Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli


Na’matak mevalarini kompleks qayta ishlash



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə29/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

Na’matak mevalarini kompleks qayta ishlash

N’amatakning (atirgul) har xil turlarining mevalari turli miqdorda askorbin kislotasini tutadi (0,1% dan 5,2% mevalarning absolyut qurq massasiga nisbatan). Askorbin kislotasining 1% dan kam bo‘lmagan preparatlari qurigan mavalardan (1000 mg %) – dolchinsimon namatak, tikanli namatak, Dauriya namatagi, Begger namatagi, Fedchenko namatagidanolinadi.Rosa canina– itburun namatagi (shimolda tarqalgan turlari)– 0,1 –0,2% askorbin kislotasini tutganmevalaridan xolosas ishlab chiqarishda foydalaniladi.


Na’matak mevalari, askorbin kislotasidan tashqari yana quruq etida P–vitamin faolligiga ega bo‘lgan flavonoid moddalarning kompleksini saqlaydi (katexinlar, kversetinlar, kempferol, antotsionlar va b.q.), dolchinsimon namatakda ularning miqdori 4% ga etadi, yana B2 va K vitaminlari, pektin moddalari, qandlar va karotinoidlar bor.
Namatak mevalarining karotinoidlari tarkibidagi likopinlar 53% (umumiy karotinoidlar miqdoridan) va kislorod tutuvchi karotinoidlar 43% ni tashkil etadi. Urug‘lari vitamin E, karotin va moyli yog‘ni tutadi. Na’matak urug‘ining moyi glitsiridlardan linol, linolen, olein va qattiq yog‘ kislotalaridan tashkil topgan bo‘lib, karotinlar 0,01% ni va 0,17–0,20% ni tokoferollar tashkil etadi.
Na’matak mevalaridagi qimmatli moddalarning ko‘pligi, hozirgi vaqtda ularni tarkibidagi askorbin kislotasining miqdoriga qarab ularni kompleksli qayta ishlashga sabab bo‘lmoqda.
Vitamin C miqdori kam (1% gacha) bo‘lgan mevalardan: 1) xolosas; 2) meva etidan moyi; 3) namatak urug‘i moyi olinadi.
Askorbin kislotasi 1% dan ko‘p bo‘lgan mevalaridan: 1) askorbin kislotasi preparatlari; 2) P guruh vitaminlari konsentrati; 3) karotinoidli preparatlar va 4) vitamin E konsentrati olinadi.


Vitamin C ni sanoatda olinishi


Asorbin qislotasi yoki vitamin c – bu tsinga kasalligiga qarshi bo‘lgan vitamin bo‘lib, barcha yuksak o‘simlik va xayvonlarda bo‘ladi, faqatgina inson va mikroblar bu vitaminni sintezlamaydilar, biroq bu vitamin inson organizmi uchun juda zarur bulib, mikroblar esa bu vitaminga extiyoj sezmaydilar.
Shunga qaramasdan, nordon bakteriyalarning ma’lum turlari, bu vitamining yarim maxsuloti bo‘lgan L-sorbozaning biosinteziga aloqadordir. Shunday qilib, asqorbin qislotasini olinish jarayoni aralash, ya’ni qimyoviy-fermentativ jarayonni o‘z ichiga oladi.
Jarayonning biologik bosqichi membranaga bog‘langan polioldegidrogenaza bilan katalizlanadi, so‘nggi qimyoviy bosqich esa qo‘yidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: sorbozani diatseton bilan qondensatsiyalanishi va diatseton-L-sorbozani hosil bo‘lishi, diatseton-L-sorbozani diatseton-2-keto-1-gulon kislotasigacha oqsidlanishi, shundan so‘ng gidrolizga uchratilib 2-keto-1-gulon qislota olinadi; oxirgisi fenollanish reaqsiyasiga uchratilib, keyin L-askorbin kislotaga trasformatsiyalanadi.



Gluconobakter oxydans fermentatsiyasini 20% gacha sorbit, makkajo‘xori yoki achitqi eqstraktini tutgan muhitlarda, quchli aeratsiya sharoitida (8-10 g O2/l/s) olib boriladi. L-sorbozani chiqishi 1-2 sutkada 98% tashkil etishi mumkin. Aniqlanishicha, G.oxydans jarayonni so‘nggi bosqichlarida hosil qilinadigan polispirtni yuqori qonsentratsiyalarni (30-50%) ham oqsidlashi mumkin. Bu o‘z navbatida xujayra biomassasidagi polioldegidrogenaza hisobiga amalga oshiriladi. Baqteriyalarni fermentatsiyasi davriy yoqi uzluksiz rejimda olib borilishi mumkin.



Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə