Ii-mavzu: moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalarni taqsimlovchi organlarda byudjetlar ijrosi hisobini tashkil etish asoslari reja



Yüklə 477,5 Kb.
səhifə10/16
tarix04.05.2023
ölçüsü477,5 Kb.
#108348
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
2-мавзу

YAngi yilning yanvarida 092-sonli hisobvaraqning kreditida o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha respublika byudjetining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetiga bo’lgan qarzining o’tkazilgan summasi ko’rsatiladi (011-sonli hisobvaraqning debeti), 092-sonli hisobvaraqning debetida o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetining respublika byudjetiga bo’lgan qarzining o’tkazilgan summasi ko’rsatiladi (011-sonli hisobvaraqning krediti).

"Byudjet ssudalari bo’yicha tuman (shahar) byudjetining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetiga qarzi" nomli 093-sonli hisobvaraq. Bu hisobvaraqning kreditida o’tgan yilda tuman (shahar) byudjetlari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetidan olingan va joriy yilning oxirigacha qaytarilmagan, qaytarilishi lozim bo’lgan byudjet ssudalari aks ettiriladi (052-sonli hisobvaraqning debeti), hisobvaraqning debetida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjeti tomonidan tuman (shahar) byudjetlaridan olinishi lozim bo’lgan byudjet ssudalari summasi aks ettiriladi (052-sonli hisobvaraqning krediti).


YAngi yilda hisobvaraqning kreditida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjeti tomonidan olingan byudjet ssudalari summasi ko’rsatiladi (011-sonli hisobvaraqning debeti), hisobvaraqning debetida tuman (shahar) byudjetlari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetiga o’tkazilgan byudjet ssudalari summasi ko’rsatiladi (011-sonli hisobvaraqning krediti).

"O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha tuman (shahar) byudjetining(ga) Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetiga(ning) qarzi" nomli 094-sonli hisobvaraq. Bu hisobvaraqning kreditida o’tgan yilda o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetining(ga) tuman (shahar) byudjetiga(ning) qarzlari summasi aks ettiriladi, hisobvaraqning debetida esa shahar va tuman byudjetlarining(ga) Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetiga(ning) qarzlari summasi aks ettiriladi.



Yüklə 477,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə