Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli


Tarkibi: Na’matak mevalari urug‘i – 235, 28 g, xloroform (metilen xlorid) tayyor maxsulot hosil bo‘lgunga qadar solinadi. Tavsifi



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə33/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

Tarkibi: Na’matak mevalari urug‘i – 235, 28 g, xloroform (metilen xlorid) tayyor maxsulot hosil bo‘lgunga qadar solinadi.
Tavsifi: yog‘simon suyuqlik, yashil tusli to‘q jigarrang rangda bo‘lib, achchiq ta’mga va o‘ziga xos xidga ega.Kislota soni 5,5 dan oshmaydi. Umumiy karotinoidlar soni β–karotin hisobida 60 mg% dan oshmasligi kerak, α– va β–tokoferollar miqdori 0,4 g/l kam emas (400 mg%).
Preparat tozalikka bo‘lgan sinovga chidamli bo‘lishi kerak – xloroform, metilen xlorid, dixloretan izlarini saqlamasligi kerak.
Na’matak yog‘i normativ texnik xujjatlarda keltirilgan miqdordan kam karotinoidlar miqdorini tutsa, u holda yog‘ga hisob bo‘yicha mikrobiologik karotin qo‘shish mumkin bo‘ladi.
Ishning borishi: laboratoriya sharoitida organik erituvchilar bilan ekstraksiyalash Sokslet apparatida olib boriladi. Buning uchun o‘lchab olinib maydalangan 0,1–0,2 mm o‘lchamdagi na’matak urug‘lari filtrlovchi qog‘ozli patronga solinib Sokslet apparatining ekstraktoriga joylashtiriladi.
Sokslet ekstraktori (Sokslet apparati) — qattiq materialdan olingan qiyin eruvchi qattiq moddalarni uzluksiz ekstraksiyasini amalga oshirish uchun uskuna bo‘lib,quyidagi qismlardan tashkil topgan:

1. Magnit aralashtirgich langari;


2. Ekstragentni qaynatish uchun kolba;
3. Erituvchining bug‘lari uchun naycha;
4. G‘ovak materialdan yasalgan patron;
5. Quruq aralashma;
6. Sifon;
7. Sifondan chiqish joyi;
8. Shliflangan o‘tkazgich;
9. Teskari muzlatgich;
10-11. Sovuq suv uchun patrubkalar.
Apparat shliflarda germetik ravishda biriktiriladi. Teskari muzlatgichga sovuq suv oqimi beriladi va ekstragent tutgan kolba–bug‘latgich joylashtirilgan suv xammomi yoqiladi. Sirkulyasion ekstraktlash ajrat- maning to‘liq rangsizlanishigacha olib boriladi. Shundan so‘ng kolbadagi ekstragent maksimal ravishda haydaladi (bunda sifon orqali oqib tushishiga yo‘l qo‘yilmaydi), ekstraktor sovutiladi va xom ashyo ajratib olinadi. So‘ng yana xom ashyosiz jixoz yig‘iladi va qolgan ekstragent xaydaladi. So‘nggi mahsulotga oz miqdorda etanol qo‘shiladi va qoldiqlari qolmaguncha olib tashlanadi. Hosil bo‘lgan mahsulot sovutiladi va standartlash o‘tkaziladi.


Sifat nazorati. Sifat nazorati organoleptik belgilari: tokoferollarning miqdori (0,4% g/l kam bo‘lmasligi kerak) bo‘yicha o‘tkaziladi, umumiy karotinoidlar soni β–karotin hisobida 60 mg% dan,kislota soni 5,5 dan oshmasligi kerak.Normativ texnik xujjatlarga mos keluvchi mahsulot to‘q sariq flakonlarga quyiladi.


Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə