Ijtimoiy pedagogika asoslari



Yüklə 491,75 Kb.
səhifə7/25
tarix22.03.2024
ölçüsü491,75 Kb.
#180627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
portal.guldu.uz-IJTIMOIY PEDAGOGIKA ASOSLARI (o‘quv qo’llanma)

Tayanch tushunchalar: ijtimoiy falsafa, shaxs va uning shakllanishi, jarayon, inson va jamiyat, ijtimoiy muhit, ilmiy fan, metodologiya, tuzilma, amaliy faoliyat
Ijtimoiy falsafa — jamiyat va inson muammolari, insonning jamiyatdagi o‘rni, munosabatlari haqidagi fandir. Ijtimoiy falsafaning asosiy tushunchalari ijtimoiy adolatlilik va insonni ximoya qilish, insonning ijtimoiy muhitdagi o‘rni, insonning jamiyatdagi o‘rni kabilardir. Uning vazifasi, nazariy tomondan jamiyat rivojlanish jarayoni va undagi insonning o‘rnini talqin qilishdir.
Jamiyat va shaxs — ijtimoiy falsafaning asosiy muammosi, hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda shaxsning rivojlanishi, uning jamiyatdagi bog‘liqligi va jamiyatning insonlarga bog‘liqlik masalasidir.
Ijtimoiy pedagogikada shaxs — tarbiya ob’ektidir. Shaxs va uning rivojlanishi, shaxsning yoshiga xos hususiyatlari ta’lim va tarbiya jarayoni, muhit va tarbiyaning shaxs rivojlanishidagi ta’siri va boshqalar.
Falsafa ham, pedagogika ham inson va davlat, inson va avlod, inson va oilaning bir —biriga ta’siri, bu jarayondagi shaxsning rivojlanishi, uni shakllanishini o‘rganadi.
Ijtimoiy pedagogikaning masalalaridan biri —bu shaxs va muhitning munosabatlaridir.
Hozirgi zamon sharoitida bizning mamlakatda ijtimoiy falsafa jamiyatdagi bo‘layotgan o‘zgarishlarni aks ettiradi, yangi siyosiy, iqtisodiy, oilaviy, milliy va diniy munosabatlar shular jumlasidandir. Hozirgi zamon oilasi, undagi tinchlik, maktab va ta’lim, yoshlar va jamiyat, shahar va tabiat, bozor va byudjet, milliy munosabatlar yangicha fikrlash va tushuncha xosil qilishni taqazo etadi. Chunki bu muammolar markazida shaxs, inson taqdiri turadi ijtimoiy iqtisodiy, madaniy va ta’limiy muammolarning o‘zaro mutanosibligi hisoblanadi
Ijtimoiy falsafa va ijtimoiy pedagogikaning o‘zaro aloqasini, ulardagi umumiylikni biz nimada ko‘rishimiz mumkin?
Ijtimoiy falsafa — inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarining asosiy muammolarini aniqlaydi, ijtimoiy pedagogika esa bo‘ muammolarning bir qismini bartaraf etishda muhim rol o‘ynaydi. Bu muammolar: shaxs va muhit, shaxs va ta’lim, shaxs va oila, shaxs va ma’naviy madaniyat, shaxs va uning ijtimoiy mehnatga tayyorgarligi va ishtirokidir.
Shunday qilib hozirgi zamon sharoitida inson va tabiat deb atalmish ijtimoiy — falsafiy muammo juda muhim bo‘lib turibdi.
Ijtimoiy pedagogika o‘zgarayotgan muhitning shaxsni shakllanishiga ta’sirini, yangi jamiyatda o‘sib kelayotgan avlodga ta’lim berish ijtimoiy muammosi qanday hal qilinayotganini taxlil qiladi.
Ijtimoiy falsafa ijtimoiy pedagogikaga nisbatan metodologiya hisoblanadi. Zotan jamiyatning ijtimoiy muammolari mavjud ekan, ular ijtimoiy pedagog, ijtimoiy xodimga yordam berishga da’vat etilgan.
Ijtimoiy falsafa o‘zida jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini aks ettiradi. U inson oldida turgan ijtimoiy, maishiy, iqtisodiy, tabiiy, huquqiy muammolarni hal etish bilan birga psixologik va pedagogik muammolarni ham bartaraf etishga sharoit yaratadi.
Ijtimoiy pedagogika shaxs va jamiyat muammosiga murojat qilgan holda insonning jamiyatdagi munosabatlarini tartibga soladi. Ayrim tang hollarda ayrim oilalarga o‘smirni jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga hayotiy sharoitlarga moslashishiga yordam beradi. Ijtimoiy pedagogika yangi iqtisodiy munosabatlarni oiladagi munosabatlarga va bolalar tarbiyasiga ta’sirini taxlil qiladi.


9




Ijtimoiy pedagogika birinchi navbatda bolalik muammolariga murojat qiladi. Hamda u shaxs tarbiyasi uning ma’naviy axloqiy sifatlarini shakllanishi murakkab vaziyatlarda qo‘llab — quvvatlanishi masalalariga murojat etgan holda bolaga jamiyat hayotiga moslashishiga yordam beradi.
Bugun ijtimoiy pedagogika insonni jamiyatdagi o‘rni haqidagi, shaxsning ijtimoiylashtirish haqidagi, hozirgi zamon sharoitida bolalik qiyinchiliklari haqidagi bilimlar majmuidir.
Ijtimoiy pedagog amaliyoti bolaga (o‘smirga) jamiyatda ijtimoiy — ma’naviy muvozanatni saqlashga, yangi munosabatlarni yaratishga yo‘naltirilgan.
Ijtimoiy pedagogika o‘z oldiga qanday asosiy maqsadlarni qo‘yayotganini yuqoridagi fikrlardan bilib olsa bo‘ladi. Shuning uchun ijtimoiy pedagogika ijtimoiy falsafa singari boshqa fanlar: psixologiya, fiziologiya, anatomiya, mantiq, tibbiyot, iqtisodiyot bilan uzviy aloqada bo‘lmay turib faoliyat yurita olmaydi.
Ijtimoiy pedagogika ilmiy fan sifatida o‘zining ob’ekti deb inson va sotsiumning o‘zaro ta’siri (turlicha ko‘rinish va hollarda) hisoblanadi, ya’ni xodisa va jarayonlarning o‘ta yaxlitligi amaliy ijtimoiy — pedagogik faoliyat uchun manba va o‘zgartirish soxasi bo‘lib qoladi. Ijtimoiy pedagogika ilmiy fanning predmeti bo‘lib bu xolat shaxs va sotsium o‘zaro ta’sirining umumiy va pedagogik qonuniyatlari hisoblanadi. Aynan mana shu tomoni uni boshqa pedagogik fanlarda farqini ko‘rsatadi va unga o‘zaro bog’liqlik va oshkoralik harakterini kasb etadi.
Ushbu fan maqsadi — inson va sotsium o‘zaro ta’siriga ilmiy pedagogik asos bo‘lish, amaliyot ishlar darajasida bu o‘zaro ta’sirini har tomonlama uyg‘un bo‘lishi uchun ijtimoiy.— pedagogik faoliyatni ilmiy asosini sifat va samaradorligini yuqori ko‘tarish. Ushbu maqsadga erishish ilmiy fan sifatida ijtimoiy — pedagogika vazifasi orqali hal etiladi. Bular bilim (tadqiqot) variantlari tavsiya beruvchi, ta’limiy, o‘zaro bog‘lovchi vazifalaridir.
Ijtimoiy pedagogika ilmiy fanining vazifalari 3 guruhga bo‘lingan:
Birinchi (Nazariy - amaliy) guruh — ijtimoiy pedagogika faoliyatini tadqiq etish bilan bog‘liq sotsium rivojlanishi qonuniyatlari, undagi munosabatlar, sub’ektlar va institutlarning ijtimoiy ishlari; ijtimoiy pedagogik faoliyatining turli ko‘rinishlar va tiplarda, ular taxlilining turlicha darajalarda ziddiyatlarni izlab topish, ularni hal etish tendensiyalarini aniqlash; ijtimoiy sohadagi mutahassis faoliyatining prinsiplari, mazmuni, usullari metodlari va shakllarini ishlab chiqish; ijtimoiy institutlarning yuzaga keltirishning tashkiliy asoslari; faoliyat ko‘rsatish, chet mamlakatlar hodimlari, tashkilotlari va institutlarini ijtimoiy pedagogik faoliyatini tahlil etish va tajribalarini baholash bilan bog‘liqdir.

  1. Ikkinchi guruh - vazifalari hususiy (shaxsiy) metodologik, nazariy va ilmiy metodik asosini shakllantirish maqsadiga ega; ijtimoiy — pedagogik ilmiy yo‘nalish mazmunini tanlab olish, ilmiy bilimlar sohasi sifatida ijtimoiy pedagogikani mantiqiy, ilmiy fanni jamlash.

  2. Uchunchi guruh - vazifalari ijtimoiy sohada kadrlarni tayyorlash uchun ta’lim kopleksini nazariy asosi bilan ya’ni ijtimoiy xodimlar, ijtimoiy pedagog, ijtimoiy yuristlar tayyorlash bilan bog‘liq. Bu ijtimoiy pedagogikaning uchunchi sifat ko‘rsatkichi bilan belgilanadi. Ijtimoiy pedagogika boshqa gumanitar fanlar va ilmiy — yo‘nalishlar bilan mustahkam bog‘liq. Jumladan, u ijtimoiy falsafa, ijitimoiy siyosatshunoslik, ijtimoiy psixologik, ijtimoiy huquq, ijtimoiy informatika va statistika; shuningdek boshqarish nazariyasi, ijtimoiy meditsina va boshqalar bilan bog‘liqligi ham mavjud. Ijtimoiy pedagogika ma’lum darajada (o‘z tabiatiga ko‘ra) fanlararo ilmiy fan hisoblanadi, fanda ham va jamiyatda ham o‘zining ochiqcha harakteri bilan ajralib turadi.

Ijtimoiy pedagogikaning umumiy fanlar tizimida inson va jamiyat to‘g‘risidagi fan sifatidagi o‘rnini aniqlab uning boshqa fanlar bilan aloqasini hisobga olish uning metodologik asosiini aniqlash imkonini beradi.


10





Yüklə 491,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə