Ijtimoiy fanlar va texnika” fakulteti kafedrası


II BOP. Asosiy tashkiliy-huquqiy shakllar



Yüklə 121,15 Kb.
səhifə4/7
tarix17.12.2023
ölçüsü121,15 Kb.
#149995
1   2   3   4   5   6   7
tashkilotlar va ularni boshqarish(1)

II BOP. Asosiy tashkiliy-huquqiy shakllar
2.1. Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar.
Hozirgi sharoitlarda tashkilot (xorij amaliyotida firma) bozordagi raqobot munosabatlarining asosiy harakat qiluvchi shaxsi bo‘ladi. Tijorat, ya’ni foyda olish uchun harakat qiluvchi tashkilotlar (korxonalar)ning tarixi tomirlari bilan an’anaviy jamiyatga borib taqaladi. Ularning u yoki bu shakllari amalda uzoq o‘tmishning barcha buyuk siviliziasiyalarida qayd etilganlar. Ko‘proq savdogarchilik va (bir oz kamroq darajada) hunarmandchilik korxonalari keng tarqalganlar. Ulardan ba’zi birlari katta yutuqlarga erishganlar va nisbatan murakkab tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lganlar. Masalan, antik zamonning yirikroq ustaxonalari- ergasteriyalarda nazoratchilarning ko‘p bosqichli iyerarxiyasi nazorati ostida 300 gacha qullar ishlaganlar, mahsulot esa har xil shaharlardagi ba’zi bir xuddi shunday doimiy sotish tarmog‘i orqali sotilgan.
Zamonaviy firmalarda kapitalistik davrgacha bo‘lgan tijorat korxonalari, qoidaga ko‘ra, quyidagalar bilan farqlanadilar:
majburiy mehnatdan foydalanish;
faoliyatning an’anaviy xarakteri (o‘n yillar damomida o‘zgarmaydigan texnologiya, bir xildagi mahsulot, bir marta va butunlay qabul qilingan tuzilma);
iqtisotdyotagi o‘sha vaqtda ustivor bo‘lgan xo‘jalik yuritishning novator, o‘zini o‘zi ta’minlovchi ( yoki notural) turiga nisbatan ikkinchi darajali roli. Birinchi kapitalistik firmalar kichik, yakka shaxsli egalik yoki o‘rtoqlik kabi tashkil qilinganlar (firmalarning keyingi turi sheriklik yoki paylardagi jamiyat deb ham ataladi). Egasi (yoki egalari) firma faoliyati uchun zarur bo‘lgan barcha sarmoyani kiritgan va kompaniyani shaxsan boshqargan. Egasi (yoki egalarning tor guruhi)ni firmaning muvaffiqiyatidan manfaatdorligi va amalda rasmiyatchilik va byurokratizmni yo‘qligida (barcha narsani xo‘jayinning o‘zi hal qiladi) yakka shaxsli kompaniyalar va o‘rtoqliklar kichik firmani tashkilotlarning ideal turi qilganlar. Hozirgi vaqtga qadar rivojlangan kapitalistik mamlakatlar firmalarining umumiy sonidan 4.3 qismiga yaqini xuddi shu asosda harakat qiladilar.
Jahon amaliyotida firmalarni quyidagi alomatlar bo‘yicha tasniflash qabul qilingan:
xo‘jalik faoliyatining turi va xarakteri (sanoat, transport, sug‘urta, savdo, injiniring,sayyohlik va boshqalar);
huquqiy holati (yakka shaxsli tashkilot va tadbirkorlar birlashmasi); mulkchilikning xarakteri (xususiy, davlat, yarim davlat va kooperativ);
faoliyat sohasi;
Firmalarni har xil alomatlar bilan tasniflash aniq firmani o‘rganish natijasida tashkiliyhuquqiy shakli, uning iste’mol bozoridagi holati, firma ichidagi munosabatlar, faoliyatning xarakteri va ko‘lamlari haqida to‘liq tassavvur olish imkoniyatini beradi. O‘zbekiston Respublikasidagi tashkilotlarni barqaror va samarali faoliyat yuritishlari uchun hammadan avval ularni boshqarish tizimining huquqiy ta’minlanishi yaratilgan. Gap shundaki, har bir tashkilot yuqoriroq darajadagi tizim- mintaqa, soha, mamlakat, qo‘shma tashkilot esa- jahon hamjamiyatning tuzilmasi bo‘ladi. Tashkilotlar aniq tashkiliy–huquqiy sherikliklarining ba’zi bir xususiyatlari, ularni tashkil qilinishi va faoliyat yuritishi quydagilardan iboratdir. To‘liq o‘rtoqlik - o‘rtoqlik ishtirokchilari(to‘liq o‘rtoqlar) ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq o‘rtoqlik nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadilar va uning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli bo‘lgan mulk bilan javob beradilar.
Ma’suliyati cheklangan jamiyat – bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta’sis etilgan jamiyat, uning nizom sarmoyasi ta’sis hujjatlari tomonidan ma’lum ulushlarda taqsimlangan. Ma’suliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar va o‘zlari tomonidan kiritilgan kiritmalari qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar ko‘rish xatariga ega bo‘ladilar. Jamiyatning to‘liq bo‘lmagan kiritmalarini kiritgan ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha ishtirokchilardan har biri ulushining to‘lanmagan qismi qiymati doirasida birgalikdagi javobgarlikka egalar. Ma’suliyati cheklangan jamiyatning firma nomi jamiyatning nomi va “ma’suliyati cheklangan” so‘ziga ega bo‘lishi kerak. Jamiyatning yuqori idorasi uning ishtirokchilarining umumiy majlisidan iboratdir. Jamiyatda uning faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiruvchi va umumiy majlisga hisobot beruvchi ijroiya idorasi tashkil qilinadi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy majlisining mutloq huquq doiralariga quyidagilar kiradi:
uning nizomi va nizom sarmoyasi miqdorini o‘zgartirish;
jamiyatning ijroiya idoralarini tashkil qilish va ularning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish;
jamiyatning yillik hisobotlari va buxgalteriya balanslarini tasdiqlash va uning foydalari va zararlarini taqsimlash;
jamiyatni qaytadan tashkil qilish yoki tugatish haqida qaror qabul qilish;
jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchi ) ni saylash.
Ma’suliyati cheklangan jamiyat haqidagi qonun tomonidan umumiy majlisning mutloq huquq doirasiga “boshqa masalalarni hal qilish ham kiritilishi mumkin”. Jamiyat ishtirokchilar umumiy majlisning mutloq huquq doirasiga kiritilgan masalalar ular tomonidan jamiyat ijroiya idorasiga hal qilish uchun topshirilishi mumkin emas.
Aksiyadorlik (hissadorlik) jamiyati - nizom sarmoyasi aksiyalarning ma’lum soniga taqsimlangan jamiyat. Aksiyadorlik jamiyati ishtirokchilari (aksiyadorlar) uning majburiyati bo‘yicha javob bermaydilar va o‘zlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog‘lik zarar ko‘rish xatariga egalar. Aksiyalarga to‘liq haq to‘lamagan aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli bo‘lgan aksiyalarning haq to‘lanmagan qismi doirasidagi birgalikdagi javobgarlikka egalar. Jamiyatning firma nomi uning nizomi va jamiyat aksiyadorlik ekanligining ko‘rsatilishiga ega bo‘lishi kerak.
Ishtirokchilari o‘zlariga tegishli bo‘lgan aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz tortib olishlari mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik
jamiyati deb ataladi. Bunday jamiyat o‘zi tomonidan chiqarilgan aksiyalarga ochiq obunani o‘tkazishi va ularni qonun va boshqa huquqiy hujjatlar tomonidan belgilangan shartlarda erkin sotishi mumkin. Aqsiyadorlik jamiyati boshqaruvning yuqori idorasi uning aksiyador- larining umumiy majlisidan iboratdir.
Aksiyadorlar umumiy majlisining favqulotida huquq doiralariga quydagilar kiradilar:
jamiyat nizomini o‘zgartirish , shu jumladan uning nizom sarmoyasini o‘zgartirish ;
aksiyadorlarning ellikdan ortiqroq soniga ega jamiyatda direk-torlar kengashi (kuzatuv kengashi) a’zolarini va jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchi)ni saylash va ularning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish;
jamiyat ijroiya idoralarini tashkil qilish va , agar jamiyat nizomi tomonidan bu masalalarni yechish direktorlar kengashi ( kuzatuv kengashi) ning huquq doirasiga kiritilmagan bo‘lsa, ularning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish;
jamiyatning yillik hisobotlari, buxgalteriya balanslari, foydalar va zararlar hisobotini tasdiqlash, uning foydalari va zararlarini taqsimlash;
jamiyatni qaytadan tashkil qilish yoki tugatish haqida qaror qabul qilish. Aksiyadorlik jamiyatlar haqidagi qonun tomonidan aksiyadorlar umumiy majlisning favqulotida huquq doirasiga yana boshqa masalalarni hal qilish ham kiradi. Qonun tomonidan aksiyadorlar umumiy majlisning favqulotlarda huquq doirasiga tegishli bo‘lgan masalalar jamiyat ijroiya idoralariga hal qilish uchun topshirilishi mumkin emas . Shoʻba va bog‘liq jamiyatlar.
Xo‘jalik jamiyati, agar boshqa(asosiy) xo‘jalik jamiyati yoki o‘rtoqlik uning nizom sarmoyasidagi ustivor ishtiroki sababli yoki ular orasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yoki boshqa tartibda bunday jamiyat tomonidan qabul qilinadigan qarorni belgilab berish imkoniyatiga ega bo‘lsa, shoʻba jamiyat deb tan olinadi. Shoʻba jamiyat asosiy jamiyat (o‘rtoqlik)ning qarzlari bo‘yicha javob bermaydi. Shoʻba jamiyatiga uning uchun majburiy bo‘lgan qo‘rsatmani, shu
jumladan uning bilan shartnoma bo‘yicha ko‘rsatma berish huquqiga ega asosiy jamiyat (o‘rtoqlik) keyingi tomonidan bu ko‘rsatmani ijro etish uchun tuzilgan bitimlar bo‘yicha shoʻba jamiyat bilan birgalikda javob beradi. Shoʻba
jamiyatining ishtirokchilari(aksiyadorlari), agarda xo‘jalik jamiyatlari haqidagi qonunda boshqa narsa qo‘zda tutilmagan bo‘lsa, asosiy jamiyat (o‘rtoqlik)dan uning aybi bilan shoʻba jamiyatga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqiga egalar. Ishlab chiqarish kooperativi (arteli) - fuqarolarning o‘zlarning shaxsiy mahnatlari va boshqa ishtiroklariga asoslangan birgalikdagi ishlab chiqarish va boshqa xo‘jalik faoliyati (sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, sotish, ishlarini bajarish, savdo, maishiy xizmatlar va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish) uchun a’zolik va uning a’zolari(ishtirokchilari)ning mulkiy payli badallarini birlash- tirish asosidagi ixtiyoriy birlashmasidir. Qonun va ishlab chiqarish kooperativining ta’sis hujjatlari tomonidan uning faoliyatida yuridik shaxslarni ham ishtiroq etishi ko‘zda tutilishi mumkin.
Ishlab chiqarish kooperativi tijorat tashkiloti bo‘ladi. Kooperativning firma nomi uning nomi va “ishlab chiqarish kooperativi” yoki “arteli” so‘ziga ega bo‘lishi kerak. Kooperativning ta’sis hujjati uning a’zolari umumiy majlisi tomonidan tasdiqlangan nizomidan iborat bo‘ladi. Kooperativ a’zolarining soni beshtadan kam bo‘lmasligi kerak. Kooperativ boshqaruvining yuqori idorasi uning a’zolarining umumiy majlisidan iborat bo‘ladi. Ellik nafardan ortiq a’zosiga ega kooperativda ikuzatuv kengashi tashkil qilinishi mumkin, u kooperativ ijroiya idoralari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. Boshqaruv va(yoki) uning raisi kooperativning ijroiya idoralari bo‘ladilar. Ular kooperativ faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradilar va kuzatuv kengashi va kooperativ a’zolarining umumiy majlisiga hisobot beradilar.
Faqat kooperativ a’zolari kooperativning kuzatuv kengashi va boshqaruvining a’zolari, hamda kooperativ raisi bo‘lishlari mumkin. Kooperativ a’zosi bir vaqtda kuzatuv kengashi a’zosi va boshqaruv a’zosi yoki kooperativ raisi bo‘lishi mumkin emas. Kooperativ boshqaruv idoralarining huquq doirasi va ular tomonidan qarorlarni qabul qilish tartibi qonun va kooperativning nizomi tomonidan belgilab beriladi.
Kooperativ a’zolari umumiy majlisining mutloq huquq doirasiga qo‘yidagilar kiradi:
nizomni o‘zgartirish;
kuzatuv kengashini tashkil qilish va uning a’zolari vakolatlarini tugatish, hamda agar bu huquq nizom bo‘yicha uning kuzatuv kengashiga topshirilmagan bo‘lsa, kooperativ ijroiya idoralarini tashkil qilish va vakolatini tugatish;
kooperativ a’zoligiga qabul qilish va undan chiqarish;
kooperativning yillik hisobotlari va buxgalteriya balanslarini tasdiqlash va uning foyda va zararlarini taqsimlash;
kooperativni qayta tashkil qilish va tugatish haqidagi qarorni qabul qilish. Ishlab chiqarish kooperativlari haqidagi qonun va kooperativ nizomi tomonidan umumiy majlisning mutloq huquq doirasiga yana boshqa masalalarni hal qilish ham kiritilishi mumkin. Kooperativning umumiy majlisi va kuzatuv kengashining mutloq huquq doirasiga kiritilgan masalalar ular tomonidan kooperativning ijroiya idoralariga hal qilish uchun topshirilishi mumkin emas. Kooperativ a’zosi umumiy majlis tomonidan qarorlar qabul qilishda bitta ovozga ega bo‘ladi.
Davlat unitar korxonalari. Unitar korxona deb davlat mulki bo‘lgan va korxonaga xo‘jalik faoliyatini olib borish yoki operativ boshqarish huquqlarida tegishli bo‘lgan, o‘ziga biriktirilgan mulkka mulkchilik huquqiga ega bo‘lmagan tijorat tashkiloti tan olinadi. Unitar korxonaning firma nomi uning mulk egasini ko‘rsatilishiga ega bo‘lishi kerak. Unitar korxonaning idorasi uning rahbari bo‘ladi, u mulk egasi yoki unga vakolat berilgan idora tomonidan tayinlanadi va unga hisobot beradi. Unitar korxona o‘zining majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan barcha mulki bilan javob beradi va o‘zining mulk egasining majburiyatlari bo‘yicha javobgarlikka ega bo‘lmaydi. Xo‘jalik faoliyatini olib borish huquqiga asoslangan unitar korxona buning uchun vakolat berilgan davlat idorasi yoki mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idorasining qarori bo‘yicha tashkil qilinadi.
Korxonaning ta’sis hujjati uning mulk egasi tomonidan tasdiqlangan nizomdan iboratdir. Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan unitar korxona (davlatga qarashli korxona) davlat unitar korxonalari haqidagi qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi huqumatining qarori bo‘yicha tashkil qilinadi. Davlatga qarashli korxonaning ta’sis hujjati uning O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan nizomdan iborat bo‘ladi. Notijorat tashkilotlar- bu o‘z
faoliyatining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni ko‘zlamaydigan yuridik shaxslardir. Bu tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini faqat shuning uchun amalga oshirishlari mumkinki, chunki u ularni tashkil qilish maqsadlariga erishishga xizmat qiladi va ushbu maqsadlarga mos keladi.Notijorat tashkilotlarga quyidagilar kiradi:
- matlubot kooperativi; - ijtimoiy va diniy tashkilotlar (birlashmalar);
- jamg‘armalar (fondlar);
- muassasalar;
- yuridik shaxslar birlashmalari (assosiasiyalar va ittifoqlar).

Yüklə 121,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə