Ii-mavzu: moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalarni taqsimlovchi organlarda byudjetlar ijrosi hisobini tashkil etish asoslari reja


"BERILGAN VA OLINGAN SSUDALAR" NOMLI 05-SONLI HISOBVARAQ



Yüklə 477,5 Kb.
səhifə8/16
tarix04.05.2023
ölçüsü477,5 Kb.
#108348
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
2-мавзу

"BERILGAN VA OLINGAN SSUDALAR" NOMLI 05-SONLI HISOBVARAQ
"Respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalari" nomli 051-sonli hisobvaraqda respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalari hisobga olinadi. Byudjet ssudalari bo’yicha qarzlarni qaytarish bo’yicha mahalliy byudjet hisobvarag’idan hisobdan chiqarilgan summalar 051-sonli hisobvaraqning debetida ko’rsatiladi.
"Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan byudjet ssudalari" nomli 052-sonli hisobvaraqda belgilangan tartibda yuqori byudjetdan berilgan va quyi mahalliy byudjetlar tomonidan olingan byudjet ssudalari hisobga olinadi.
Quyi byudjetlarga berilgan byudjet ssudalari 052-sonli hisobvaraqning debetida, yuqori byudjetlardan olingan ssudalar esa ushbu hisobvaraqning kreditida ko’rsatiladi. Byudjet ssudalari bo’yicha qarzlarni qaytarish uchun quyi byudjetlardan kelib tushgan summalar 052-sonli hisobvaraqning kreditida, ssudalar bo’yicha qarzlarni to’lash uchun (qaytarish uchun) mahalliy byudjetning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisobvaraqlardan yuqori byudjetga o’tkazilgan summalar - ushbu hisobvaraqning debetida ko’rsatiladi.
Jamg’arma mablag’lari hisobidan byudjet ssudalarini berish bo’yicha operatsiyalar 056-sonli hisobvaraqdan foydalaniladi.


"HISOB-KITOBLAR" NOMLI 06-SONLI HISOBVARAQ
Ushbu hisobvaraqda byudjet tasdiqlangandan so’ng davlat va mahalliy soliqlar va daromadlar to’g’risida, ma’muriy-hududiy bo’linishdagi, korxonalar, tashkilotlar va xo’jalik birlashmalarining bo’ysunishidagi o’zgarishlar, turli xildagi bo’ysunishdagi qurilish ob’ektlari o’rtasida kapital qo’yilmalar limitlarini qaytadan taqsimlashdagi o’zgarishlar bo’yicha qabul qilingan yangi qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari qabul qilinishi natijasida alohida olingan byudjetlarga o’zgartirishlar kiritilgan hollarda byudjet ijrosi jarayonida yuzaga keladigan byudjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha bajariladigan operatsiyalar hisobga olinadi.
"Respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha operatsiyalarni mahalliy moliya organlarida hisobga olib borish uchun mo’ljallangan.
061-hisobvaraqning debetida quyidagilar aks ettiriladi:
a) respublika byudjetidan o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha olinishi lozim bo’lgan summalar ("Respublika byudjetidan berilgan va olingan mablag’lar" nomli 071-sonli hisobvaraq kreditlanadi);
Dt061
Kt071
b) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha qarzlarni to’lash uchun respublika byudjetiga o’tkazilgan summalar (‘‘Mahalliy byudjet mablag’larining depozit hisobvarag’i" nomli 011-sonli hisobvaraq kreditlanadi);
Dt061
Kt011
v) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha qarzlarni to’lashda hisobga olingan, yuqori byudjetdan olinishi lozim bo’lgan dotatsiyalar, subveniiyalarning summalari ("Byudjet daromadlari" nomli 040-sonli depozit hisobvaraq kreditlanadi):
Dt061
Kt040
061-sonli hisobvaraqnnng kreditida quyidagilar aks ettiriladi:
a) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha respublika byudjetiga berilishi lozim bo’lgan summalar (071-sonli hisobvaraq debetlanadi);
Dt071
Kt061
b) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha qarzlarni to’lash uchun respublika byudjetidan kelib tushgan summalar (011-sonli hisobvaraq debetlanadi);
Dt011
Kt061
v) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha xarajatlarni to’lashda hisobga olingan va yuqori byudjetga o’tkazish lozim bo’lgan ortiqcha daromadlar summalari ("Byudjet xarajatlari" nomli 020-sonli depozit hisobvaraq debetlanadi);
Dt020
Kt061
g) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mahalliy byudjetlar hisobiga to’g’ri keladigan summalarda hisobga olingan, respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalarining summalari (051-sonli hisobvaraq debetlanadi);
Dt051
Kt061
d) respublika bo’ysunishidan mahalliy bo’ysunishga o’tkazilgunga qadar korxona va tashkilotlarning respublika byudjeti bo’yicha ochilgan byudjet mablag’ ajratmalari summalari (byudjet hisobida turgan korxonalar va tashkilotlar o’tkazilganda 014-sonli va 020-sonli hisobvaraqlar debetlanadi, bunda 014-sonli hisobvaraq o’tkazish vaqtidagi byudjet mablag’lari bo’yicha hisobvaraqdagi mablag’larning qoldiq summasiga debetlanadi, 020-sonli hisobvaraq esa o’tkazilgunga qadar mazkur tashkilotda amalga oshirilgan kassa xarajatlari summasiga debetlanadi yoki korxonalar va tashkilotlar o’tkazilganda 020-sonli hisobvaraq - mazkur byudjetdan o’tkazilgunga qadar moliyalashtirishning amalga oshirilgan summasiga).
Korxona va tashkilotlarni respublika bo’ysunishidan tuman yoki shahar bo’ysunishiga o’tkazilishida viloyat moliya boshqarmalarida korxona va tashkilotlarga respublika byudjeti bo’yicha ochilgan byudjet mablag’ ajratmalarining summalarini 061-sonli hisobvaraqning kreditida aks ettirilishda (o’tkazishda) 062-sonli hisobvaraq debetlanadi.
Bu hisobvaraqdagi debet qoldiq ushbu byudjetga respublika byudjetining qarz summasini ko’rsatadi, kredit qoldiq esa - mazkur byudjetning respublika byudjetiga bo’lgan qarz summasini ko’rsatadi.
062-sonli hisobvaraqning kreditida quyidagilar aks ettiriladi:
a) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha boshqa mahalliy byudjetlarga o’tkazilishi lozim bo’lgan summalar (072-sonli hisobvaraq debetlanadi);
b) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha qarzlarni to’lash uchun boshqa mahalliy byudjetlardan kelib tushgan summalar (011-sonli xisobvaraq debetlanadi);
v) quyi byudjetga o’tkazish lozim bo’lgan dotatsiyalar, subventsiyalarning summalari yoki yuqori byudjetga o’tkaziladigan, o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha qarzlarni qaytarishda hisobga olingan ortiqcha daromad summalari ("Byudjet xarajatlari" nomli 020-sonli hisobvaraq debetlanadi);
g) boshqa mahalliy bo’ysunishdan o’tkazilgunga qadar korxonalar va tashkilotlarni moliyalashtirish hisobvarag’iga o’tkazilgan mablag’lar summalari (014-sonli yoki 020-sonli hisobvaraq debetlanadi);
g) respublika bo’ysunishidan tuman yoki shahar bo’ysunishiga o’tkazilishda, tuman yoki shahar moliya bo’limlarida 062-sonli hisobvaraqning kreditiga respublika byudjeti bo’yicha ochilgan byudjet mablag’ ajratmalarining summasi o’tkaziladi (014-sonli yoki 020-sonli hisobvaraq debetlanadi), ushbu hisobvaraq bo’yicha debet qoldiq boshqa mahalliy byudjetning mazkur byudjetga qarz summasini ko’rsatadi, kredit qoldiq esa - mazkur byudjetning boshqa byudjetga qarz summasini ko’rsatadi.



Yüklə 477,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə