Ii-mavzu: moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalarni taqsimlovchi organlarda byudjetlar ijrosi hisobini tashkil etish asoslari reja



Yüklə 477,5 Kb.
səhifə5/16
tarix04.05.2023
ölçüsü477,5 Kb.
#108348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2-мавзу

04

Daromadlar

040

Byudjet daromadlari

041

Aniqlanmagan tushumlar

042

Vaqtinchalik mahalliy byudjet daromadiga o’tkazilgan summalar

043

YUqori byudjetning prognoz ko’rsatkichlarini oshirib bajarishdan mahalliy byudjetga kelib tushgan daromadlar

045

Maqsadli sxemalar bo’yicha mablag’larning kelib tushishi

046

Jamg’arma daromadlari

05

Berilgan va olingan ssudalar

051

Respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalari

052

Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan byudjet ssudalari

056

Jamg’arma mablag’lari bo’yicha olingan ssudalar

06

Hisob-kitoblar

061

Respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar

062

Mahalliy byudjetlar bilan o’zaro hisob-kitoblar

07

Berilgan va olingan mablag’lar

071

Respublika byudjetidan berilgan va olingan mablag’lar

072

Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag’lar

09

Natijalar

090

Byudjet ijrosining natijalari

091

Byudjet ssudasi bo’yicha Respublika byudjetiga Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetining qarzi

092

O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha Respublika byudjetiga(ning) Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetining(ga) qarzi

093

Byudjet ssudalari bo’yicha tuman (shahar) byudjetining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetiga qarzi

094

O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha tuman (shahar) byudjetining(ga) Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetiga(ning) qarzi




096

Jamg’arma ijrosining natijalari

"Pul mablag’lari" nomli 01-sonli hisobvaraq
"Mahalliy byudjet mablag’larining depozit hisobvarag’i" nomli 011-sonli hisobvaraqda mahalliy byudjetlarning O’zbekiston Respublikasi banklarining muassasalarida saqlanadigan pul mablag’lari hisobga olinadi.
Ushbu hisobvaraqda quyidagilar hisobga olinadi:
a) byudjet daromadlari, jumladan subhisobvaraqlardan tushgan tushumlar va noaniq tushumlar;
b) byudjet ssudalari, dotatsiyalar, subventsiyalar va yuqori byudjetdan olingan boshqa tushumlar;
v) byudjetlar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar va byudjetdan ajratiladigan ssudalar bo’yicha qarzlarni qaytarish uchun tushgan tushumlar;
g) moliya organlari tomonidan tashkilotlarning byudjet mablag’larini hisobga olib boruvchi hisobvaraqlaridan qaytarib olingan byudjet mablag’lari;
d) quyi byudjetlardan olingan ortiqcha daromadlar va boshqa tushumlar.
Mahalliy byudjet mablag’lari hisobvaraqlaridan naqd pul mablag’larni berishga yo’l qo’yilmaydi.
"Jamg’arma mablag’larining maxsus hisobvarag’i" nomli 012-sonli hisobvaraqda Jamg’armaning O’zbekiston Respublikasi banklari muassasalarida saqlanadigan pul mablag’lari hisobga olinadi.
Ushbu hisobvaraqda quyidagilar hisobga olinadi:
a) Jamg’arma daromadlari, jumladan doxodы Fonda, subhisobvaraqlardan tushgan tushumlar va noaniq tushumlar;
b) yuqori Jamg’armalardan olingan ssudalari, dotatsiyalar, subventsiyalar va boshqa tushumlar;
v) Jamg’armalar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar va ssudalar bo’yicha qarzlarni qaytarish uchun tushgan tushumlar;
g) moliya organlari tomonidan tashkilotlarning Jamg’arma mablag’lari hisobvaraqlaridan qaytarib olingan Jamg’arma mablag’lari;
d) quyi Jamg’armalardan olingan ortiqcha daromadlar va boshqa tushumlar.
Jamg’arma mablag’lari hisobvaraqlaridan naqd pul mablag’larni berishga yo’l qo’yilmaydi.
"Kapital qo’yilmalar va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi bank muassasalaridagi byudjet mablag’lari" nomli 013-sonli hisobvaraqda kapital qo’yilmalar va boshqa tadbirlarga ochilgan byudjet mablag’ ajratmalari xarajatlarini to’lash uchun o’tkazilgan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning mablag’lari hisobga olinadi.
"Mahalliy byudjetlarning byudjet mablag’lari bo’yicha byudjet mablag’larini oluvchilarning depozit hisobvaraqlari" nomli 014-sonli hisobvaraqda ko’zda tutilgan byudjet mablag’lari ajratmalariga muvofiq xarajatlarni qoplash uchun O’zbekiston Respublikasi banklarining muassasalaridagi byudjet ajratmalarining bosh taqsimlovchilarining byudjet mablag’lari bo’yicha depozit hisobvaraqlariga o’tkazilgan summalar hisobga olinadi.
Har oyda 014-sonli hisobvaraqdan quyidagilar hisobdan chiqariladi: byudjet xarajatlariga (020-sonli hisobvaraq) - byudjet mablag’larini oluvchilarning hisobotlari asosida - byudjet mablag’larini taqsimlovchilar tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlarining summasi; 011-sonli mahalliy byudjet mablag’larining depozit hisobvaraqlariga - byudjet mablag’lari bo’yicha tashkilotlarning depozit hisobvaraqlaridan moliya organi tomonidan qaytarib olingan summalar.
"Moliya organing bankdagi maqsadli yo’nalishlar bo’yicha hisob-kitoblarni olib borish uchun maxsus hisobvarag’i" nomli 015-sonli hisobvarag’ida maqsadli yo’nalishlar bo’yicha hisob-kitoblarni olib borish uchun kelib tushgan pul mablag’lari hisobga olinadi.
015-sonli hisobvaraq debetida maqsadli yo’nalishlar bo’yicha hisob-kitoblarni olib borish uchun kelib tushgan pul mablag’lari summalari, kreditida esa maqsadli yo’nalishlar bo’yicha byudjet tashkilotlariga o’tkazilgan mablag’lar summalari olib boriladi.
"Kapital qo’yilmalar va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi bank muassasalaridagi Jamg’arma mablag’lari" nomli 016-sonli hisobvaraqda kapital qo’yilmalar va boshqa tadbirlarga ochilgan Jamg’arma mablag’lari bo’yicha xarajatlarini to’lash uchun o’tkazilgan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jamg’arma va mahalliy jamg’armalarning mablag’lari hisobga olinadi.
Maktab ta’limi Jamg’armasi mablag’larini oluvchilarining depozit hisobvarag’i 17-sonli schyot.
Har oyda 017-sonli hisobvaraqdan quyidagilar hisobdan chiqariladi: Jamg’arma xarajatlariga (026-sonli hisobvaraq) - mablag’ oluvchilarning hisobotlari asosida - Jamg’arma mablag’larini taqsimlovchilar tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlarining summasi; 012-sonli Jamg’arma mablag’larining depozit hisobvaraqlariga - Jamg’arma mablag’lari bo’yicha tashkilotlarning depozit hisobvaraqlaridan moliya organi tomonidan qaytarib olingan summalar.



Yüklə 477,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya