Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli


MAVZU: NA’MATAK URUG‘IDAN VITAMIN E KONSENTRATINI



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə32/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

MAVZU: NA’MATAK URUG‘IDAN VITAMIN E KONSENTRATINI
AJRATIB OLISH.
Mashg'ulot shakli: «Sanoat farmatsiyasi» yo‘nalishi talabalari uchun laboratoriya mashg‘uloti; «Biotexnologiya» yo‘nalishi talabalari uchun amaliy mashg‘ulot.
Mashg'ulot uslubi: O‘yinli texnologiya «Aqliy hujum».
Mashg‘ulot maqsadi: Yog‘da eriydigan vitaminlarni ajratib olish texnologiyasini o‘rgatish. Na’matak urug‘idan vitamin E konsentratini ajratib olish.
Mavzuning ahamiyati: Vitamin E konsentratini ajratib olish texnologiyasini yoritib berish.
Ishning nazariy qismi

Xroman qatori preparatlari – tibbiyotda juda keng tarqalgan va ishlatiladigan tokoferollar yoki E-gurux vitaminlaridan tashkil qiladi.1922 yilda ingliz olimi Evane olib borgan tajribasi natijasida kalamushlarning xomiladorlik davrini normal o‘tishi va naslning tuzilishi uchun ularning ozuqa ratsionida moyda eriydigan va muhim axamiyatga ega qandaydir diet omil bo‘lishi kerakligini aniqladi. Bu noma’lum moddaga vitamin E deb nom berildi.


1936 yilda Evane va boshqa olimlar bug‘doy kurtagi va paxta moyidan hayvonlarda naslsizlikni davolashda qo‘llaniladigan ekologik faol modda ajratib olishdi. Keyinchalik unga tokoferol deb nom berildi. Tokoferol so‘zi grekcha “tokos” – nasl va lotincha “phyko” – keltirish so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, nasl qoldirishni ta’minlash demakdir. Vitamin E yoki “urchitish vitamini” ko‘pchilik o‘simlik va hayvonlarda, jumladan dukkakli va donli o‘simliklar moyida (juxori, kunjut, chakanda moylari) go‘sht, saryog‘, tuxum, sut va boshqa ozuqa mahsulotlarining tarkibida bo‘ladi.Vitamin E tokoferolning turli sterioizomerlaridan tashkil topgan bo‘lib, xozirgacha ularning 7 xil izomeri aniqlangan. Ammo ulardan -tokoferol barcha sterioizomerlar orasida o‘zining biologik ta’siri jihatidan eng kuchli hisoblanadi. Barcha tokoferollar kimyoviy tuzilishining asosiy elementlaridan birini benzol bilan γ-pironlardan iborat kondensirlangan xromon yoki benzo γ-degidroperan geterotsikl xalqasini tashkil qiladi.
Olimlarning tokoferol parchalanishidan kelib chiqadigan maxsulotlarning chuqur o‘rganish soxasida olib borilgan izlanishlari natijasida ularning kimyoviy tuzilishi yaratildi. Bu borada keyinchalik uni sintez qilib olishda Karrer o‘z shogirdlari bilan birgalikda samarali izlanishlar olib borib yaxshi natijalarga erishdi.
Preparat organizmda oqsil, qand, lipid va pigmentlar almashinuvida ishtirok etadi. U ayollarda xomiladorlik davrini normal kechishga yordam beradi. Nerv sistemasi, mushak, qon tomirlarining qo‘zg‘aluvchan bo‘lishiga yordam beradi. Tokoferol atsetatning 5,10 va 30%li moydagi eritmalari ichirilardi yoki mushak orasiga yuboriladi.
Preparatni odatda nerv sistemasi pereferik tomirlar va ko‘z kasalliklarida,aterosklerozda, organizmda jinsiy bezlar faoliyati buzilganda xamda boshqa kasalliklarda ishlatiladi.
-tokoferolatsetatni og‘zi maxkam yopiladigan qo‘ng‘ir yoki qora shisha idishlarda salqin va yorug‘lik ta’siridan extiyotlagan xolda saqlanadi. Ozik moddalarida kimyoviy jixatdan bir-biriga uxshash uchta - tokoferollar borligi aniklangan. Bu moddalar vitamin faolligiga ega va ular xalkali komponentida metil guruxlarining joylanishi bilan fark kiladi:

E vitaminining organizmga kiritilishi kislorod iste’mol kilishni pasaytirib, nafas olish jadalligini normaga keltiradi. Demak, tokoferollar nafas olish fermentlariga ta’sir kilib, ularning faolligini pasaytiradi. Muskullarning uzgarishi - E avitaminozning ikkilamchi ta’siri hisoblanadi.E vitaminning ayrim bir faollik xususiyatlari uning antioksidantlik ta’siri bilan boglangan, ya’ni uning boshka moddalarni oksidlanishdan ximoya kilishdan iborat.
Bu borada shunisi kizikki, tokoferollar karotinlar va A vitaminini oksidlanishdan saklab, shu bilan ularning organizmda ishlatilishiga kulay sharoit yaratib beradilar. Tokoferollar xam o‘simlikdan, xam xayvonlardan olinadigan ozik maxsulotlarida keng tarkalgan.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə