Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə46/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

Yu. Xabermas kabi sog`lom fikrli odamlar fikricha: “G`arb mamlakatlaridagi yomg`irdan keyingi qo`ziqorindek tungi barlarning ko`payishi odamlarda mardlik, jasorat va halollik kabi sifatlarning yo`qolishiga olib keldi”.
Bugun ko`ngilxushlik g`oyasiga griftor bo`lgan g`arbning ba’zi yoshlari maishiy buzuqlik kasaliga mubtalo bo`lgan. Biz maishiy buzuqlik deb atayotgan holat ular uchun balki shaxsiy erkinlikdir. Chunki so`ngi yillarda g`arbda maishiy buzuqlik, meyorsiz erkinlik - saddizmni inson hayoti uchun foydali deguvchilar ham ko`payib qolgan. Shu o`rinda saddizm tushunchasiga qisqacha izoh berib o`tsak, “saddizm “ atamasi frantsuz yozuvchisi Markiz de Sad (1740-1814) nomi bilan bog`liq tushuncha. Yozuvchining “Sadomda 120 kun“, “Fohishaxonalar falsafasi “ singari tubandan – tuban mazmundagi kitoblarida insonning eng tuban illatlarga giriftor bo`lishi mumkinligi tasvirlanadi. Sad o`z asarlarida odamlarni ma’naviy buzuqlikning xoxlagan izmiga solish mumkin, faqat ularning ma’naviyatini egallasak bas, kerak bo`lsa biz o`zga yurt odamlarini shunday o`z ta’sirimizga olishimiz kerakki, toki, ularning o`zlari bizga yukinib kelsin, degan qarashlarni ilgari suradi. Natijada bugun «Markiz de Sad asarlarining qayta –qayta nashr etiliyotgani, maishiy buzuqlikka bag`ishlangan kinolar va asarlarning ko`payib boriyotgani, hatto, ba’zi mamlakatlarda fohishaxonalar ochishga ruxsat borligi, har yili badavlat arab mamlakatlariga Osiyodan 4 millionga yaqin ayollar «uy xizmatchisi» niqobi ostida keltirilayotgani saddizmning ommaviy hodisa bulib qolayotganidan dalolat beradi » deb bemalol aytish mumkin.
Bugun insoniyatning taraqqiyotiga salbiy ta’sir qiluvchi shunday buzg`unchi g`oyalar yaratilmoqdaki, bu g`oyalar inson ma’naviyatini faqat zalolat sari yetaklashga xizmat qiladi, xolos. G`arb dunyosidagi sog`lom fikrli insonlarni tashvishga solayotgan, o`ziga xos qarashlarni mujassam etgan bir xil jins egalarining o`zaro oila qurayotganligi achinarli holdir. Sharqda bunday holat azaldan qoralanib kelingan. Ahmad Yassaviy aytganlaridek, bunday buzuq qarashdagi odamlarning hayvondan nima farqi qoladi. «…besaqolbozlik jahannamga elitadi. Har doimdagiday, g`urur erga urilganda eng yaramas illat yuzaga chiqadi. Insoniyatning jinslarga bo`linishi koinotning tabiat qonunlariga kura qutblanishi tajassumidir. erkaklar va ayollar qo`shimcha ilk sabablardir. Jinsiyat ularning ilohiy va nasl qoldirish bo`yicha o`zaro kelishuvidir. Shuning uchun ham bir jinsga mansub kishilarning oila qurishi tabiiy tartib buzilishining eng dahshatli ko`rinishidir».
G`arbning o`zida ham sog`lom ma’naviyatli odamlar allaqachon bunday illatarni qoralab kelgan: Insonda u yoki bu sifatlarning shakllanishi uning ma’naviy qiyofasining qay darajada ekanligiga bog`liq. Bugun insoniyat tafakkuri taraqqiyotini kuzatsak, odamzod bir tamondan aql bovar qilmas ixtirolarni ijod etayotgan bo`lsa, ikkinchi tamondan odamzod hatto hayvondan-da battar ahvolda, chirkin tabanliklar botqog`iga botgan, ba’zi kimsalar o`z nopok illatlari bilan faqat o`zinigina emas, o`zgalar hayotini ham zaharlamoqda, hatto kelajak avlod hayotini ham xarob etmoqda. Insoniyat ma’naviy tanazzul girdobiga uchragan. Xushsurat axloqning o`rnini badsifat xislatlar egallagan, olijanob maqsadli hayot tarzi bema’ni axloq va illatlar bilan bulg`angan, inson ma’naviyati tubanlikka yuz tutgan. Buyuk tabiatning mo`’jaz xilqati o`z aqlu tafakkuri bilan tabiatning barcha tirikligi orasida tengsizligi bo`laturib, shu aqlu tafakkurini o`z qo`li bilan xiralashtirib, o`zini ma’naviy tubanliklar girdobiga otmoqdaki, bu har qanday aqli raso kishini hayratlantirmay iloji yo`q. Masalan, ma’lumotlarga ko`ra, Buyuk Britaniyada mashhur qo`shiqchi Elton Jon bir xil jins vakillarining nikohdan o`tib, oila qurishini erkinlik na’munasi sifatida butun dunyoga ko`z – ko`z qilmoqda. Eng yomoni shundaki, bunday odamlarning yoshlar o`rtasida ming – minglab muxlislari bor va ularning bu kabi jirkanch ishlari ana shu yoshlar ongini zaharlamasdan qolmaydi albatta. Bugun insoniyat taraqqiyoti turli tahdidlar ta`sirida kechmoqda. Insoniyatning xavfsizlik va barqarorligiga rahna solishga, hatto uning hayotini izdan chiqarishga qaratilgan tahdidlar kundan – kunga kuchayib bormoqda. Ushbu tahdidlar dunyoning turli buzg`unchi kuchlari tamonidan shunday ustakorlik bilan tarqatilmoqdaki, u o`zining jozibali ta’sir kuchi orqali ko`plab insonlarni kundan – kunga o`z domiga tortib bormoqda. Sh. Faxrutdinov o`zining “Tahdid tushunchasi: nazariya va amaliyot“ risolasida tahdidlarni shartli ravishda bir necha turlarga ajratib ko`rsatadi: iqtisodiy, sotsial, siyosiy, harbiy, tabiiy – iqlimiy. Uning fikricha, “tahdid” deganda inson hayotiy faoliyati, umuman, yashashni chigallashtiruvchi hamda aniq tarixiy davr davomida aniq maqsad uchun yo`naltirilgan ijtimoiy strukturani, to`g`rirog`i, davlatning siyosiy asosini zaiflashtiruvchi, qolaversa, emirishga qaratilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va nihoyat, umumsayyoraviy salbiy omillarning “ kirib kelishi “ tufayli yuz beruvchi makon va zamonda muayyan salbiy siyosiy, ijtimoiy va tarixiy vaziyatni tushunish mumkin.
Hozirgi paytda insoniyat hayotiga katta xavf tug`dirayotgan xalqaro terrorizm, diniy ekstrimizm, narkoagressiya va SPID singari ofatlar ham odamlar hayotiga real ofat ekanligi hammamizga ma’lum. Lekin bugungi kunda hamma ham bilavermaydigan, oshkora ko`zga tashlanmaydigan, ma’naviy hayotimizni izdan chiqarishga qaratilgan jiddiy xatarlar ham borki, ular insonni o`zligidan ayirishga, ma’naviy dunyosini tubanlik, jaholat illatlari bilan to`ldirishga, hatto inson hayotini izdan chiqarib yuborishi bilan xavflidir. Inson ma’naviyatini o`z izmiga solishga qaratilgan turli tahdid, xavf – xatarlar yalpi globallashuv jarayonlari ta’sirida, axborot olamidagi yangiliklar bilan niqoblangan holda jamiyat hayotiga shu qadar shiddat va katta kuch bilan kirib kelmoqdaki, ularning tuzatib bo`lmaydigan zararini hamma ham anglayolmaydi, buni faqat keng fikrlaydigan, bu buzg`unchi, xavfli ofatning mohiyatini anglayoladigan odamlargina tushunib etadilar.
Bugun insoniyatga bo`layotgan tahdidlarning eng xatarlisi harbiy yoki iqtisodiy tahdidlar emas, balki ma’naviy – mafkuraviy tahdidlardir. Zero, inson ma’naviyatini egallashga qaratilgan har qanday mafkura insonni bemalol o`z ta’siriga bo`ysundiraoladi. Buni biz uzoqdan emas, yaqin kunlarda mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligiga qilingan turli tahdidlar misolida ham ko`rishimiz mumkin. eng so`nggi tahdid sifatida Andijon voqialarini oladigan bo`lsak, buzg`unchi kuchlar turli tuhmat, bo`hton va uydirmalar orqali xalqning fikrini chalg`itishga, ayrim odamlar ma’naviyatini egallab, mamlakatda to`s – to`palon uyushtirish, osoyishta yashayotgan butun bir xalq hayotini izdan chiqarishga harakat qilishdi.
Glaballashuv jarayonlari jadallashib borayotgan bugungi kunda mafkuraviy, g`oyaviy, ma`naviy tahdidlar mamlakatimiz kelajagi uchun eng katta xavf-xatarlardan biri bo`lib qolmoqda. Ilm-fan, texnika yutuqlari rivojlanib borayotgan bugungi kunda bunday tahdidlar yanada xavfliroq bo`lib bormoqda. Mafkuraviy, g`oyaviy, ma`naviy taxdidlarni o`z vaqtida seza olmaslik yoki unga e`tiborsizlik tuzatish qiyin bo`lgan holatlarga olib kelishi mumkin.
Atrofga nazar tashlar ekanmiz bunday tahdidlar oqibatida dunyoning ayrim xududlarida ma`naviy yo`qotishlar sodir bo`layotganligini, butun boshliq millatlarning asrlar mobaynida to`plab kelgan ma`naviy meroslari yo`qolib borayotganligini, ularning turmush tarzlari, milliy mentalitetlari izdan chiqayotganligini ko`rish mumkin.
Mafkuraviy, g`oyaviy, ma`naviy taxdidlarning eng xavfli tomoni shundan iboratki u jamiyat a`zolarini eng avvalambor, yoshlarni o`z vataniga, xalqiga, millatiga bo`lgan muxabbatini so`ndiradi, ulardagi millatparvarlik, vatanparvarlik g`oyalaridan chalg`itib, ularni befarq kishilarga aylantiradi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov milliy-ma`naviy tiklanish yo`lidagi tahdid to`g`risida gapirib shunday deydi “Ma`naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e`tiqodan qat`i nazar, har qaysi odamning tom ma`nodagi erkin inson bo`lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko`zda tutadigan mafkuraviy, g`oyaiy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o`ylayman”.
Ma’naviyatga bo`layotgan tahdidlarning xavfli tamoni shundaki, buzg`unchi kuchlar o`zlariga nishon qilib, avvalombor, barchamizning eng aziz, eng katta boyligimiz, ko`zimiz qorasi bo`lmish yoshlarimizni tanlashmoqda, turli niqoblar, birinchi galda so`z va fikr erkinligi, inson va jamiyat erkinligi deb atalgan niqoblar bilan ularning fikrini chalg`itishga, zamonaviy usul va vositalar orqali ularning hali murg`ak qalblarini egallashga intilmoqdalar. Bu holatlarni oldini olishning eng asosiy vazifalaridan biri “...hurmatli domlalarimiz va professor o`qituvchilarning eng muhim vazifasi- yosh avlodga puxta ta`lim berish, ularni jismoniy va ma`naviy yetuk insonlar qilib tarbiyalashdan iboratdir” Ular iloji boricha, yoshlar ongida asrlar davomida shakllanib kelgan milliy qadriyatlarga nisbatan bepisandlik, hurmatsizlik kayfiyatini uyg`otib, o`z mafkurasi va g`oyasini singdirishga intilmoqdalar.
Xalqaro maydonda yuz berayotgan ijtimoiy – siyosiy jarayonga nazar tashlasak, turli siyosiy kuchlar o`zlarining strategik maksadlariga intilib, «erkinlik» va «demokratiya» niqobi ostida faol harakatda. Bu buzg`unchi kuchlar o`z fa’oliyatlarini hamon ustalik, silliqlik bilan, bejirim bezaklar bilan olib bormokdaki, har kanday kishini manfur niyatlari girdobiga tortish imkoniga ega. Bu kuchlar o`z niyatlari yulida millionlab mablag`larni ayayotganlari yo`k, ular er yuzining istagan nuktasida, istagan xalqni o`zligidan ayirish va o`z ta’sir doirasiga olishni niyat qilib, buning ortidan millionlab foyda, daromadni ko`zlab ish yuritmoqdalar.
Insoniyat tarixi davomida har bir xalq shakllanishi asnosida uning milliy ma’naviyati, madaniyati ham o`z shakl -shamoyilini topib bordi. Ma’naviyat bobida sharqona va g`arbona qarashlar vujudga keldi. Har bir qutb ma’naviyatining o`ziga xos tamonlari bo`lib, ularning o`zaro nomutanosib tamonlari ham mavjud. Sharq ma’naviyati kabi g`arb ma’naviyatining ham boy imkoniyatlari, fazilatlari bugungi g`arb dunyosi ma’naviy olamini boyitib kelmokda. Bugun g`arb ma’naviyati bilan bog`lik qarashlar sifatida taraqqiyotning so`nggi davriga xos shunday tushunchalar paydo bo`ldiki, afsuski, ularning ba’zilari hatto bugun g`arb dunyosinidagi sog`lom ma’naviyatli insonlar qalbini larzaga solgani holda, sharqona ma’naviyatga nisbatan g`oyaviy tahdid, tajavvuz sifatida namoyon bo`lmokda. Hatto g`arbning o`zi ham bugun o`zini ojiz sezayotgan buzg`unchi kuchlar dunyoga shunday illatlarni targ`ib – tashviq etmokdalarki, bu tashviqotlar zamirida inson ma’naviyati, axloqi, millat manfaati bilan bog`lik g`oyalar yotibdiki, butun bir xalq, millat taqdiri, kelajak avlod hayoti xavf ostida. Katta imkoniyatga ega bu kuchlar o`z mafkurasini singdirishga, ming yillik azaliy va muqaddas qadriyatlarimizdan G`arb qadriyatlarini ustun qo`yishga urinadi. Ular bu qadriyatlarining tarixini, mazmun – mohiyatini hech qachon xolis tushuntirmaydi, aksincha, ularning ma’nosi va falsafasini o`z g`arazli maqsadlariga moslab, soxtalashtirib joriy etishga harakat qiladi. Ular o`z g`arazli maqsadlarini “erkinlik“, “ demokratiya “ singari chiroyli so`zlar bilan bezab, o`rab – chirmab, dunyo xalqlari turmush tarziga kiritishga zo`r berib urinmoqdalar.
Hozirgi kunda G`arb dunyosida erkinlikni niqob qilib olgan ayrim kimsalar nafaqat bizning milliy an’analarimiz, balki barcha xalqlar uchun qadrli bo`lgan insoniylik aqidalariga to`g`ri kelmaydigan turli buzg`unchiliklarni ommaviy axborot vositalari orqali ochiqdan – ochiq targ`ib etayotganini ko`rib turibmiz. Natijada bugun odamlarni, xususan, yoshlarni buzg`unchi illatlar ta’siridan himoya qilish masalasi davrimizning dolzarb muommosiga aylangan. Afsuski, bugun jamiyatimzda ba’zan bu ta’sirlar girdobiga tushib qolib, o`z hayotini izdan chiqargan, jaholat, buzg`unchiliklar tuzog`iga tushib qolgan kimsalarning paydo bo`layotgani sir emas.
Insoniyat tarixida ezgulik va bunyodkor g`oyalar bilan yovuzlik va buzg`unchilik g`oyalar o`rtasida hamisha kurash bo`lganligini bilamiz. Insoniyatning, jumladan, O`zbekistonning bir necha yuz yillik tarixida ham turli bosqinchiliklar oqibatida zulm, zo`ravonlik, kulfat urug`larini sochish va qon to`kilishiga sabab bo`lgan buzg`unchi g`oyalar va mafkuralarning halokatli ta`siri bilan bog`liq qayg`uli sahifalar juda ko`p. Bu g`oyalar o`zlarida siyosiy bosqinchilik va mustabidlik intilshlarini goh yashirin, goh oshkora ifodalagan holda diniy, milliy, sifiy shiorlarni bayroq qilib chiqqan.
Jumladan, bol’shevizm bilan bir qatorda, XX asrning boshida mustabid g`oya va mafkuraning boshqa shakli-fashizm paydo bo`ldi. Bol’shevizm mafkurasi bo`lgan kommunistik ta`limot xalqlarning milliy-etnik o`ziga xosliklarini yo`qotish, «proletar baynalminalligi» shiori bilan maydonga chiqqan bo`lsa, fashizm bir hukmron millatning «irqiy-etnik sofligi» ni mutloqlashtirshni targ`ib-tashviq etdi. U irqchilikning xomiysi hisoblanadi.
«Rasizm» so`zi «rasa» (irq) atamasidan kelib chiqqan. Bu atama XVII asrdan boshlab Yevropada «insoniyat nasli» ni turli irqiy guruhlar, jumladan, «oq» va «sariq» irqqa ajratish uchun qo`llana boshladi.
Irqchilik ta`limoti «oq tanli» larning afzalligi, ularning azaldan «oliy irq» etib tanlangani, boshqa irqlarning esa «oq» larga qaraganda nomukammal yaratilganligi va hamisha taraqqiyotning quyi pog`onalarida turishini asoslab beradi. Uning asosiy g`oyasi o`zining «ilohiy» tabiatiga ko`ra «oq» irqlarni «quyi» irqlar ustidan hukmron qilishga da`vat etishga qaratilgan edi. Irqchilik milliy mansubligi va terisining rangiga ko`ra turuvchi kishilarga tazyiq o`tkazish, ularni haqoratlash, urish va o`ldirish kabi harakat hodisalarda yaqqol namoyon bo`ldi.
Irqchilik ko`p qiyofali. Masalan o`zini oliy irq hisoblagan ingliz, ispan, fransuz bosqinchilari o`rta asrlar va ayniqsa, XVIII-XIX asrlarda Amerika, Avstriya, Afrika va Osiyoda yerli xalqlarni ko`plab qirib tashladilar.
Yana bir yovuz g`oya-terrorizm bugungi kunda ham insoniyatga katta tahdid solmoqda. Insoniyata doimiy qo`rquv, fitna, g`alamislik muhitini vujudga keltirish, zo`ravonlik yo`li bilan jamiyat barqarorligini buzish, gunohsiz kishilar, jumladan, bolalarning halok bo`lishiga olib keladigan siyosiy maqsaddagi o`ldirish va portlashlar bu mudhish g`oyaning asl mohiyatini tashkil etadi. (Beslan fojiasi) 2004 yil 1 sentabr, Beslan shahridagi barcha maktablarda bayramona kayfiyat hukmron. O‘quvchilar qo‘llarida gul tutib «Bilimlar kuni» munosabati bilan o‘tkaziladigan bayramga oshiqishyapti. Shu jumladan, shahardagi 1-sonli maktab o‘quvchilari ham. O‘sha kuni ertalab soat 9:00da shahardagi 1-sonli maktabda ham yangi o‘quv yilining ochilishi munosabati bilan bayram tadbiri boshlanadi. Tadbirda maktab o‘quvchilaridan tashqari ularning ota-onalari va boshqa mehmonlar ham qatnashayotgandi. Shu payt bir guruh qora niyatli shaxslar maktabga kirib keladi. Ularning bir qismi maktab hovlisining orqa tomoniga o‘tadi. Bir qismi esa to‘g‘ri maktab hovlisiga bostirib kirib, qurollardan havoga o‘q uzib, barchani maktab sportzaliga haydashadi. O‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari shok holatiga tushadi va maktabga terrorchilar hujum qilganini anglashadi. Oradan 10 daqiqa o‘tib Pravoberejniy tuman ichki ishlar bo‘limiga taxminan 20 nafardan oshiq qurollangan shaxs Beslandagi 1-sonli maktabda odamlarni garovga olgani haqida xabar kelib tushadi. Bu paytda terrorchilar garovga olinganlarni maktab sportzaliga qamab, hamma joyga bomba o‘rnata boshlaydi va garovdagilardan uyali telefonlar, fotoapparatlar hamda sumkalarni tortib olishadi. Ular o‘zlariga qarshi chiqqan uch kishidan ikki nafarini otib o‘ldirishadi, uchinchisi og‘ir jarohatlanadi. Shundan so‘ng terrorchilar garovga olinganlar orasidagi erkaklar va yuqori sinflarda o‘qiydigan o‘g‘il bolalarni alohida ajatib sportzaldagi xonalardan biriga qamab qo‘yishadi. Ayollar va bolalarning bir qismini tirik nishon sifatida derazalar oldiga tik turg‘izib qo‘yishadi, qolganlar sportzal sahniga joylashadi. Terrorchilar Moskvadagi «Nord-ost» teatridagi ish bu yerda ham qaytarilmasligi uchun derazalarning oynasini sindirib chiqishadi (2002 yilda bir guruh terrorchilar Moskvadagi «Nord-ost» teatrida tomoshabinlar va teatr jamoasini garovga olganda ularni zaharli gaz bilan zaharlab so‘ng bino shturm qilingan edi). Bu orada Beslandagi hodisadan Shimoliy Osetiya ichki ishlar vaziri Kazbek Dzantiyev va respublika rahbari Aleksandr Dzasoxov xabar topadi. Shundan so‘ng butun respublika bo‘ylab huquqni himoya qilish organlari oyoqqa turadi. Maktabni Pravoberejniy tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari o‘rab oladi. Terrorchilar maktabni egallaganidan yarim soat o‘tib bu hodisa haqida Moskvaga, Federal xavfsizlik xizmati bosh idorasiga xabar beriladi. FXXda zudlik bilan «Qo‘lga olish» rejasi ishlab chiqiladi va maxsus guruh Beslanga jo‘natiladi. Bu paytga kelib maktab atrofiga yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ham maxsus texnikalar bilan yetib keladi. Beslandagi hodisadan xabar topgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochida ta'tilda bo‘lishiga qaramay Moskvaga qaytadi.Shundan so‘ng Beslanga Shimoliy Osetiya rahbari Aleksandr Dzasoxov, respublika parlamenti raisi Taymuraz Mamsurov, FXXning Shimoliy Osetiya bo‘yicha rahbari Valeriy Andreyev, Shimoliy Kavkazdagi 58-armiya qo‘mondoni V. Sobolev va boshqa ko‘plab mutasaddilar yetib kelishadi. Soat 11:00da terrorchilar bilan muzokara o‘tkazish uchun V.Zanginov va Shimoliy Osetiya muftiysi Ruslan Valgasov oq bayroq ko‘targan holda maktab binosi tomon harakatlana boshlaydi. Biroq terrorchilar o‘q uzib ularni binoga yaqinlashtirmaydi.Oradan biroz o‘tib terrorchilar garovga olingan ayollardan birini xat bilan tashqariga chiqarishadi. Xatda ular o‘zlari bilan muzokara o‘tkazish uchun Shimoliy Osetiya rahbari Aleksandr Dzasoxov, Ingushetiya respublikasi rahbari Murat Zyazikov, Rossiya prezidenti maslahatchisi Aslanbek Aslaxanov va bolalar shifokori Leonid Roshal (Yana bir versiyaga ko‘ra Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi, general-polkovnik Vladimir Rushaylo) maktab ichkarisiga kirishi lozimligini talab qilishgan edi.Terrorchilar ularning har biri uchun 150 nafardan bolani qo‘yib yuborishga va'da berishadi. Bundan tashqari, terrorchilar, agar huquqni himoya qilish organlari tomonidan maktabga qurolli hujum qilinadigan bo‘lsa, har bir halok bo‘lgan terrorchi uchun garovdagilardan 50 nafarini, har bir yaralangan terrorchi uchun esa garovdagilardan 20 nafari o‘ldirilishini ma'lum qilishadi. Terrorchilar hech qanday muzokaraga ko‘nishmaydi va dastlab talab qilgan shartlarida turib olishadi. Ular bilan rasmiylar orasida Leonid Roshal aloqachi bo‘lib turadi. Bolalar shifokori bo‘lgan bu shaxs 2002 yilda «Nord-ost» teatrida bo‘lib o‘tgan hodisada ham mutasaddilar va terrorchilar o‘rtasida vositachilik qilgan edi. Vladimir Putin Turkiyaga rejalashtirilgan tashrifni bekor qiladi. 2 sentabr kuni kechki payt u televideniye orqali rossiyaliklarga qilgan murojatida hukumat rasmiylari uchun birlamchi maqsad garovdagilarni terrorchilar qo‘lidan sog‘-omon qutqarib olish bo‘layotganini bildiradi. Tushdan keyin Ingushetiyaning birinchi prezidenti Ruslan Aushev maktab binosiga kirib boradi va terrorchilar bilan yuzma-yuz muzokara o‘tkazadi. Aushev terrorchilar bilan kelisha olmaydi, ammo bu harakati ortidan ular yosh bolasi bor 26 nafar ayolni garovdan ozod qilishadi. Beslan fojiasi oqibatida jami 333 nafar inson halok bo‘ladi. Ulardan 186 nafari bolalar edi. Diniy ekstremizm - ma`lum syosiy maqsadlar yo`lida va din niqobi ostida mutaassiblar yoki ularning irodasiga ko`ra ish ko`ruvchi guruhlar tomonidan olib boriladigan o`ta ashaddiy harakatlar va qarashlar majmuini anglatadi. Diniy aqidaparstlik - esa siyosiy mavjud ijtimoiy muammolarni ilk, ya`ni mazkur din paydo bo`lgan paytdagi arkonlar asosida hal etmoq niyatidagi harakat va qarashlardan iborat. Dunyoning ba`zi mamlakatlarida bugungi kunda ham mavjud hukmlar dindan boshqa dinni targ`ib qilganlar jazolanadi. Jumladan, Afg`onistonda «Tolibon» harakati hukmronligi davrida ularning boshlig`i Mulla Muhammad Umarning ko`rsatmasiga binoan Afg`onistondagi buddizm diniga mansub madaniy yodgorliklar ham yo`q qilinishiga fatvo berildi. Natijada XV asr ilgari bunyod etilgan Bamiyon shahrida dunyodagi eng yirik va balandligi 53 metrlik 2 ta budda yodgorliklari o`qqa tutilib buzib tashlandi. Bu hatti-harakatlar islom dinining boshqa dinlarga bag`rikenglik asosidagi munosabatlariga zid bo`lganligi uchun barcha taraqqiyparvar kuchlar tomonidan qoralandi. U insonni bir mute, qul, taqdirning o`yinchog`i deb qaraydi, inson qalbi, ma`naviy ehtiyojlari bilan mutlaqo hisoblashmaydi. Islom dinining tasavuf ta`limoti ahli tarixda hayotga, jamiyat va inson masalalariga keng qaraganlar. Bu chin ma`nosi bilan insonparvarlik ta`limotidir. Chunki sufiylar, garchi chin musulmon sifatida shuhrat qozonib, islom dini tozaligi uchun kurashgan bo`lsalarda, ammo hech qachon o`zga dinlarni kamsitmaganlar. Shu sababli tasavvufni diniy bag`rikenglik ta`limoti, inson kamolotiga yo`l qidirgan hamda jaholatga qarshi kurashib kelgan ma`rifiy ta`limot, deb tushunamiz. Hozirgi kunda bizning turmush tarzimizga, ruhiyatimizga nisbatan qilinayotgan ma`naviy-ma`rifiy hurujlarning usullari tobora noziklashib borayapti. Zararli g`oyalar turli kinofilmlar, televedenie ko`rsatuvlari va radio eshittirishlari shaklida, gazeta-juurnallar, internet tarmog`i va boshqa yo`nalishlarda uzluksiz ravishda tiqishtirilib, bizning milliy tushunchalarimizni barbod etishga, mafkuraviy immunitetimizni susaytirishga, yoshlarimizni durugaylashtirishga muntazam harakatlari sezilib turibdi. Bugungi kunda inson qalbini egallash uchun butun dunyoda to`xtovsiz kurash ketayapti. Bu zararli g`oyalarga qarshi xalqimizning or-nomusi, diniy va dunyoviy e`tiqodi, ma`naviy qadriyati, mafkuraviy immunitet vazifasini o`tashi zarur. Alohida bir odamning ruhiyati jamoa ruhiyatiga teng emas, albatta. eng qizig`i shundaki, jamoa ruhiyatida ongsizlik darajasi balandroq. Ommaviy taassurotda Ommaviy Axborot Vositalari tomonidan aytilgan gaplarga birdan ishonish, vahimaga tushish, salbiy informatsiyaga ko`proq berilish kayfiyatlari ancha kuchli. Buni Karl Yung «jamoaviy ongsizlik» deb ta`riflagan va bugungi kunda ushbu psixologik kategoriyani topib, uni isbotlab berilgani Yungning buyuk kashfiyoti deb hisoblanadi. Karl Yung ta`limotining ahamiyati shundaki, mazkur «jamoaviy ongsizlik» holatining jamiyatda paydo bo`lishi mafkuraviy immunitetni shakllantirish ishiga salbiy ta`sir qiladi. Yaqinda «Internet» sahifalari amerikalik siyosatshunos olim Patrik B’yukenenning «Smert Zapada» nomli kitobi paydo bo`ldi. E`tiborga molik jihat shuki, katta hajmdagi bir kitobning so`z boshisidayoq, muallif yaxlit bir millatlar va xalqlar taqdiriga aloqador bo`lgan voqealarni, G`arbning «taqdiri»ni jamiyat ma`naviyatidagi inqirozlarga, jumladan, oila va nikoh, tug`ilish va aholining tabiiy o`sishi borasidagi inqirozlar tahliliga bag`ishlagan. Ming taassuf va afsus bilan u «Yevropa «amerikacha» madaniyatni qabul qilib, bugun uning hayot tarziga singib ketganligiga qarshilik ko`rsatishga qodir emasligini e`tirof etadi. B’yukenenning fikricha, sanoati va yuqori texnologiyalari rivoj topgan jamiyatda odamlarning birdan boyib ketish, to`kin hayotga erishishga bo`lgan egoistik intilishi ularning asl qadriyatlarga, jumladan, oila va nikohga, yoshlar tarbiyasiga bo`lgan munosabatlarida keskin inqirozni keltirib chiqardi. Bu holatni u gedonistik psixologiyaning asosi deb baholab, uning oqibati jamiyatda qator ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarayotganligini ochiq e`tirof etadi.
Gedonizmning ma`nosi shundayki, shaxs va uning xulq-atvori motivlarida faqat nimalardandir lazzatlanish, qoniqish olish va o`zidagi ichki ruhiy iztiroblardan xoli bo`lishga intilish ustivor bo`ladi. To`g`ri, aslida insonning to`q va farovon hayotga intilishi, boy-badavlat yashashni xohlagani ayb emas, lekin bunday to`kinchilik insoniylikka qarshi bo`lishi mumkin emas. Muallifning tashvishi va uni xavortirga solgan narsa shuki, bunday ong va shuurdagi o`zgarishlar evropa xalqlarining eng zarur va muhim qadriyatlarga nisbatan salbiy munosabatlarda ifodalanadi. Masalan, bugungi Yevropada tug`ilayotgan bolalarning har uchtasidan bittasi nikohsiz tug`ilayotganligi, tug`ilishning keskin kamayib ketganligini, umuman ayollar o`zidan sog`lom zurriyod qoldirishni istamayotganligi, mablag`i yetarli bo`la turib, farzand tug`ilishi va uni tarbiyalashga ketadigan mablag`ni qizg`anayotganligi yaqqol namoyon bo`lmoqda. Umuman G`arb ayollarining aksariyati turmushga chiqib, o`zidan munosib zurriyod qoldirish niyatidan tobora uzoqlashib bormoqda. Olimlarni mavjud ahvolni ijobiy tomonga o`zgartirish uchun farzand tug`ilishi uchun davlat tomonidan ajratiladigan nafaqalarning, suyunchi pullar miqdorining orttirilishi, onalar uchun alohida imtiyozlarning joriy etilishi yoki bola soni ortgani uchun oilaga ko`rsatiladigan muruvvat ayollarni sog`lom oila qurib, unda sog`lom farzandlarni tarbiyalashga undarmikin, degan savol o`ylantirmoqda va mulohazalar mantig`idan shu narsa ayon bo`lmoqdaki, zamonaviy yevropaliklarni bunday imtiyozlardan ko`ra, mansab pog`onalaridan ko`tarilib, o`z manfaatinigina o`ylab yashash ko`proq qiziqtiradi. Chunki zamonaviy G`arb yoshlari, xotin-qizlar uchun bu kabi imtiyozlar bola tug`ilishi va bu bilan bog`liq tashvishlar oldida hech gap emas. Shu kabi gedonistik psixologiya bizning yoshlarimiz ongida paydo bo`lmasligi, ochiq axborotlar makonida bemalol turli ma`lumotlarni qabul qilish imkoniyati paydo bo`lgan hozirgi sharoitda ularni ezgu maqsadlarga yqnaltirish, ularda sog`lom dunyoqarash, ertangi kunga ishonch, sobit g`oya, sog`lom hissiyotlar, el-yurt oldida, oilasi va yaqinlari oldida insoniy javobgarlik va yuksak mas`uliyat hislarini tarbiyalash millat manfaatiga bevosita aloqador vazifamizdir. Bunday aloqalarning kengayishi haqiqiy ma`naviy va madaniy qadriyatlarni munosib baholash imkonini berdi. Hozirgi yoshlar ham, ularning ota-onalari ham uchragan kinoni ko`rib, duch kelgan maza-matrasi yo`q kitoblarni o`qib ketayotgani yo`q. Ataylab yurtimizga olib kelinayotgan g`arbning sun`iylashtirilgan san`atidan, «keng iste`mol»dagi madaniyatidan norozilik sezilib turibdi. Bunday mahsulotning ilgarigi «man etilgan ne`mat»ga xos «lazzati», jozibadorligi deyarli qolmagan. Hozirgi kunda xorijning madaniy qadriyatlaridan foydalanishga ancha jiddiy va tanlab yondashish ehtiyoji kuchayib bormoqda. Lekin ochiq ommaviy axborot vositalari orqali tinimsiz ma`lumotlar quyulib kelayotgan sharoitda aynan hali ongi shakllanib ulgurmagan yoshlar uchun tahdid ham, ataylab uyushtirilayotgan mafkuraviy tajovuzlar ham bor. Shunday sharoitda birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning fikrlari biz uchun hamisha dalda bo`ladi: «Eng muhimi, qalbimizda g`ururimiz, bilagimizda kuchimiz bor ekan, biz tinchlikni himoya qilishga, unga xavf solayotgan kuchlarga qarshi kurashishga, qaddimizni tik tutib, boshimizni baland ko`tarib yashashga qodirmiz. Bizni qo`rqitmoqchi bo`layotgan g`alamislar shuni bilib qo`ysinki, biz hech kimga bosh egmaganmiz va hech qachon bosh egmaymiz. Bunda bizga milliy g`oyamiz va mafkura g`oyaviy tayanch va asos bo`ladi (2001 yil 10 oktyabr).
Zero, milliy mafkura xalqning maqsad-muddaolarini ifodalaydi, tarix sinovlaridan o`tishda uning ruhini ko`tarib, suyanch va tayanch bo`ladi, shu millat, shu jamiyat duch keladigan ko`plab hayotiy va ma`naviy muammolarga javob izlaydi. U insonga faqat moddiy boyliklar va ne`matlar uchun emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql-zakovat, iymon-e`tiqod tufayli yuksak ma`naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatadigan, bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo`lini yoritib beradi. Istiqlol mafkurasi ko`pmillatli O`zbekiston xalqining ezgu g`oya - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo`lidagi asriy orzu-intilishlari, hayotiy ideallarini o`zida aks ettiradi.
Xalqni buyuk kelajak va ulug`vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat`i nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas`uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an`analarimizga munosib bo`lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da`vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir.
Davlatimiz rahbarining ko`rsatmalari va istiqbolli g`oyalaridan kelib chiqib, hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, avvalo, o`sib-unib kelayotgan yosh avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy immunitet hosil qilish muhim va dolzarb ahamiyat kasb etgan vazifalarimizdandir. Bu ishni bamisoli niholga mevali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta bog`bondek noziklik va mehr bilan, oqilona yo`l bilan amalga oshirish lozim.

Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə