Ii-mavzu: moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalarni taqsimlovchi organlarda byudjetlar ijrosi hisobini tashkil etish asoslari reja



Yüklə 477,5 Kb.
səhifə11/16
tarix04.05.2023
ölçüsü477,5 Kb.
#108348
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
2-мавзу

YAngi yilning yanvarida 094-sonli hisobvaraqning kreditida o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetining(ga) tuman (shahar) byudjetlariga(ning) qarzining o’tkazilgan summasi ko’rsatiladi, 094-sonli hisobvaraqning debetida tuman va shahar byudjetlarining(ga) Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetiga(ning) qarzining o’tkaziladigan summasi ko’rsatiladi.

Barcha yozuvlar yozib bo’lingandan so’ng balans tuziladi.


Byudjetni tasdiqlash bo’yicha yangi yilda 090-sonli hisobvaraqdan hisobot yildagi xarajatlarni qoplash maqsadida byudjetda ko’zda tutilgan yil boshidagi qoldiq summa hisobdan chiqariladi, bunda "Byudjet daromadlari" nomli 040-sonli hisobvaraq kreditlanadi. Tasdiqlangan byudjetda ko’zda tutilgan aylanma kassa mablag’lari va byudjet mablag’larining erkin qoldiqlari 090-sonli hisobvaraqda qoladi.


Yil davomida byudjet inspektsiyasi (bo’limi), byudjet bo’yicha inspektsiya xodimi bajarilish jarayonida byudjetga kiritilgan hisobga olinadigan o’zgartirishlarga asoslangan holda, har oyda moliya organining buxgalteriyasiga Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki tegishli hokimi tomonidan qabul qilingan qarorlar bo’yicha alohida tadbirlar uchun yo’naltirilgan byudjet mablag’larining ortiqcha qoldiqlari to’g’risidagi ma’lumotlarni yozma ravishda yetkazadi. Buxgalteriya ushbu summalarni mazkur chorakka to’g’ri keladigan miqdorda 090-sonli hisobvaraqdan 040-sonli hisobvaraqning kreditiga hisobdan chiqaradi.

Boshqa byudjetlardan olingan summalar hamda yil boshida qaytadan taqsimlash tartibida boshqa byudjetlarga berilgan summalar 090-sonli hisobvaraqda aks ettiriladi. Bu summalarni olishda 011-sonli hisobvaraq debetlanadi va 090-sonli hisobvaraq kreditlanadi, bu mablag’larni o’tkazishda 090-sonli hisobvaraq debetlanadi va 011-sonli hisobvaraq kreditlanadi.


Mahalliy byudjetlar va Jamg’arma byudjeti ijrosining asosiy operatsiyalari bo’yicha HISOBVARAQLAR KORRESPONDENTSIYASI


Yüklə 477,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə