermentativ jarayonlarda aktivator va ingibitor sifatida ishtirok etadi.


Metilen ko‘ki bilan boradigan reaksiya


Reaktivlar: a) karam yoki kartoshkaning sharbati, b) 0,01 % li metilen ko‘ki,
v) 5% li natriy karbonat.
Ishning bajarilishi: 1 ml yangi ajratilgan karam yoki kartoshka sharbatiga 1-2 tomchi metilen ko‘ki eritmasidan solinadi va ustiga 2-3 tomchi natriy karbonatdan qo‘shiladi. Probirka biroz qizdiriladi va natijada ko‘k rangning yo‘qolishi kuzatiladi.
Askorbin kislotasi yorug‘likda metilen ko‘kini qaytarib, rangsiz birikmaga aylantiradi.








O‘YINLI TEXNOLOGIYA – «BAXS»

Baxs – muammoni muhokama qilish jarayonidir. Uning usuli esa guruh bo‘lib tadbiq qilishdir. Unda har bir ishtirokchi hamsuhbati yoki raqibining fikrini asrash, uni inkor etish orqali haqiqatni tiklashda o‘z monopoliyasini o‘rnatadi. Baxs-munozara borishining turli variantlari mavjud:


– evrestik yondashuvlar tomonlaridan biri muammoning echimi bo‘yicha o‘zining yondashuvini qabul qilishga urunmasdan ishontirish, ichki tuyg‘u, sog‘lom aqldan foydalangan holda baxs ishtirokchilarini o‘zining nuqtai nazariga og‘dirib oladi;
– mantiqiy yondashuvdagi baxsga o‘ta mustahkam mantiqiy tahlil va dalil isbotlar xarakterli bo‘lib, uning vositasida ishtirokchilar yakuniy xulosalarga keladilar;
– sufiyona yondashuv – unda tomonlardan biri o‘z raqibini donolik qilib mag‘lub qilishi ham mumkin;
– avtoritar yondashuv – unda tomonlardan bir o‘zining obro‘sidan foydalanib, o‘z nuqtai nazarini o‘tkazish mumkin;
– tanqidiy yondashuv – baxs ishtirokchilaridan ba’zilari o‘z raqibining faqat kamchiliklari, kuchsiz o‘rni va mavqeiga diqqatni jalb qiladi va aksincha raqibining fikridagi ijobiy unsirlarini ko‘rinishga intilmaydi va muammoning echimi bo‘yicha o‘z takliflarini ham bera olmaydi;
– dogmatik yondashuv – unda tomonlardan biri baxsni haqiqatni o‘z manfati uchun o‘zining shahsiy maqsadlariga muvofiq keladigan tomonga boshlab ketadi;
– pragmatik yondashuv – ishtirok etuvchilardan biri va har bir tomon faqatgina haqiqatni o‘rnatish uchungina baxs yuritmaydi, balki undan o‘zlarining yashirin va baxs ishtirokchilariga ma’lum bo‘lmagan amaliy manfatlariga burish uchun foydalaniladi;
Bahsni o‘tkazishda quyidagi qoidalarga ahamiyat berish lozim:
– oponentining o‘z fikrini asoslovchi so‘zini tinglab, kuzatib borish;
– oponentini so‘zlashdan to‘xtatib qo‘yishga shoshilmasligi;
– mayda – chuyda detallarga e’tibor qaratmasligi, eng muhimini ko‘rishga, tushinishga harakat qilishi;
– kuchsiz o‘rinlar, dalil isbotlar, misollar topish va tahlil qilish;
– opponentini o‘zidan kuchli deb hisoblamaslik;
– o‘ziga haddan tashqari bino qo‘yish va ishonishga ruju bermaslik;
– qo‘rqish raqib oldida mag‘lubiyat ekanligini esda tutish.

LABORATORIYA MASHG‘ULOTI № 9

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə