Ijtimoiy fanlar va texnika” fakulteti kafedrası



Yüklə 121,15 Kb.
səhifə5/7
tarix17.12.2023
ölçüsü121,15 Kb.
#149995
1   2   3   4   5   6   7
tashkilotlar va ularni boshqarish(1)

Matlubot kooperativi - fuqarolar va yuridik shaxslarning a’zolik asosda ishtirokchilarning mulkiy va boshqa ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida, o‘z a’zolarining mulkiy payli badallarini birlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladigan ixtiyoriy birlashuvidir.
Matlubot kooperativining nomi uning faoliyatining asosiy maqsadini ko‘rsatilishi, hamda yoki “kooperativ” so‘zi yoki “matlubot ittifoqi” yoxud “matlubot jamiyati” so‘zlariga ega bo‘lishi kerak. Matlubot kooperativining o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlari qonun va nizomga muvofik uning a’zolari o‘rtasida taqsimlanadi. Ijtimoiy va diniy tashkilotlar (birlashmalar) fuqarolarning ma’naviy va boshqa nomoddiy extiyojlarini qanoatlantirish uchun ularning manfaatlarning umumiyligi asosidagi ixtiyoriy birlashishidir. Ijtimoiy va diniy tashkilotlar notijorat tashkilotlar bo‘ladilar. Ular faqat o‘zlarini tashkil qilinganliklari maqsadlariga erishishi va ushbu maqsadlarga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga egalar. Jamg‘arma(fond) - a’zolikka ega bo‘lmagan notijorat tashkiloti, u fuqoralar va(yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar asosida ta’sis etiladi va ijtimoiy, hayriya, madaniy, ta’lim yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlaydi.
Jamg‘armaga uning ta’sischilari(ta’sischisi) tomonidan topshirilgan mulk jamg‘armaning mulki bo‘ladi. Ta’sischilar o‘zlari tomonidan tashkil etilgan jamg‘armaning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar, jamg‘arma esa o‘z ta’sischilarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Muassasa –mulk egasi tomonidan boshqaruv, ijtimoiy–madaniy yoki boshqa notijorat xarakteridagi vazifalarni amalga oshirish uchun tashkil qilingan va u tomonidan to‘liq yoki qisman moliyalashtiriladigan tashkilotdir. Davlatga qarashli boshqa muasasalar ayrim turlarining huquqiy holati xususiyatlari qonun va boshqa huquqiy hujjatlar tomonidan belgilab beriladi. Yuridik shaxslar birlashmalari (assosiyasiyalar, uyushmalar). Tijorat tashkilotlari o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, hamda umumiy mulkiy manfaatlarini taqdim etish va himoyalash maqsadida o‘zaro shartnoma bo‘yicha notijorat tashkilotlari bo‘lgan assosiyasiyalar yoki uyushmalar ko‘rinishidagi birlashmalarni tashkil qilishlari mumkin. Bunda qandaydir vazifalarni birgalikda bajarishdagi tashkilotlarni muvofiqlashuvi va muvofiq o‘zaro harakati va tashkilotlar faoliyatini taqsimlanishi ta’minlanishi kerak. Ijtimoiy va boshqa tijorat tashkilotlar, shu jumladan muassasalar, ixtiyoriy ravishda bu tashkilotlarning notijorat assosiasiyalari (uyushmalari)ga birlashishlari mumkin. Assosiasiya (uyushma) a’zolari o‘zlarining mustaqilliklari va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar Assosiasiya a’zolari uning majburiyatlari bo‘yicha assosiyasiyaning ta’sis hujjatlarida ko‘zga tutilgan miqdor va tartibda subsidiyali javobgarlikka egalar. Jahon va mamlakatimiz iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning ta’siri ostida tashkilotlarni integrasiyalashuvining yangi shakllari paydo bo‘ladilar, ular tashkilotlarning raqobatbardoshligini oshiradilar va ularni inqirozli holatdan chiqishiga ko‘maklashadilar. Bunday tashkilotlar birlashmalar maqsadlari, ishtirokchilar o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlarining xarakteri, ularga kiruvchi tashkilotlarning mustaqiligi darajasiga ko‘ra farqlanadilar. Ularga kartellar, sindikatlar, pullar, trestlar, konsernlar, kontsorsiumlar, sanoat xoldinglari, moliyaviy guruhlar kiradilar.
Kartel - bu, qoidaga ko‘ra, bitta soha firmalarini birlashishi , ular ko‘proq birgalikdagi tijorat faoliyati- sotishni tartibga solishga tegishli bo‘lgan bitimga kiradilar. Amalda kartel odatda tovarlarning navlari, ularni ishlab chiqarish hajmlarini belgilagan holda, bu faoliyat doirasidan tashqariga chiqadi. Kartel uchun ishtirokchilarning o‘z tashkilotlaridagi mulkchilik huquqlarini saqlanib qolishi va shuning bilan ta’minlanadigan xo‘jalik va yuridik mustaqillik, mahsulotlarni sotish bo‘yicha birgalikdagi faoliyat xosdir, keyingisi ularning ishlab chiqarishlariga ham cheklangan darajada tarqalishi mumkin.
Kartelning ichidagi raqobatni cheklanishi yirik ishtirokchilarga kichik firmalarga o‘z shartlarini o‘tkazishga va shuning bilan bir vaqtda keyingilarni tashqaridan bo‘ladigan raqobatdan himoyalashga imkon beradi. Ammo kartelda o‘rnatilgan muvozanat, qoidaga ko‘ra, uzoq muddatli va mustahkam bo‘lmaydi. Raqobatning ta’siri ostida kartellar biroz vaqtdan keyin yangitdan, ko‘pincha kengroq xalqaro asosda vujudga kelish uchun tarqalib ketadilar.
Kartel bitimining mazmuniga ko‘ra kartellar qo‘yidagilarga bo‘linadilar:
- kondision, tovarlarni sotish sifatlarini belgilab beruvchilar;
- ishlab chiqaruvchi, har bir ishtirokchi uchun ishlab chiqarishning hajmi (kvotasi )ni belgilovchilar;
- mintaqaviy, sotish xududlarini belgilovchilar;
- narxli, ishtirokchilar uchun tovarni sotish narxini belgilovchilar;
- patentli, qandaydir texnik kashfiyotdan birgalikda foydalanish yo‘nalishlari yoki foydalanmaslikni belgilab beruvchilar;
- foydani taqsimlash bo‘yicha kartellar.
Sindikat - bu kartel bitimining turli-tumanligi bo‘lib, tadbirkorlar- ning byurtmalarni kelishilgan holda taqsimlash, xom ashyoni xarid qilish yoki ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotni yoki uni bir qismini (yagona sotish tarmog‘i yoki ishtirokchilardan bittasi orqali) sotish maqsadida tashkil qilingan birlashmasidir. Sindikat ishtirok- chilari o‘zlarining yuridik va ishlab chiqarish mustaqilliklarini, ba’zida esa sindikatning sotish idorasi yoki jamiyat bilan bog‘lik shaxsiy sotish tarmoqlarini ham saqlab qoladilar .Bunda tijorat mustaqilligi qisman yo‘qoladi. Sindikat, qoidaga ko‘ra, ommaviy talab tovarlari, xususan ko‘mir, po‘lat, neft, spirt, shakar, paxta kalavasi va h.k ni sotish bilan shug‘ullanadi.
Sindiqat raqobot, hamda bozorni xududiy taqsimlanishini vaqtinchalik yumshatish yoki bartaraf qilish vositasi bo‘ladi. Sindikat bitimining asosiy bandlari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish hajmi, narxlarni belgilash, mahsulotning sifati va navlari. Trest - bu birlashmada har xil korxonalar, o‘zlarining yuridik va xo‘jalik mustaqilliklarini yo‘kotgan holda, yagona ishlab chiqarish majmuasiga birlashadilar. Trestda korxonalar xo‘jalik faoliyatining barcha tomonlari birlashtiriladi. Trest ishlab chikarish faoliyatining nisbatan bir turdaligi bilan ajralib turadi. Bu shakl kombinasiyalashgan ishlab chiqarish, masalan, xom ashyoni izchil ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun qulaydir. Trestga kiruvchi barcha korxonalar yagona operativ boshqaruvni amalga oshiruvchi bitta bosh kompaniyaga bo‘ysunadilar.
Konsern - bu mustaqil korxonalarning (odatda ishlab chiqarish xarakteridagi) birlashmasi, ular ishtirok etish, shaxsiy ittifoqlar, bitimlar, moliyalashtirish, ishlab chiqarishdagi yaqindan hamkorlik tizimi vasitasida bog‘lanadilar. Birlashgan korxonalar aksiyadorlik jamiyati yoki o‘rtoklik shaklidagi yuridik shaxs bo‘lib qoladi. Konsern o‘ziga kiruvchi kompaniyalar faoliyatini to‘liq nazorat qiladi.
Konsorsium - bu bir necha banklar yoki sanoat tashkilotlari o‘rtasidagi qarzlarni birgalikda joylashtirish, yirik moliyaviy yoki tijorat operasiyalari, investision loyihalarni amalga oshirish uchun vaqtincha bitimdir. Sanoat xoldinglari ishlab chikarish faoliyati bilan shug‘ullanmaydilar. Ular o‘zlariga kiruvchi korxonalar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradilar. Xoldingga kiruvi kompaniyalar yuridik va xo‘jalik mastaqilligini saqlab qoladilar va o‘z nomlaridan tijorat bitimlarini tuzadilar.
Moliya-sanoat guruhlari (MSG) o‘z tarkibiga sanoat korxonalari, tadqiqot tashkilotlari, savdo firmalari, banklar, investision fondlar va sug‘urta kompaniyalarini birlashtiradilar. Guruhning boshida bir yoki bir necha banklar turadi, ular unga kiruvchi kompaniyalarning pul sarmoyalarini boshqaradilar, hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtiradilar. Boshqa birlashmalarga nisbatan moliya-sanoat guruhi tashkiliy rasmiyatchilikni kamaytirishi bilan farqlanadi. Unga kiruvchi har bir firma savdo bitimlarida mustaqil qatnashadi. Ammo bosh kompaniya, aslida , muhimroq qarorlar qabul qilishda markaz bo‘ladi.
Bunday integrasiyalashishning asosiy maqsadlari quyidagilar:
investision resurslarni iqtisodiyotni rivojlanishining ustivor yo‘nalishlarida jamlash; ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirish;
mamlakat korxonalari mahsulotlarining eksport salohiyati va raqobotbardishligini oshirish;
mamlakat sanoatida ilg‘or tarkibiy o‘zgarishlarini amalga oshirish;
bozor iqtisodiyoti, raqobatli iqtisodiy muhit sharoitlarida rasional texnoligik va kooperasion aloqalarni shakllantirish. Tadbirkorlar uyushmalari har xil o‘lchamlar va mulkchilik shakl- laridagi kompaniyalarni birlashtiruvchi ixtiyoriy kooperasion bitimlar asosida tashkil qilinadilar. Bu yetarlicha egiluvchan
tuzilma bo‘lib, unga kiruvchi tashkilotlarga o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish, yangi sheriklarni jalb qilish, hatto bir birlari bilan raqobat qilish imkoniyatini beradi.
Virtual korporasiya- eng yangi tashkiliy shakllardan biri bo‘lib, vaqtinchalik asosida tashkil qilinadigan, zamonaviy axborot tizimlari tomonidan resurslardan o‘zaro foydalanish, xarajatlarni kamaytirish va bozor imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida birlashtirilgan mustaqil kompaniyalar(etkazib beruvchilar, buyurtmachilar va hattoki sobiq raqiblar)ning tarmog‘idan iborat bo‘ladi.
Virtual korporasiyaning texnologik poydevorini axborot tarmoqlari tashkil qiladilar, ular “elektron” aloqalarda birlashish va epchil shakllikni amalga oshirishga yordam beradi. Xo‘jalik tashkilotlari bo‘lmagan yuridik shaxslar xo‘jalik faoliyati bilan faqat o‘zlarining nizom vazifalarini bajarilishini ta’minlash uchungina shug‘ulanishlari mumkin. Ular xo‘jalik ijtimoiy tashkilotlari, notijorat tashkilotlar, matlubot kooperativlari, hayriya yoki qonunchilikda ko‘zga tutilgan boshqa jamg‘armalar shaklida mavjud bo‘ladilar. Bunday yuridik shaxs bo‘lgan institusional birliklarga hammadan avval korporasiyalar va kvazikorporasiyalar kiradilar.
Korporasiyalarning asosiy alomatlari quyidagilar:
- qonunga muvofiq boshqa institusional birliklardan mustaqil bo‘lgan korxonalar yoki tashkilotlar sifatida tashkil qilinadilar;
- mustaqil yuridik shaxs bo‘ladi, u korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri (YADR) da ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
- faoliyatining maqsadi daromadlar olishdan iborat;
- aksiyalar egalarining jamoaviy mulkida bo‘ladi;
- xo‘jalik faoliyat nitijasida olingan foyda (daromad) aksiyadorlarga tegishli bo‘ladi va ular tomonidan xarid qilingan qog‘ozlar qiymatiga mutonosib ravishda taqsimlanadi;
- tugatilish holida aksiyadorlar mulkning qarzlar to‘lagandan keyin qolgan ulushini olish huquqiga egalar;
- rahbarlik Direktorlar kengashi tomonidan amalga oshiriladi;
- aksiyalarni muommalaga chiqarishi mumkin;
- oraliq emas, balki yakuniy iste’molchi sifatida bo‘ladi;
- shartnomalar va majburiyatlarni bajarish, shu jumladan soliqlarni to‘lash uchun qonun oldida javobgarlikka ega bo‘ladi;
- korporasiya tomonidan xalq iste’moli tovarlarini xarid qilinishi natura shaklidagi ish haqi sifatida bo‘ladi. Korporasiyalar oilasi (aksiyalarga birgalikda egalik qilish) konglomerat korporasiyalar tashkil qiladi. Ular bitta emas, balki ko‘pgina institusional birliklardan iborat bo‘ladilar.
Konglomerat-korporasiyalar tarkibida aksiyadorlarning nazorat paketlariga egalik qiluvchi yoki bosh siyosatga ta’sir qilishning mutloq huquqlariga ega ona korporasiyalar ajralib turadilar. Notijorat muassasalar, (NTM)- bu iqtisodiy faoliyatning foyda olish maqsadini ko‘zlamasdan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun tashkil qilinadigan sub’ektlaridir.
NTM faoliyatining asosiy maqsadlari quyidagilar: - korporativ korxonalar, davlat boshqaruvi idoralari (DBI), xususiy shaxslarga jamoaviy xizmat ko‘rsatish; - aholining ma’lum qatlamlarini ijtimoiy himoyalash. NTM har xil institusional birliklar(korporativ korxonalar, DBI, tomonidan tashkil qilinishi mumkin. NTM huquqiy statusi nizom tomonidan belgilanadi, ular mustaqil tashkilotlar bo‘ladilar. NTM ham bozor va nobozor ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanishlari mumkin:
a) bozor NTM –o‘z xarajatlarini to‘liq yoki qisman qoplaydilar.
Ular bozor xizmatlarini ishlab chiqaradilar. bunday NTM ga quyidagilar kiradilar:
- pulli universitetlar, kollejlar, kasalxonalar;
- korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar (savdo palatalari, ilmiy-ta’qiqot muassasalari, reklama byurosi, tadbirkorlar assosiasiyalari va boshqalar)
b) nobozor NTM – moliyalashtirishning boshqa manbalariga mo‘ljalan-tirilganlar (badallar, hayriyalar, byudjetdan moliyalashtirish).
Bunday NTM ga quyidagilar kiradi: - istemolchilar assosiasiyalari, uyushmalar, siyosiy partiyalar, rasio- nalizatorlik va kashfiyotchilik jamiyatlari, ilmiy va diniy jamiyatlarning shaxsiy a’zolariga xizmat kursatuvchi NTM. Resurslari badallar hisobidan shakllantiriladi ;
- hayriya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi NTM. Ularning resurslari badallar, hayriya mablag‘lari, hukumatning yordam pullari hisobiga shakllantiriladi;
- hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan va nazorat qilinadigan NTM - bu muassasalar atrof-muhitini muhofaza qilish, buxgalteriya hisobi va statistika, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida standartlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar. Ular davlat boshqaruvi idoralariga kiradilar.
Tashkilotlarning yangi turlari. Keyingi yillarda tashkilotlarni faoliyat yuritishi va rivojlanishida yangi jahon tendensiyalari kuzatilmoqda. Ularda eng muhimi- bu iyerarxiyaning ahamiyatini tubdan pasayishi, qat’iy (vertikal) tuzilmalardan foydalanuvchi tashkilotlardan kattaroq avtonomligi bilan ta’riflanuvchi yumshoqroq, o‘zini o‘zi tashkil qiluvchi tashkilotlarga o‘tishdir.
O‘zini o‘zi tashkil qilishning xududiy, gorizontal tizimi, o‘zini o‘zi rivojlantirish va o‘zini o‘zi boshqarish va, shunga ko‘ra gorizontal bo‘yicha menejmentning ustivorligi mavjuddir.
O‘zbekistonda bozor munosabatlarini rivojlanishi va o‘zini o‘zi tashkil qilishning tubdan yangi sharoitlari yumshoq tizimlarnng o‘zini o‘zi rivojlantirishi jarayonlarini ba’zi bir jadallashuvini va o‘tgan yillarda vujudga kelgan qat’iy(iyerarxik) va egiluvchan(dasturiy–maqsadiy) tuzilmalar va tashkilotlarni “yumshatilishini” “ko‘zg‘atdi”, shunday bo‘lsa ham gorizontal tuzilmalar va tashkilotlar amaliyotida hali g‘oyatda kamroq qo‘llaniladilar, buni ularning o‘zini o‘zi tashkil qiluvchi(yuqoridan tartibga solinmaydigan) boshlanishi bilan izohlash mumkin. Kelajakda, balki, ular O‘zbekiston iqtisodiyotida ham ustivor bo‘lsalar kerak. Keyingi yillarda tashkilotlarning o‘zini o‘zi tashkil qiluvchi tizimlar sifatidagi chegaralarining shaffofligi oshmoqda, bu aslida chegaralarini amalda aniqlash mumkin bo‘lmagan chegarasiz tizimlarni tashkil qiladi.
Bu tizimlarning xronik nomutanosibligini yaratadi, chunki resurslar tizimining ichiga va tashqarisiga oqadilar va shuning bilan tizimning tebrangichini muvozanatdan chiqaradilar. Shuning bilan bir vaqtda zamonaviy tashkilotlarning shaffofligi, ochiqligi quyidagilarga yordam beradi:
- salohiyatli investorlar va ishga doir sheriklarni birgalikdagi faoliyatga jalb qilish;
- zamonaviy ilg‘or ishlab chiqarish, tijorat va axborot texnolo- giyalarini tarqalishi va tezroq o‘zlashtirilishi, ilmiy tadqiqotlarning ma’lumotlari va ilg‘or tajribadan foydalanish;
- tashkilot xodimlarining kasbiy mahoratini oshishi;
- tashkilotlar tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yilishi;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishi;
- bozor munosabatlari ishtirokchilari va aholini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va xizmatlar haqida xabardor qilinishi. Bu pirovorida tashkilotlarning raqobatbardashligini oshirilishiga, ular faoliyatining samaradorligini ko‘tarilishiga yordam beradi.
Keyingi o‘n yillar yana jamiyatni axborotlashganligini oshganligi bilan ham ta’riflanadilar. Bu tashkilotlarni yakkalanib qolishini buzib yubordi, ulardan bu sifatni(mexanik, korporativ) ta’minlovchi tuzilmalaridan foydalanadiganlarini kamroq samaraliroq qilib qo‘ydi. Shuning bilan bir vaqtda axboratlashtirish tashqi muhit o‘zgarishlarini hushyorlik bilan his qiluvchi, iste’molchilar so‘rovlariga jadallik bilan javob qaytaruvchi tashkilotlarni tashkil bo‘lishiga ko‘maklashdi.
Ishlab chiqaruvchini iste’molchi bilan ancha yaqinlashuvi buning muhim oqibatlaridan biri bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatda, ishlab chiqaruvchini iste’molchi talablaridagi o‘zgarishlarga jadallik bilan javob qaytarishga majbur qildi, ko‘proq darajada tashkilot tuzilmasini belgilab bera boshladi. Vujudga kelayotgan sharoitlardagi raqobat kurashida o‘z tashkilotini axborotli jamiyat tomonidan shakllantirilayotgan, tashqi muhitning yangi talablariga yaxshiroq moslashtira olaganlargina g‘alaba qozonishi mumkin.
Ko‘rsatib o‘tilgan jarayonlar keyingi vaqtlarda shakllanayotgan tashkilotlarning yangi turlarida aniq nomoyon bo‘lishlari mumkin, ularga edxokratik, ko‘po‘lchamli, partisipativ, tadbirkorlik tashkilotlari va bozorga qaratilgan tashkilotni kiritish mumkin. Edxokratik (ing. adhocracy so‘zidan), tashkilotlar nostandart va murakkab ishlarga, qiyin belgilanadigan va tez o‘zgaruvchan tuzilmalarga nisbatan qo‘llanilishlik bilan ta’riflanadilar. Bu tashkilotlarga maqsadlarga erishish vositalari ijrochilar tomonidan tanlaniladi. Har biri bevosita o‘zining harakati uchun javob beradi. Bunda yakka shaxs tashqaridan kuchli bosimni boshidan kechiradi, u umumiylik hisini yaratuvchi ish tomonidan bir oz kuchsizlantiriladi. Bunday tashkilotlarda rasmiyatchilik judayam kamaytiriladi, bu narsa iyerarxiyaga, ish sharoitlari va inshoatlarga, imtiyozlar, kiyimlar va h.k. ga tegishlidir. Tashkilotga xodimlar harakatidagi erkinlikning yuqori darajasi xosdir, uning cho‘qqisi sifatli bajarish va muammoni hal qilishni bilishdir.
Quyidagilar tashkilotning asosiy elementlaridir:
- xodimlar o‘zlarining ishlarida yuqori malakali ekspertlar bo‘ladilar, murakkab operasiyalarni bajaradilar, bir birlari bilan yuqori samarali tartibda aloqa qilishni biladilar;
- qarorlar qabul qilish huquqiy va hukmron iyerarxiyadagi o‘ringa emas, balki ekspertli bilimlar va omilkorlikka asoslangan bo‘ladi, moliyaviy nazorat yuqoridan amalga oshiriladi;
- mukofotlash tizimi ekspertli bilimlar, xodimning ulushi, uning omilkorligi va umumiy ishda ishtirok etish darajasida quriladi. Bu tashkilotning tuzilishi uzviy asosga ega va aniq belgilanmagan, unda norasmiy va gorizontal aloqalar ustivorlik qiladilar. Tuzilmaning qismlari kichik o‘lchamlarda saqlanib qoladilar va doimo o‘zgarib turadilar, ko‘pgina menejerlarda qandaydir bir ishga qat’iy bog‘lanish yo‘q. Bunday tuzilma odatda konsentrik shakldagi chizma taassurotini qoldiradi, unda sanash nuqtasi bo‘lib, undan tuzilma radial (radusli) yo‘nalishlar bo‘yicha doiralar bilan tarqalganday bo‘ladi. Bunday tashkilot uchun doira uning xodimlarining barcha harakatlari bitta narsaga –kompaniyaning muvaffaqiyatiga olib kelishining alomati bo‘ladi. Undagi qadriyatlar (birinchi navbatda-uning xodimlarining sifati) darajalar bo‘yicha ranjirovka qilinmaydi.
Tashkilot edxokratiklikning har xil darajasiga ega bo‘lishi mumkin, bu texnologiyaning darajasi, xodimlarning sifati va rahbarlarning tayyorlanganligi bilan belgilanadi. Ko‘p o‘lchamli tashkilotning ko‘pgina afzalliklariga qaramasdan, hatto uning yordami bilan ham barcha a’zolarini qoniqtira oladigan va ular faoliyatini adekvat ravishda motivasiyalaydigan tashkilotni tashkil qilish qiyindir.
Agar tashkilot a’zolariga o‘zlarning ishlariga tegishli bo‘lgan qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish huquq berilsagina, Ushbu muammo, ushbu muammo muvaffaqiyatli hal qilinadi. Bu partisipativli tashkilotlar deb ataluvchilarni boshqalardan tubdan farq qildiradi.
Partisipativli tashkilotning asosida yotuvchi barcha darajadagi xodimlarni boshqaruvda ishtirok etish quyidagilarni ko‘zda tutadi:
- qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish; - maqsadlarni belgilashda ishtirok etish;
- muammolarni hal qilishda ishtirok etish;
Boshqaruvda ishtirok etishning quyidagi darajalari ajratiladi:
- takliflarni ilgari surish; - qarorlarning muqobil loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- yakuniy qarorlarni tanlash.
Haqiqiy amaliyotda partisipativ boshqaruvni amalga oshirishning bu barcha darajalari(yo‘lanishlari)dan odatda ma’lum kombinasiyalarda foydalaniladi, chunki ular bir birlari bilan yaqindan bog‘langandirlar va bir birlarini to‘ldiradilar, bir birlari bilan kombinasiyalarda o‘zlarini samarali nomoyon qilishlari mumkin.
Birinchi daraja– takliflarni ilgari surish – an’anaviy tashkilotga tarkibiy va boshqa o‘zgartirishlarni kiritishni talab qilmaydi va u rahbar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday yondashuv markazlashtirilgan rahbarlikka ega korxonalarda keng qo‘llanishi mumkin.
Ikkinchi daraja- muqobillarni ishlab chiqish – tashkilotda bu vazifani samarali yechishi mumkin bo‘lgan maxsus tuzilmalarni paydo bo‘lishini talab qiladi. Amaliyotda bu vaqtinchalik yoki doimiy qo‘mitalar yoki komissiyalarni tashkil etilishida o‘z aksini topadi, ularga ushbu ishni bajarish topshiriladi.
Uchinchi daraja - muqobillarni tanlash - boshqaruvda ishtirok etish ilmiy-texnik, texnikiqtisodiy va boshqaruvchi xarakteridagi maxsus kengashlari ishi shaklida amalga oshirilishini ko‘zda tutadi. Ularning qarorlari ko‘pincha qoshida ular tashkil qilingan rahbarlar uchun majburiy bo‘ladilar.
Bu kengashlar tarkibiga, qoidaga ko‘ra, tashkilot iyerarxiyasining pastroq darajasidagi, rahbar darajasidan keyinroq keluvchi shaxslar kiradilar. Bozorga qaratilgan tashkilot. Tashqi muhit, ya’ni bozor bilan o‘zaro hamkorlikning xarakteriga ko‘ra, bu o‘zidan tashqarida bo‘layotgan o‘zgarishlariga tez moslashadigan tashkilotning tashkiliy turidir. Tashkilot ichidagi qismlar o‘zaro hamkorligining xarakteri bo‘yicha bu yo divizional, yoki matrisiyali tuzilma, yakka shaxsning tashkilot bilan o‘zaro hamkorligining xarakteriga ko‘ra esa yakka shaxsli turdir. Tashkilotning boshqalardan tubdan farqi shundan iboratki, agar oldingi hollarda bevosita bozorning atrofida tashkilotning faqat bir qismi guruhlangan bo‘lsa, bu holda gap uning barcha qismlarning guruhlanishi haqida ketmoqda. Tashkilotda mahsulotni iste’molchiga moslashtirish uchun katta harakatlar qilinadi. Bunda mahsulotni tez-tez o‘zgarishi sodir bo‘ladi.
Barcha narsa qaror qabul qiluvchilarni bu qarorini xarid qiluvchilar-iste’molchilar bilan yaqinlashtirishga qaratilgan. Bu, o‘z navbatida, boshqaruv darajalarining sonini kamaytirish va javobgarlikni iste’molchiga yaqinroq joylashgan va xatarni o‘ziga oluvchi iyerarxiyaning pastki darajalariga topshirishni talab qiladi. Guruhli ish, rolli hulk va ishonchga asoslangan o‘zaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Tarmoqli tashkilotlar- bu, qoidaga ko‘ra, yirik vertikal bo‘yicha integrasiyalangan kompaniya, uning ichidagi bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi rejalashtiruvchi va taqsimlovchi o‘rta bo‘g‘in menejerlari tomonidan emas, balki bozor mexanizmlari orqali amalga oshiriladi.
Tarmoqli tashkilotlar quyidagilarni ta’riflaydilar:
- keng tarmoqli aloqalar; - mehnatni kamroq taqsimlanishi;
- foydani tashkilotning eng muhim maqsadi sifatida muvofiqlashtirish;
- hamkorlikning keng imkoniyatlari;
- bilimlar va ko‘nikmalarga bog‘liq ta’sir va hukmronlik;
- xodimlarning qonunga rioya qilishligi, xabardorligi va mustaqilligi;
- tashkilotni shaxsiy manfaat, jamoa manfaatiga qaratilishi;
- loyihani amalga oshirish paytida tashkil qilingan egiluvchan, vaziyatli ishchi jarayonlar.
Tarmoqli tashkilotda tashkiliy tuzilma g‘oyatda kuchsiz namoyon bo‘ladi. Shunday kilib, zamonaviy boshqaruv amaliyotida tashkilotni boshqarish ikkita diametrli qarama qarshi yondoshuv mavjud, ularning ta’riflari 6 - jadval Tashkilot tashkiliy shakliga yondoshuvlarning solishtirma ta’riflari Ta’riflar An’anaviy yondoshuv Yangicha yondoshuv Qisqacha belgilanish Tarkibiy yechim Shaxsiy yechim Asosiy mantiq Tahliliy rasionallik (tabaqalarga ajralish, integrasiyalashish)
Moslashuvchi rasionallik(kerakli aloqalarni o‘rnatilishi) Konsepsiyali boshqaruvchi model Tashkilotning “yuqorisidan” topshirilgan O‘zini o‘zi tashkil qilish Samaradorlik manbai Rasional tuzilma Xodimlarning tashabbusi Samaradorlikni ta’minlash Muvofiq tuzilma Xodimlarni rivojlanishi Tuzilma Iyerarxik Geterarxik Boshqaruv konsepsiyasi Yakka hoqimlik Yarim markaziy Relevantli boshqaruv kommunikasiyasi Ko‘rsatmalar, hisobotlar Xodimlarni oldindan bilib olish Kommunikasiyani yo‘naltirilganligi Vertikal Gorizontal Muammolarni hal qilishning solohiyati Tuzilmani qayta tashkil qilish O‘zgarishlarni bilib olish mexanizmlari Tashkilotni boshqarishga kiritilgan solishtirma yondoshuvlar ulardan har birining xususiyatlari, ijobiy sifatlarini ko‘rsatadi. Shuning bilan bir vaqtda yechimlarning ikkala varianti ham tizimli boshqaruv nuqtai nazaridan jiddiy kamchiliklarga ega. Quyidagi dilemma vujudga keladi, bir tomondan, yangi tashkiliy mantiq mehnat vazifalarini chegaralash va birlashtirishni e’tiborsiz qoldiradi, ikkinchi tomondantuzilmali yechimga oddiygina qaytish istisno qilingan(tashqi muhitning yuqori dinamikligi va korxona shaxsiy tuzilmasini murakkablashishi sababli).



Yüklə 121,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə