Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə45/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

Diniy aqidaparastlik - esa siyosiy maqsadlar yo’lida mavjud ijtimoiy muammolarni ilk, ya’ni mazkur din paydo bo’lgan paytdagi arkonlar asosida hal etmoq niyatidagi harakat va qarashlardan iborat. Islomiy aqidaparastlik - zamonaviy islomda mavjud 3 yo’nalishdan (qolgan 2 tasi: traditsionalizm va modernizm) biri. Islom aqidaparastligining asosiy g’oyasi - «sof islom» qat’iyatlariga (prinsiplariga) qaytish, maqsad esa - islomiy davlat va taraqqiyot yo’lini joriy etishdan iborat.1
Shunday ekan “globallashuv” tushunchasining o’zagi bo’lmish “global” so’zi lotincha, “yalpi, umumiy, har tomonlama” degan ma’nolarni beradi. Demak, “globallashuv” tushunchasi “umumiylik, umumbashariy” kabi ijtimoiy me’yorlarga to’la mos keladi. Globallashuv jarayonining paydo bo’lishi yuzasidan amerikalik tadqiqotchi olim Z.Bjezinskiy shunday degan edi: “Agar Rim dunyoga huquqni, Angliya–parlamentni, Fransiya–madaniyat va milliy respublikachilikni bergan bo’lsa, AQSh–dunyoga ilmiy-texnika inqilobi va ommaviy madaniyatni tortiq qildi”.
Globallashuvning salbiy oqibatlariga albatta o’z vaqtida kurash olib borish lozim. Yoshlarda dunyodagi mafkuraviy manzarasini va globallashuv ja-rayonlarini teran anglash va bu borada zarur ko’nikmalar hosil qilib bormoq lozim. Buning uchun biz yuqorida bayon etganimizdek, islom ekstremizmi va aqidaparastligiga keskin kurash olib bormoq uchun siyosiy, huquqiy, ma’naviy bilimlarimizni chuqurlashtirishimiz lozim. Diniy ekstremizm va aqidaparastlikning keltirib chiqarayotgan sabablarini o’rganmoq kerak.
1) Birinchi sababi - mustamlakachilik va yangi mustamlakachilik, buyuk davlatchilik shovinizmi.
2) Xalqaro munosabatlarda musulmonlarga qarshi zo’rovonlik, musulmon davlatlarining Farb mamlakatlaridan kuchayib ketmasligiga erishish niyati, «parchalab tashla va hukmronlik qil» degan ko’p sinalgan siyosatni davom ettirish.
3) Uchinchi sabab - iqtisodiy kamsitishlar, kalondimog’lik. Boshqa madaniyat, boshqa sivilizatsiyaning, xususan, ko’p asrlik ildizlariga ega Sharq falsafasining bir qismi bo’lgan islom sivilizatsiyasining fazilatlarini, umuman, islomning o’zini yaxshi bilmaslik, tushunmaslik hollari kabi sabablarni ham ko’rsatib o’tish mumkin.
2. Texnodeterministik konsepsiya texnikani xar doim insonga ijobiy ta’sir ko`rsatishini ishonchli asoslaydi. Ilmiy taraqqiyot va texnika yutuqlari insonga ko`plab sirlarni ochib, uni ulkan miqdorda moddiy boylik bilan ta’minlaydi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan bog`liq barcha muammo va qarama-qarshiliklar, ya’ni texnik vositalarning biosferani xalokatga yaqinlashtiruvchi ta’siri axborot aloqa davri deb ataluvchi insoniyat taraqqiyotining keyingi bosqichida ijobiy bartaraf qilinishini ta’kidlaydilar. Texnikani optimistik baxolashda texnokratik nazariya katta axamiyatga ega. Texnokratiya- jamiyatdagi shunday kuchki, u jamiyatning texnik-texnologiya taraqqiyoti istiqboli xususidagi ilmiy bashoratida nufuzli ilmiy xulosalarga tayanadi.
Yevropada XVIII-asr oxirlaridanoq texnikaning xalokatli ta’siri xaqida xabarlar tarqala boshladi. Turli falsafa maktabining vakillari texnika sivilizatsiyasi, uning qattiq, «temir sur’ati», beshafqat va axloqsizligini ta’kidlab, xayot, tabiat, insonga xurmatsizligini qattiq tanqid qila boshladilar. Ular jamiyatda texnikaga sig`inish, uni iloxiylashtirish xolati sodir bo`layotganiga, texnika zamonaviy sivilizatsiyaning ofati bo`lajagiga o`z e’tiborlarini qaratdilar. Texnikaning nazoratsiz taraqqiy etishi ekologik muammolarni tug`dirdi, xarbiy sanoat komplekslarining keng rivojlanishiga sabab bo`lib, oqibatda insonni texnikaning ijro qismiga aylantirib qo`yadi. Agar nazariyotchilarning bir qismi texnikaga pessimistik nazar bilan qarab, an’anaviy jamiyatga qaytishni yagona yo`l deb qarashayotgan bo`lsalar, boshqalari esa texnikaning agressivligi va murosasizligini ta’kidlab, inson bunday sharoitda faqat bitta iloji bo`lgan usul bilan qarshi turishi mumkin, ya’ni kuchi yetganicha texnomadaniyatning parchalanishiga yordam berishi kerak, deb xisoblaydilar. Biroq, barcha muammo texnikaga emas, balki insonning o`ziga bog`liq. Texnika axloqiy jixatdan mustaqil olam emas, uning majmui xususiyatida jamiyatning qadriyat tuzilmasi namoyon bo`ladi. «Texnika-inson» ziddiyatlarining bartaraf qilinishi yangi tipdagi insonnning shakllanishiga bog`liq bo`lib, bu madaniyatdagi biosferik tamoyillarini xisobga oluvchi, tabiat va inson munosabatlarini uyg`unlashtirishga xarakat qiluvchi madaniyatning bosh muammolarni oqilona xal qilishni ta’minlovchi sifatga ega bo`lgan yangi insondir.
Biosferik tamoyilning asoschilari V.I. Vernadskiy, K.E. Sialkovskiy, A.L. Chijevskiy bo`lib, bu nazariya D.j. Forrestr, D. Medouz, M.V. Mesarovich, E. Pestele, A. Pechchen kabi Rim klubi olimlarining asarlarida takomillashtirildi. Biosferik tamoyil yerning evolyutsiyasini umumiy geologik, biogenik, ijtimoiy va madaniy jarayon sifatida qaraydi, planetaning koevolyutsiya asosida tabiiy va sun’iy xamkorlikda rivojlanishi zarurligini ko`rsatadi. Buning uchun omma ongida «Hayotga etikaning tan berishi» ni singdirish lozim (A. Shveyser), bunga O. Leopold tomonidan ishlab chiqilgan «aksiologik uchlik» tushunchasi asos bo`lishi mumkin; ya’ni, insonning artof-muxit bilan o`zaro munosabatini quyidagi qadriyat mezonlari belgilashi lozim: butunlik, barqarorlik va go`zal olam.
Insoniyat bu qadriyatlarga amal qilib, sifatli yangi iqtisodiy tip-«Hayot iqtisodini» yaratishga qodir bo`ladi. «Hayot iqtisodi» ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini inkor etmagan xolda na ishlab chiqarishda eng yuqori miqdoriy manfaatni, na biror kerakli joyda zarur miqdordagi va zarur sifatdagi boylikni ko`zlab ish tutadi. L. Mamford yozishicha: «Bunday iqtisodiyot har qanday tirik jon, har qanday jamoa uchun zarur bo`lgan xilma-xil boylik va kechinmaga ega bo`lishni taqozo qiladi, negaki tug`ilgandan to o`lgungacha uning individual hayoti shunday o`tsin». Madaniyatdagi biosferik konsepsiya tarafdorlari insoniyat tarixida o`zlarining madaniyat tasnifini tuzib, unda ta’kidlashlaricha insoniyatning ilk bosqichlarida madaniyatning turli xil biogelik ko`rinishlari mavjud bo`lgan, keyinchalik sun’iy ravishda «tabiat ustidan xukumronlik qilish» shioriga tayangan xolda texnogenik madaniyat yaratildi zamonaviy odamlar yerdagi ekologik qonunlarga asoslanib turmushi taqozo qiluvchi noogenik madaniyatga o`tadi. Ekologik madaniyat xozirgi zamon sivilizatsiyasining axamiyatga molik belgilaridan biriga aylanib bormoqda 1980 yillardan e’tiboran zamonamiz ilm-fani tobora ekologiyalashmoqada. Dastlabki paytlarda ekologiya xayvonot va o`simlik dunyosining atrof muxit bilan bog`liqlik aloqalarini tadqiq etgan bo`lsa, so`ngiroq bir butun tarzda yerning ekotizmi, biotsenezi, biosferani o`rgana boshladi. 1970 yillardan ekologiya jamiyat hayotidagi jarayonlarni o`rganishga kirishdi. Insoniyat jamiyati bilan uni o`rab turgan tabiiy iqlimiy, sotsial-madaniy muxitning aloqadorligi muammolarini o`rganuvchi sotsial ekologiya shakllandi. Ekologiyaning tabiiy va sotsial muxiti inson uning genofondi, odamni bugungi olamga moslashish jarayoni xususiyatlarini tadqiq etuvchi mustaqil tarmog`i «inson ekologiyasi» vujudga keldi. Ammo biz ushbu mavzuda tilga olayotgan ko`ngilxushlik g`oyasi tamomila boshqa, insonning insonligiga zid, ma’naviy olamini tubanlikning eng chuqur jarliklari sari etaklashga qaratilgan, aqlsiz ko`ngilning tuban mayllarini qondirishga intilgani bilan o`ziga xos xarakterlanadi. Bugungi «ommaviy madaniyat», buzg`unchi kuchlar tamonidan og`iz ko`pirtirib jar solinayotgan ko`ngilxushlik g`oyasi insonning hayot lazzalaridan xoxlagan vaqt, istagan erda va istagancha lazzatlanish, huzur qilish, bu yulda hech narsadan qaytmaslikni targ`ib qilish orqali maishatga izn beradi. Oqibatda g`arbni ma’naviy tubanlik sari undab jar yoqasiga etaklab kelgan ko`ngilxushlik g`oyasi bugun sharqqa ham ma’naviy tahdid bo`lib turibdi. Tomas Vul’fning «Manmanlik o`ti» romanida yosh moliyachi «shahvoniy hirslarga cho`kib ketgan » N’yu – York farzandi bo`lganligi uchun ham xotini va qizining hayotiga zomin bo`ladi. Ayrim ma’lumotlarga ko`ra, bugun Britaniya bolalarining 3-4 foizi nikohsiz tug`ilmoqda, taxminan shuncha mikdordagi katta yoshlilar ajrashish alamidan aziyat chekmoqda. AQShda qamalganlarning yarmidan ko`pi buzilgan oilalar farzandlaridir. Bunday statistik ma’lumotlarni uzoq davom ettirish mumkin. Mana kungilxushlik g`oyasi bergan mevalar. “Ommaviy madaniyat” ning ko`ngilxushlik g`oyasi insonni ma’naviy tubanlik sari yetaklaydi. G`arbda uning makoni sershovqin musiqalari, turli – tuman rangli chiroqlar bilan bezalgan tungi barlar. Minglab yoshlarni o`ziga ohangrabodek chorlayotgan bu tungi barlarning mijozlari, afsuski, kundan – kunga ko`payib bormoqda. Tungi barlar. Balki ular kimlarningdir iqtisodiy manfaati uchun, xolis maksadda tashkil etilgandir.
Sanoat ishlab chiqarish uchun ekologik qonunlar tabiat resurslariga tejamkorlik asosida yondoshish imkoniyatini beruvchi texnika va texnologiyani yaratishdangina iborat bo`lmay ayni paytda, insonning mavjudligi va yashash muxiti-biosferani asrash, qayta tiklashdan iboratdir. “Ommaviy madaniyat”ning eng xunuk illatlari, olg`a surgan g`arazli g`oyalaridan biri bu, ko`ngilxushlik g`oyasidir. Ko`ngilxushlik g`oyasi deganda, insonning turmush tashvishlaridan bir oz bo`lsa-da chalg`ish, o`zining bush vaqtini mazmunli o`tkazishni tushunish ham mumkin, agar buni xolis, samimiy izohlasak. Har qanday sog`lom ma’naviyatli insonlar o`z hayotining har bir daqiqasidan oqilona foydalangani holda, o`zi va boshqalarga foyda keltiradigan fa’oliyat bilan shug`ullanishga intiladi. Sof niyatda, ezgu mashg`ulotlar bilan o`zining bo`sh vaqtini fayzli, o`z talant, qobiliyatidan unumli foydalanishga harakat qiladilar.
Ammo bugungi tungi barlarning aksariyat muxlislari bu yoshlar, hali ona suti og`zidan ketmagan, kayfu – safoga berilgan, ko`ngilxushlikka mukkasidan ketgan yosh yigit – qizlardir. eng achinarli tamoni shundaki, tungi barlar ichkilikbozlik, turli tartibsizlik va giyoxvandlik kuchasidagi bekat vazifasini o`tamokda. G`arbda tungi barlarlarda sang`ish aksariyat ota – onalar tamonidan tabiiy hol sifatida qabul qilinadi.

Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə