Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə2/5
tarix26.10.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#132253
1   2   3   4   5
GERODOT VA UNING “TARIX” ASARI

Kurs ishining maqsadi: O`lkamizning moddiy va madaniy boyliklari tarixini o‘rganishda yunon davri moddiy va ma’daniy san’ati fanining tutgan o‘rni nihoyatda katta. Chunki sanatshunoslikning arxeologiyaga oid shahar qurilishi va me’morchilik yodgorliklari, yodgorlik hujjatlari elshunoslik va toponomikaga oid materiallardan o‘rinli foydalanish orqali o‘rganish amalga oshiriladi. Ushbu kurs ishida biz vatanimiz tarixini xolisona yoritishda yunon davr malumotlarida foydalanish orqali yoritib berishni maqsad qildik
Kurs ishining vazifalari:

  • Mavzuga oid manbalarni tahlil qilish va umumlashtirish.

  • Yunon malumotlarni taxlil qilish

  • Fozila Sulaymonova tadqiqotlarini taxlil qilish

  • Geradot asarlarida yurtimiz tarixida tutgan o`nini o’rganish.

Ob’ekti: Kushon davri manbalarini taxlil qilish.
Predmeti: . Dalvarzintepa yodgorligi
Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Ushbu kurs ishining ahamiyati o`lkamizning moddiy va madaniy boyliklari, tarixini o‘rganishda yunon manbalarining tutgan o‘rnini taxlil qilish.. Yunon davr arxeologiyasiga oid shahar qurilishi va me’morchilik yodgorliklari, yodgorlik hujjatlari elshunoslik va toponomikaga oid materiallardan o‘rinli foydalanish orqali o‘rganish amalga oshiriladi. Tarixiy yodgorliklarga insoniyat hayotidagi eng muhim voqealar, jamiyatning rivojlanish bosqichlari, inqilobiy harakatlar bo‘lib o‘tgan joylar, atoqli sarkardalar, yirik davlat fan va madaniyat arboblarining nomlari bilan bog‘liq voqea joylari, o‘tmishdan bizga meros bo‘lgan qo‘lyozma asarlar manbalari asosida o‘rganiladi.

I BOB QADIMGI YUNON TARIXCHILARI ASARLARIDA YURTIMIZ TARIXI
1.1.Yunon manbalari haqida…
Ko’hna tariximizni o’rganishda antik, ya’ni yunon va rim manbalari muhim va nodir hisoblanadi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, antik mualliflarning birontasi Markaziy Osiyo tarixiga oid alohida, maxsus asar yozmagan. Qolaversa, o’sha zamonda «Markaziy Osiyo» degan jug’rofiy tushunchaning o’zi ham yo’q edi. Ammo, yunon va rim tarixchilari o’zlarining boshqa mavzularga bag’ishlangan asarlarida yo’l-yo’lakay qadimgi Markaziy Osiyoga doir jug’rofiy, tarixiy va etnografik ma’lumotlar yozib qoldirganlar.Ellada va Rim mualliflari ma’lumotlarining to’g’rilik darajasi turlichadir. Bu ma’lumotlarning asosiy qismi tasvirlangan voqealardan ancha muddat o’tgandan keyin yozilgan manbalardan olingan. Shu sababdan antik davr mualliflari axborotlarida ko’p noaniqliklar, shubhali va munozarali ma’lumotlar mavjud. Ayrim hollarda biron-bir voqea turli variantlarda bayon etiladi. Antik mualliflar asarlarida nomlari tilga olingan ayrim jug’rofiy atamalar - daryolar, tog’lar, shahar va qishloqlarning qayerda shaharlashganligini aniqlash ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi. Ularning ayrimlari turli tortishuvlarga sababbo’lib, hozirgacha aniqlanmagan. Antik mualliflar asarlarida real voqeliklar ba’zan afsonaviy yoki yarim afsonaviy to’qimalar bilan qorishib ketadi. Ellada va rim tarixchilarining Markaziy Osiyo haqidagi ma’lumotlari uzun-yuluq bo’lib, ko’p hollarda bu ma’lumotlar o’zaro bog’lanmagan. Shu sababdan ular asosida qadimgi zamonlarda Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan xalqlar tarixining to’la va yaxlit manzarasini tasavvur qilish amri maholdir. Shunday bo’lsa-da, antik mualliflar bergan ma’lumotlarni tanqidiy tahlil etish hamda arxeologik va epigrafik manbalarni jalb etish asosida qadimgi tariximizni mumkin qadar teranroq o’rganishimiz kerak.Qadimgi Ellada va Rim tarixchilarining sharqqa qiziqishi asosan 2 ta voqea bilan, aniqrog’i, Ellada-fors urushlari va Iskandar Makedonskiyning Ahamoniyla davlatiga qarshi hujumi bilan bog’liqdir1.O’zbekistonning qadimgi va antik davrdagi tarixini o’rganishda qadimgi Ellada va Rim tarixchilari hamda geograf olimlarining asarlari muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Quyida ulardan ayrimlari haqida ma’lumotlarni keltiramiz.Gerodot (mil. avv. 490-480 yillar o’rtasi – 425 y.) – yirik qomusiy olim,tarix fanining “ota”si, asli Kichik Osiyoning Galikarnas shaharidan, 455-447 yillari Yevropa, Osiyo va Misr bo’ylab sayohat qilgan Gerodot Ellada va Sharq mamlakatlari (Liviya, Misr, Assuriya, Vavilon,Eron va Skifiya)ning qadim zamonlardan to mil. avv. 479 - yilgacha bo’lgan ijtimoiy-siyosiy hayotidan hikoya qiluvchi 9 kitobdan iborat “Tarix” nomli asari bilan shuhrat topgan3. Bu asar umumiy tarix yo’nalishida yozilgan birinchi kitob hisoblanadi. Shu tufayli ham Gerodot, Sitseronnning (mil. avv. 106-43) so’zlari bilan aytganda, tarix fanining “ota”si hisoblanadi.Gerodot garchi o’zi bayon etayotgan voqealar ustida chuqur mulohaza yuritmasa ham, ularni to’g’ri bayon etishi, o’zga xalqlar va mamlakatlar tarixiga hurmat nuqtai nazaridan qarashi bilan ba’zi tarixchilardan ajralib turadi.Gerodotning asarida O’zbekistonning qadimiy xalqlari bo’lmish agrippiylar,issedondar, massagetlar, daylar va saklar haqida, ularning turmushi, urf-odatlari hamda qo’shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz. Vatanimiz tarixini yoritgan ilk tarixiy asar - bu Gerodotning “Tarix” asaridir. Bu asar yunon - fors urushlari tarixiga bag’ishlangan. Lekin, muallif mazkur urushlargacha bo’lgan davrdagi Ellada, Lidiya, Midiya va Ahamoniylar davlati tarixiga oid batafsil ma’lumotlar keltiradi. “Tarix” keng qamrovli, serqirra va ayni paytda, yaxlit asar ekanligi tufayli uning muallifi Gerodot haqli ravishda “Tarixning otasi” degan faxrli nomga sazovor bo’ldi.Gerodot o’z asarini yozishda xilma-xil manbalardan foydalanadi, jumladan,Eron, Skifiya, Misr va boshqa mamlakatlarga qilgan sayohati chog’ida yiqqan ma’lumotlarini keltiradi. U Markaziy Osiyoda bo’lmagan edi, lekin Kaspiy Ortidagi mamlakatlar tarixi bilan qiziqadi. Tadqiqotchilarning fikricha, Gerodot Eronda bo’lgan chog’ida Ahamoniylar davlati zodagonlari bilan suhbatlar qurib, Markaziy Osiyo xalqlari hayoti haqidagi ma’lumotlarni yozib olgan. Natijada uning ajdodlarimiz o’tmishi haqidagi ma’lumotlari to’liq bo’lmay qolgan va ayrim hollarda o’zining noaniqligi bilan ajralib turadi. Gerodot Eron Shohi Kir II ning massagetlar diyoriga qilgan hujumi, massagetlar malikasi To’maris tomonidan tormor etilishi va halok bo’lishi to’g’risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, baqtriyaliklar, xorazmiylar, issedonlar, saklar haqida, ularning turmushiurfodatlari, harbiy kiyimlari va qurollari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltiradi. Gerodot bu xalqlarning ijtimoiy hayotida ayollarning teng huquqligigi va baland maqomi haqida yozadi. Bu ma’lumotlardan kelibchiqib, o’sha davrda Markaziy Osiyo xalqlari hayotida matriarxat sarqitlari saqlanib qolganligini taxmin etish mumkin. Gerodot bu xalqlarda kannibalizm xollari uchrashi haqida ma’lumot beradi, urug’dagi sog’lom va nuroniy qari odamni so’yib, uning go’shtini hayvonlar go’shti bilan qo’shib pishirishlari va tanovvul qilishlarini qayd etadi.Gerodot qadimgi ajdodlarimiz chorvachilik, baliq ovi va dehqonchilik bilan shug’ullanishlarini ta’kidlaydi. Doro I davrida Markaziy Osiyo xalqlari Eronga tobe bo’lganliklari va forslarga o’lpon to’lab turganliklarini aytib, Gerodot Behustun yozuvidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi.
Qadimgi tariximiz haqida ma’lumotlar yozib qoldirgan tarixchilardan biri Ktesiy (mil. avv. V-IV asrlar) hisoblanadi. Ktesiy Eron shahanshohi Artakserks II ning shaxsiy tabibi bo’lgan. Afsuski, Ktesiy asarlarining asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Uning asarlaridan olingan ayrim parchlar keyingi avlod tarixchilarining kitoblarida saqlanib qolgan. Gerodotdan farqli o’laroq, Ktesiy faqat o’zi ko’rgan yoki eshitgan axborotlarnigina emas, balki ba’zi uydirma ma’lumotlarni ham o’z asariga kiritgan. Shu sababdan uning asarlaridan foydalanishda o’ta ehtiyotkorlik zarurdir. Ktesiyning Ossuriya podshosi Ninning Markaziy Osiyoga qilgan harbiy hujumlari haqidagi ma’lumotlari ishonchli emas. Ktesiy o’z asarlarida birinchi marta Zoroastr (Zardusht) nomini tilga oladi. U sehrgar va Baqtriya podshosi bo’lganligi ta’kidlanadi. Zardusht podsho bo’lgan emas, albatta. Lekin uning nomi tilga olinganligi va bu nom Baqtriya bilan bog’langanligi zardushtiylik dini bu mamlakatda, ya’ni Baqtriyada vujudga kelganligi to’g’risidagi taxminlarni quvvatlovchi dalillardan biridir. Ktesiy Baqtriyaliklarning Eron shohi qo’shini tarkibida Ossuriyani tor-mor etishda qatnashganligini ma’lum qiladi
Arrian Flaviy (95-175) – yirik Ellada yozuvchisi, tarixchisi va geograf olimi,Kichik Osiyoning Nikomadiya shahridan. U “Iskandar haqida”, “Parfiyaliklar haqida”, “Hindiston” va 7 jildlik “Iskandarning hujumlari” nomli kitoblar muallifidir. O’zbekiston va Eronning qadimiy tarixini o’rganishda Arrianning “Iskandarning hujumlari” nomli asari muhim ahamiyat kasb etadi. Unda fotihning O’zbekiston, Eron hududlari va boshqa mamlakatlarga istilochilik hujumlari tarixi batafsil bayon qilingan. Arrian o’z asarini yaratishda juda ko’p tarixiy manbalardan foydalangan. Jumladan, Iskandarning saroy kundaliklaridan, Iskandar hujumlarining guvohi va ishtirokchisi bo’lgan sarkardalar Ptolemey Lag va Aristobulning esdaliklaridan keng foydalangan. Asar panegrizm - maddohlik ruhida yozilgan – muallif Iskandar Zulqarnayn va uning faoliyatini ko’klarga ko’tarib ulug’laydi. U ko’pgina qo’lyozma manbalar va rasmiy hujjatlar asosida yozilgan bo’lib, mavzu bo’yicha muhim va asosiy manbalardan hisoblanadi.Arrian mo’tabar manbalardan foydalanganliga, ularga tanqidiy yondashganligi asarning ilmiy ahamiyatini yanada oshiradi.
Kvint Kurtsiy Ruf (mil. avv. I asrning oxiri – milodiy I asrning birinchi yarmi) – mashhur Rim tarixchisi, Iskandar Zulqarnaynning Eron, Turon va boshqa mamlakatlarga qilgan harbiy hujumlari haqida 10 kitobdan iborat “Buyuk Iskandar tarixi” nomli asar yozib qoldirgan2. Muallif Ptolomey Lag va Iskandar Zulqarnaynning safdoshlari Onesikrit va Kallisfenning xotira va asarlaridan keng foydalangan. Rim tarixchisi Kvint Kurtsiy Rufning asari lotin tilida yozilgan bo’lib, 10 kitobdan iborat, lekin uning dastlabki ikki kitobi bizgacha etib kelmagan. Mutaxassislar Kvint Kurtsiy Rufning manbalarga tanqidiy yondashmasligini, Iskandar hayoti bilan bog’liq voqealarni badiiylashtirganligani ta’kidlaydilar. Kurtsiy ayrim hollarda fantastik syujetlarni to’qibchiqaradi, o’z qahramoni Iskandarning ruhiy holatlarini ochib berishga intiladi. Muallif tasvirlanayotgan voqealarni aniq sanasini keltirmaydi. Shu bilan birga u Iskandarning real siymosini yaratishga harakat qiladi. Kvint Kurtsiy Rufning talqinida Iskandar taqdir erkatoyi, o’ziga bino qo’ygan, bosqinchilik qonida bo’lgan, Shafqatsiz, qasoskor, mard, tanti va bag’rikeng shaxs sifatida gavdalanadi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan kamchiliklardan qat’iy nazar, Kurtsiyning asari Markaziy Osiyo xalqlarining Iskandar Maqduniy davridagi tarixiga oid boy ma’lumotlar beradi. Asardagi Baqtriya va So’g’diyonaning tabiati va iqlim sharoitlari, Spitamen qo’zg’olonining tafsiloti va boshqa ma’lumotlar diqqatga sazovordir.Yuqorida nomlari tilga olingan tarixchilardan tashqari boshqa antik davr mualliflari ham qadimgi ajdodlarimiz hayoti haqida ma’lumotlar yozib qoldirishgan. Jug’rofiya fanining “otasi” Strabon o’zining 17 kitobdan iborat “Geografiya” asarida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va Marg’iyonaning tabiiy sharoitlari, shaharlari, ularga olib boradigan yo’llar, bu yerdagi daryolar, budiyorda istiqomat qilgan xalqlar, ularning turmush tarzi, urf-odatlari va e’tiqodlari to’g’risida e’tiborga loyiq ma’lumotlar keltiradi.Mazkur asarlarda keltirilgan ma’lumotlar o’z xarakteriga ko’ra xilma-xildir.Ularning ayrimlari uydirma ma’lumotlarga asoslangan bo’lsa, boshqalari ishonarli manbalarga tayanadi. Shu sababli ulardan foydalangan paytda keltirilgan ma’lumotlarni chuqur tanqidiy tahlil etish zarur.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə