Ijtimoiy gumanitar fanlar va tillar


Vatanparvarlik tamoyili Vatan tushunchasini fidoiylarcha idrok etish, muayyan hudud va xalqqa muhabbat hissi singari omillar bilan bogʻliq



Yüklə 62,76 Kb.
səhifə6/21
tarix17.03.2023
ölçüsü62,76 Kb.
#102726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
VATANPARVARLIK MANFAATDORLIK VA KO’ZBO’YAMACHILIK EMAS.

Vatanparvarlik tamoyili Vatan tushunchasini fidoiylarcha idrok etish, muayyan hudud va xalqqa muhabbat hissi singari omillar bilan bogʻliq.

Bu tamoyil xayoliy tuygʻuga emas, balki muayyan zamonga, muayyan vatandosh insonlarga boʻlgan muhabbatga asoslangan axloqiy xatti-harakatlar majmuidir.

Vatanparvarlik aniq muhitda, zaminda va mavjud maʼnaviy–axloqiy qadriyatlar asosida shakllanadi. Shaxs vatanparvarlik tuygʻusini yaratmaydi, balki, uni tayyor holda qabul qiladi. Chunki vatanparvarlik uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida shaklanadigan ijtimoiy tuygʻudir.

Vatanparvarlik kishilarning ijtimoiy va maʼnaviy axloqiy xislatlarining, fazilatlarining yuksak darajada namoyon boʻlishi hisoblanadi. Zero, ular negizida ota-bobolardan meros qolgan zaminni sevish, urf-odatlarni, qadriyatlarni saqlash, el-yurt ravnaqi uchun chin dildan mehnat qilib, Vatanni dushmanlaridan himoya qilish, har qanday qaramlikdan ozod etish, hatto zarur boʻlsa, uning ozodligi va mustaqilligi uchun jonini ham ayamaslik kabi ezgu gʻoyalar yotadi.

Hozirgi paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuygʻusini tarbiyalash, ularni Vatan maʼnosini teran anglab yetishga oʻrgatish, vatanparvarlik – yuksak axloqiy tamoyil ekanini tushuntirish maʼnaviy qadriyatlarimizning asosini tashkil etadi.

Vatan mustaqilligini taʼminlashda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, alohida oʻrin egallaydi. Shuning uchun ham vatanparvarlik tarbiyasi davr talabidir.

Milliy vatanparvarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan, teran fikrlovchi yoshlarni tarbiyalash milliy oʻzlikni anglashning asosiy omili boʻlib hisoblanadi. Shu bois, Vatan himoyasiga tayyorlanayotgan yoshlarimizning har biri yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi shart.

Zero, vatanparvarlik ijtimoiy hayotimizning asosiy zarurati hisoblanadi, chunki usiz bunyodkorlik ham, taraqqiyot ham boʻlmaydi.

Bu hayotiy haqiqat biz hamisha amal qiladigan tamoyilga, jamiyat rivojining asosi va shartiga aylanmogʻi hamda oʻzida yaxlit bir tizimni mujassam etmogʻi lozim. Bu tizim markazida maʼnaviyat, axloq-odob, maʼrifat kabi oʻlmas qadriyatlar turmogʻi kerak.


Yüklə 62,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə