Ii-mavzu: moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalarni taqsimlovchi organlarda byudjetlar ijrosi hisobini tashkil etish asoslari reja


"DAROMADLAR" NOMLI 04-SONLI HISOBVARAQ



Yüklə 477,5 Kb.
səhifə7/16
tarix04.05.2023
ölçüsü477,5 Kb.
#108348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
2-мавзу

"DAROMADLAR" NOMLI 04-SONLI HISOBVARAQ
"Byudjet daromadlari" nomli 040-sonli hisobvaraqda mahalliy byudjetlarning bank muassasalaridagi depozit hisobvaraqlariga tushgan Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarning barcha daromadlari, vaqtinchalik mahalliy byudjet daromadlariga o’tkazilgan summalar, shuningdek byudjet daromadlariga ortiqcha tushgan summalarning qaytarilishi hisobga olinadi.
"Aniqlamanmagan tushumlar" nomli 041-sonli hisobvaraqda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasalari tomonidan mahalliy byudjet mablag’larining depozit hisobvaraqlariga mazkur byudjet daromadiga o’tkazish yoki ularni 040-sonli hisobvaraq bo’yicha byudjet tasnifining tegishli bo’linmalariga o’tkazishga asos yo’q bo’lgan summalar hisobga olinadi.
"Vaqtinchalik mahalliy byudjet daromadiga o’tkazilgan summalar" nomli 042-sonli hisobvaraqda davlat soliqlari va daromadlaridan Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga o’tkazilgan ortiqcha summalar bo’yicha respubika byudjetiga qarzlar yil oxiridagi yakuniy operatsiyalar yordamida hisobdan chiqariladi. Yil davomida ushbu byudjetlarga o’tkazilgan ortiqcha summalar 5-f-sonli shakldagi daftarning 040-sonli hisobvarag’ida hisobga olinadi.
"YUqori byudjet prognoz ko’rsatkichlarini oshirib bajarishdan mahalliy byudjetlarga kelib tushgan daromadlar" nomli 043-sonli hisobvaraqda yuqori byudjet prognoz ko’rsatkichlarini oshirib bajarishdan mahalliy byudjetlarga kelib tushgan mablag’lar hisobga olinadi.
"Maqsadli yo’nalishlar bo’yicha mablag’lar tushumi" nomli 045-sonli hisobvaraqda maqsadli yo’nalishlar bo’yicha hisob-kitoblarni olib borish uchun kelib tushgan mablag’larning hisobi yuritiladi.
045-sonli hisobvaraqning kreditida maqsadli yo’nalishlar bo’yicha hisob-kitoblarni olib borish uchun kelib tushgan pul mablag’lari summasi, hisobvaraqning debetida esa yakuniy aylanmalar bilan 025-sonli hisobvaraqning kreditidan hisobdan chiqarilgan mablag’lar hisobga olinadi.
HISOBGA OLISH VA QAYTARISHNING HISOBI
Byudjetdan to’lovlarni hisobga o’tkazish va qaytarish tartibi O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadi.
YUridik va jismoniy shaxslarning byudjetga ortiqcha to’langan summalarni qaytarilishi bo’yicha yozgan arizalari soliq inspektsiyasiga kelib tushadi. Soliq inspektsiyasi to’lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlaridagi ma’lumotlarga asosan ko’rsatilgan to’lov bo’yicha to’lovchida ortiqcha to’langan summaning mavjudligi to’g’risida xulosa beradi va uni to’lovchining arizasi bilan birga ko’rsatilgan summani byudjetdan qaytarish yoki uni kelgusi to’lovlar hisobiga o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun moliya organiga beradi.
Daromadlarning qaytarilgan summalariga 040-sonli hisobvaraqning debeti va 011-sonli hisobvaraqning krediti bo’yicha yozuv amalga oshiriladi.



Yüklə 477,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə