Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə39/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

AMALIY QISM
Kerakli reagentlar:
1.Distillangan suv;
2.Xloroform;
3.Benzol.


Kerakli jixozlar:
1. Pichokli gomogenizatorlar (xajmi 60 ml);
2. Sentrifuga;
3. Ajratish voronkasi;
4. Rotorli bug‘latgich;
5. Vakuum bug‘latgich.
Hom ashyo:
Hayvon jigari.
Ishni bajarish tartibi

6-7 gr yangi jigarga 3 ml distillangan suv va 30 ml xloroform-etanol (1:2 nisbatda ) 18-200C 2 daqiqa davomida pichokli gomogenizatorda gomogeni-zatsiyalanadi.Gomogenat sentrifugalanadi. Sentrifugat dekantatsiyalanadi, qoldiq esa


38 ml xloroform suv (1:1) aralashmasi bilan 2 daqiqa davomida gomogenizatorda ekstraksiyalanadi. So‘ng sentrafugalash yordamida to‘qimalar ajratib olinadi va supernatantlar 20 ml xloroform va 20 ml distillangan suvda suyultiriladi. Suv va xloroformli fazalar sentrafugalash yoki ajratish voronkasida tindirish yordamida ajratiladi. Yuqori katlamdagi xloroformli faza 30-35 0C da rotorli bug‘latgichda bug‘latiladi. Suv qoldiklari qolmasligi uchun benzol qo‘shiladi va vakuum ostida bug‘latiladi. Qoldiq esa 10 ml xloroformda eritiladi


Nazorat uchun savollar

1.Lipidlar tasnif i haqida ma’lumot bering.
2.Lipidlarning tirik organizmdagi ahamiyati haqida ma’lumot bering.
3. Fosfolipidlarning tuzilishi haqida ma’lumot bering.
4. Fosfolipidlarning biologik membranalardagi ahamiyati haqida ma’lumot bering.
5. Letsitinning tuzilishi va xossalari haqida ma’lumot bering.
6. Xayvon ( mol jigari) to‘qimalaridagi lipidlarni ekstraksiyalash texnologik jarayonining bosqichlarini izohlab bering.


« KLASTER» USULI

Fikrlarni tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo‘lib, u o‘quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, o‘qituvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma ketlik bilan uzviy bog‘langan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi. Bu metod biron mavzuni chiqur o‘rganishdan avval o‘quvchilarni fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish,

umumlashtirish hamda o‘quvchilarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. Bu esa o‘quvchilarga o‘z bilimlari, tushunishlari va tasavvurlari darajasini aniqlashga yordam beradi. Fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tashkil etiladi:


1.Xayolga kelgan har qanday fikr ketma ket yoziladi.
2.Fikrlar tugamaguncha yozishda davom ettirish kerak, mabodo fikrlar tugab qolsa, u holda yangi fikr kelguncha biron rasm chizib turing.
3.Iloji boricha fikrlarning ketma-ketligi va o‘zaro bog‘liqligini ko‘paytirishga intiling.
Ushbu metod yakka, kichiq guruh, jamoa bilan ishlashda qo‘llanilishi mumkin. Guruh holatida qo‘llanilishi guruhlar fikrini to‘plash va ularni bir tizimdaga qurilmaga keltirishi mumkin.




Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə