Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi,,iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 86 Kb.
səhifə2/10
tarix30.07.2023
ölçüsü86 Kb.
#120104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi mavzu (1)

M U N D A R I J A :
Kirish
I bob. Raqobat kurashi va uning mohiyati.
1.1 Bozorning raqobatbardosh tuzilmasi
1.2 Bozor tuzilmalarining tahlil tamoyillari
1.3 Mukammal raqobat modeli va uning xususiyatlari
II bob. Raqobat tipologiyasi va raqobat turlari tavsifnomasi
2.1 Raqobatli strategiyalarning turli xil darajasi
2.2. Bozorga kirib borish strategiyasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati




KIRISH
O’zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligiga oqilona va samarali integratsiyalashuvi bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo’jalik bosqichma-bosqich shakllanib bormoqda, uning tarkibi, xususan, tarmoq va hududiy tuzilishi takomillashtirilmoqda. Bozor transformatsiyasi jarayonlarida milliy iqtisodiyot amal qilishi va rivojlanishida o’ziga xos tendensiya va qonuniyatlar yuzaga chiqmoqda.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo’jalik qaror topmoqda va uinng institutsional jihatlari takomillashmoqda. Transformatsiya jarayonlarida milliy iqtisodiyot barpo bo’lishi va uning jahon xo’jaligiga qo’shilishi o’ziga xos tendensiyalarni yuzaga chiqaradi va qonuniyatlar shakllanadi. O’zbekistonda ham boshqa qator davlatlar kabi resurslardan oqilona foydalanish, cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasini yuksaltirish, milliy ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish yo’nalishlarida islohotlar olib borilmoqda. Ushbu maqsadga erishishda iqtisodiyot nazariyasi predmetini chuqur o’rganish,barcha jamiyatlarga xos bo’lgan nazariyalar, umumiy qonuniyatlardan xabardor bo’lish,
nazariy yondoshuvlarning amaliy jihatlarini ilg’ab olish, bozor iqtisodiyoti rivojlanishining global va lokal masalalarini tushunish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi va ushbu fanni o’rganish zaruriyatini izohlaydi.
O'zbekistonda so'nggi davrda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning sur'atlari jadallashib, jamiyat hayotining barcha sohalarida yangilanish, zamonaviylashuv va zamon talablaridan kelib chiqib sifat o'zgarishlari yuz bermoqda. Bu oliy ta’lim tizimi. va xususan, o'quv jarayonida ham kutilmoqda. O'quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish. bu jarayonda zamonaviy xorijiy o'quv adabiyotlaridan foydalanish, oliy ta’limning yangi malaka talablaridan kelib chiqib ta'lim jarayonida ilg'or - texnologiyalarni qo'llash. taiabalarning mustaqil ta ’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish shular jumlasidandir. Mamlakatimizda mavjud moddiy, iqtisodiy, intellektual resurslardan oqilona foydalanish, cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasining pasayib ketishining oldini olish va muttasil oshirib borish, inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish va barqaror iqtisodiy o'sishnl ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar ko'rilmoqda, tegishli islohotlar olib borilmoqda.
Xususan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi’’da to'rtinchi ustuvor yo'nalish ijtimoiy sohani rivojlantirishda muhim vazifalardan biri sil'atida umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish nazarda tutilgan. O'quv adabiyotlarining tarkibi, tuzilishi va mazmunini uzluksiz takomillashtirib borish mana shu chora-tadbirlardan biridir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi sifatga ega bo'lgan mikro va makro jarayonlar yuzaga chiqmoqda. Bu eng avvalo, bozor munosabatlarining chuqurlashuvi, korxonalar uy xo'jaligi va davlatning bozor subyektlari sifatida faoliyatining takomillashuvi, shuningdek, makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning tobora barqarorlashib borishi makroiqtisodiy muvozanatga erishishning zamonaviy tamoyillariga o'tilayotganligi bilan bog'liqdir. Milliy iqtisodiyotdagi mazkur jarayonlarni chuqurroq idrok etish uchun makro va mikroiqtisodiyot fanini ilg'or, rivojlangan davlatlardagi o'quv adabiyotlaridan foydalangan holda o'qitish bugungi dolzarb vazifalardan hisoblanadi.



Yüklə 86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə