Ijtimoiy pedagogika asoslari


Falsafa va ijtimoiy pedagogika



Yüklə 491,75 Kb.
səhifə3/25
tarix22.03.2024
ölçüsü491,75 Kb.
#180627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
portal.guldu.uz-IJTIMOIY PEDAGOGIKA ASOSLARI (o‘quv qo’llanma)

Falsafa va ijtimoiy pedagogika. Falsafa inson borlig‘i masalalarini o‘rtaga qo‘yadi va ularga javob topishga harakat qilib, dunyoqarashning umumlashgan tizimini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogikaning “ijtimoiy tarbiya falsafasi” bo‘limi inson va uning tarbiyasiga muayan qarashlardan kelib chiqadi va bu qarashlarda har doim u yoki bu falsafiy asoslarga suyanadi.
Etika va ijtimoiy pedagogika. Etika axloqiy tasavvur va qarashlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, shuningdek, u tartibga solayotgan axloqiy ong shakllarini va ularning axloqiy faoliyatini tahlil qiladi. Ijtimoiy pedagogika etika shakllantirgan tamoyillardan foydalanadi hamda tarbiya usullari va maqsadlarini ishlab chiqadi.
Sotsiologiya va ijtimoiy pedagogika. Sotsiologiya-jamiyat, ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy tarbiya uslubiyati rivoji, faoliyat yuritishi, shakllanish qonuniyatlari haqidagi fan. Ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi ijtimoiylashuv muammolarini o‘rganish jarayonida ijtimoiy bitim sohalarining bir qator ma’lumotlari (yosh, shahar va qishloq, dam olish, ommaviy aloqalar, yoshlar, axloq, ta’lim, jinoyatchilik, din, oila sotsiologiyasi)dan foydalanadi.
Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika. Etnografiya halqlarning maishiy va madaniy xususiyatlarini o‘rganadi. Etnopsixologiya insonlar ruhiyatining etnik xususiyatlari, milliy harakteri, milliy o‘z-o‘zini anglashning shakllanishi qonuniyatlari, etnik steriotiplarini o‘rganuvchi bilim sohasi. Ijtimoiy pedagogika o‘zining asosiy muammosi bo‘lgan ijtimoiylashuv jarayonini nazariy va amaliy jihatdan asoslashda etnografiya va etnopsixologiya fanlariga ham murojat qiladi


5




va oziqlanadi. Jumladan, ijtimoiy pedagogikada umuminsoniy tarbiya tamoyillariga mos tushadigan va o‘z navbatida etnosda shakllangan tarbiya usullaridan shu halq doirasida ijtimoiy tarbiya tizimida foylanish tavsiya etiladi.

Yüklə 491,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə