Ii-mavzu: moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalarni taqsimlovchi organlarda byudjetlar ijrosi hisobini tashkil etish asoslari reja


"XARAJATLAR" NOMLI 02-SONLI HISOBVARAQ



Yüklə 477,5 Kb.
səhifə6/16
tarix04.05.2023
ölçüsü477,5 Kb.
#108348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2-мавзу

"XARAJATLAR" NOMLI 02-SONLI HISOBVARAQ
"Byudjet xarajatlari" nomli 020-sonli hisobvaraqda byudjet mablag’ ajratmalarining bosh taqsimlovchilarining xarajatlar smetalarining ijro etilishi to’g’risidagi hisobotlari, kapital qo’yilmalar va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish bo’yicha hisobotlari, "kapital qo’yilmalar va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish"ga tushgan va ajratilgan summalar haqidagi ma’lumotnomalariga, shuningdek bevosita mahalliy byudjetlar mablag’larining depozit hisobvaraqlaridan korxonalar va xo’jalik tashkilotlarini moliyalashtirish bo’yicha xarajatlarni to’lash bo’yicha moliya organlarining to’lov topshiriqnomalari asosida Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning kassa xarajatlari hisobga olinadi.
Ushbu hisobvaraqda, byudjet mablag’ ajratmalarining bosh taqsimlovchilarining hisobotlari asosida yil davomida boshqa byudjetdan ushbu byudjetga qabul qilingan byudjet tashkilotlarining kassa xarajatlari ham hisobga olinadi.
"Maqsadli yo’nalishlar bo’yicha mablag’larning sarflanishi" nomli 025-sonli hisobvaraqda maqsadli yo’nalishlar bo’yicha hisob-kitoblarni olib borish uchun kelib tushgan pul mablag’larining o’tkazilgan kassa xarajatlari hisobi olib boriladi.
025-sonli hisobvaraqning debetida maqsadli yo’nalishlar bo’yicha hisob-kitoblarni olib borishda ishtirok etadigan byudjet tashkilotlarining hisobvarag’iga o’tkazilgan pul mablag’lari summalari, hisobvaraqning kreditida esa moliya yilining oxirida yakuniy aylanmalar bilan 045-sonli hisobvaraq debetiga hisobdan chiqarilgan mablag’lar hisobga olinadi.
"Jamg’arma mablag’lari xarajatlari" nomli 026-sonli hisobvaraqda Jamg’arma mablag’ ajratmalarining bosh taqsimlovchilarining xarajatlar smetalarining ijro etilishi to’g’risidagi hisobotlari, kapital qo’yilmalar va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish bo’yicha hisobotlari, "kapital qo’yilmalar va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish"ga tushgan va ajratilgan summalar haqidagi ma’lumotnomalariga, shuningdek bevosita Jamg’arma mablag’lari hisobvaraqlaridan korxonalar va xo’jalik tashkilotlarini moliyalashtirish bo’yicha xarajatlarni to’lash bo’yicha moliya organlarining to’lov topshiriqnomalari asosida Qoraqalpog’iston Respublikasi Jamg’arma mablag’lari va mahalliy jamg’armalarning kassa xarajatlari hisobga olinadi.

Yüklə 477,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə