Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli


Suvda va organik erituvchilarda eruvchi vitaminlar



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə28/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

Suvda va organik erituvchilarda eruvchi vitaminlar.

Boshqa dienollar qabi askorbin qislotasi oson oksidlanib, degidroaskorbin kislotasini hosil qiladi va bu modda vitamin faolligiga ega bo‘lmaydi. S vitamin xam ishqoriy ham qislotali muxitda oson parchalanadi.


Xayvonot organizmida C vitamini vodorod qo‘chiruvchi sifatida oqsidlanish jarayonlarida muxim rol o‘ynaydi. Aminokislotalar - tirozin va fenilalanin almashinishida askorbin kislotasining ishtirok etishi aniqlangan. Bu vitaminning etishmasligi aminokislotalar parchalanishining buzilishiga olib keladi. Singa yoki skorbutning tavsifiy belgilari - qon o‘tish tomirlari kapillyarlarining zararlanishi, ularning sinib qonashi va shikastlanishi kuzatiladi.

C vitamini o‘simlik maxsulotlarida – sabzavot va mevalarda qo‘p tarqalgan. Xayvonot maxsulotlarida, jigardan tashqari, S vitamini juda kam uchraydi. Sabzavot va mevalarni quritish jarayonida askorbat oksidaza fermenti ta’sirida C vitamini parchalanadi. C vitaminni saqlab qolish uchun sabzavot va mevalarni quritishdan oldin oltingugurt gazi bilan tutunlatiladi va bunda askorbat oksidaza parchalanadi. Kislorodli atmosferada isitish natijasida C vitamini parchalanadi. Buni sabzavot konservalari va murabbo tayyorlashda nazarda tutish kerak. Tayyor ovqatni saqlash va uni qayta isitish jarayonida C vitamin parchalanadi. Odamning vitamin C ga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji yoshga, fiziologik holatga va bajarilayotgan ishga bog‘liq bo‘ladi. Kattalar uchun 70-120 mg ni, bolalar uchun 30-70 mg ni tashkil etadi.Kelib chiqishiga ko‘ra vitaminlar quyidagilarga klassifikatsiyalanadi: o‘simlik va hayvon tabiatli tabiiy vitaminlar, biotexnologik yo‘l bilan olinadigan yarim sintetik va sintetik vitaminlar.


Eruvchanliq hususiyatiga qo‘ra 2 guruhga bo‘linadi: yog‘da eruvchi vitaminlar: retinol (vit.A), kalsiferollar (vit.D), tokoferollar (vit.E) va filloxinonlar (vit.K).Suvda eruvchi vitaminlar: askorbin kislotasi (vit.C), B guruh vitaminlari – tiamin (vit.B1), riboflavin (vit.B2), xolin (vit.B4), pantoten kislotasi (vit.B5), piridoksin (vit.B6), inozit (vit.B8), sianokobalomin (vit.B12), pangam qislotasi (vit.B15), folat kislotasi (vit.Bs), nikotin qislotasi (vit.PP), biotin (vit.H), dioflavanoid (vit.R), C–metimetionin (vit.U).
Ko‘pgina vitaminlar organizmda sintezlanmaydi, balki oziq–moddalari bilan, asosan o‘simlik ozukalari bilan kiradi. Vitamin tutuvchi usimliq xom ashyolari shunisi bilan qimmatliki, o‘lardan olingan konsentratlar, vitaminlarni davolovchi xususiyatini kuchaytiruvchi qompleks moddalarni tutadi.
Vitamin tutuvchi preparatlar so‘yuq (yog‘simon eritmalar, sharbatlar, qonsentratlar, vitaminlashtirilgan balzamlar, parenteral qo‘llash uchun vositalar) va qattiq (choy tayyorlash uchun yig‘malar, drajelar, tabletkalar, kapsulalar) dori shakllarida ishlab chiqariladi. Vitaminlarning turli uyg‘unliqlaridaga birikmalari boshqa turli dori shakllarida ham uchraydi.
Hozirgi vaqtda vitamin preparatlarning katta qismi sintetik yoki tabiiy mahsulotlarni tashkil etadi (masalan, baliq moy). Biroq ularning orasida dorivor o‘simliq xom ashyosidan olinadigan ekstraksion preparatlar ham bor. Bular na’matak, to‘liq etilmagan yong‘oq, qarag‘ay,archa xvoyasi, qorag‘at, chakanda va boshqa mevalardan olingan preparatlardir.



Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə