Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi,,iqtisodiyot nazariyasi


Bozorga kirib borish strategiyasi



Yüklə 86 Kb.
səhifə8/10
tarix30.07.2023
ölçüsü86 Kb.
#120104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi mavzu (1)

2.2. Bozorga kirib borish strategiyasi.
Bozorni egallash strategiyasi.
Bozor kanalini tanlashda bozorga kirish masalasini yechish uchun bozorni egallash darajasi kerakligi to‘g‘risida savol tug‘iladi, Bu savolni yechish uchun bozorni egallash 3 strategiyasiga murojaat qilamiz:
1. Sotishning intensiv strategiyasi - maksimal sonli omborlardan va savdo shaxobchalardan foydalanish. Bu strategiya har kuni talab tovarlari va kam mehnat sig‘imli xizmatlar uchun to‘g‘ri keladi. Xususiyatlari: bozorlar bo‘yicha tovarlar rentabelligi har xilligi, tovar markasi imidjini qo‘llab quvvatlash qiyin.
2. Sotishning saylov sistemasida mahsulot tayyorlovchi hamma vositachilarni jalb qila olsada, lekin hamma vositachilardan foydalanilmaydi.
3. Eksklyuziv sotish sistemasi - bu tayyorlovchining faqat bir savdogarlar orqali bozorni egallash usuli, bitta savdogar aniq territoriyada aniq mahsulotni sotish huquqini oladi.
Eksklyuziv sotishning asosiy shakli bo‘lib franshiza hisoblanadi.
Franshiza - iste’molga loyiq tovarlar va xizmatlarni sotuvchi vertikal shartnomali marketing sistemasidir.
U franshizer nomli bir firma boshqa firmaga chegarallangan territoriyasida o‘rnatilgan qoida-tartibga asosan ma’lum bir narsa asosida biznes olib borish huquqini ko‘rsatuvchi o‘zoq muddatini shartnoma munosabatlarini ifodalaydi. Sotish kanalida kommunikatsion strategiyalar.
Vositachilar hamdo‘stligi - firma marketing strtegiyasini muvofiqligini oshirishning kaliti. Unga erishish uchun firma "itarish" va "tortish" kommunikatsion strategiyalarni tanlashi mumkin.
"Itarish" strategiyasi-bu strategiyaga asosan firma o‘z assortimenti bo‘yicha kerakli zahiralarni yaratib savdo zalida bu assortiment uchun yaxshi o‘rin ajratib xaridorlarga shu firma tovarlarini sotib olishga hissiyot uyg‘otadi. Uning maqsadi vositachiga yaxshi sharoitlar taklif qilib o‘z tovarini turli yo‘l bilan unga taklif qilib, shu vositachilar bilan ham jihatlikda ishlashga erishishdir.
Bu strategiyaning maqsadi taklifnomalar asosida tovarlar yaratish va xaridorlarning o‘zi vositachilarga nisbatan shu tovarlarni sotib olish uchun savdo-sotiq xissiyotlarini uyg‘otishdir.
Bozorga kirib borish strategiyasi.
Tor ma'noda marketing dasturi (biznes reja) hujjat bo`lib, korxonaning bozorda aniq faoliyat ko`rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq ma'noda esa, korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo`naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli (bir yilgacha), o`rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (o`n yilgacha va ko`proq) bo`ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga mo`ljallangan bo`lishi mumkin. Marketing dasturlarini ishlab chiqishda maqsadli yondashish uslubiga asosan, korxonaning mo`ljallangan maqsadga erishish va uni bajarilishini nazorat qilish resurslari va tadbirlari tizimi shakllantiriladi.

3-jadval



Yüklə 86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə