Ijtimoiy pedagogika


II BOB Voyaga yetmagan huquqbuzarlarini oldini olish yo’llari



Yüklə 52,08 Kb.
səhifə2/9
tarix13.05.2022
ölçüsü52,08 Kb.
#86962
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Дауенова Гулмира togri

II BOB Voyaga yetmagan huquqbuzarlarini oldini olish yo’llari

2.1. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar uchun maxsus o‘quv tarbiyaviy muassasa-23

2.2. Voyaga yetmagan jazoga hukm qilinganlarning yosh bilan bog'liq o‘ziga xosliklari hamda tarbiyaviy muassasalarda joylashuvi--------------------------------28

XULOSA----------------------------------------------------------------------------------------------------34

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR--------------------------------------------------------------37

Kirish
MAVZUNING DOLZARBLIGI: Mustaqil O’zbekistonimizda milliy mafkura yaratilmoqda va bu xayrli ish albatta yosh avlod ongida milliy g`ypyp hamda iftixor tuyg`usini vujudga keltirishni talab qiladi. Bunga erishish avvalo, tarbiyaga bog‘liqdir. Har bir inson, xususan endigina xayotga qaxam quygan har bir o’g‘il va qiz har qanday maqsadga erishishi avvalo o`ziga uzining sobit-qadam, g‘ayrat-shijoatiga, ishdagi fidokorligiga va mexnatsevarligiga borliqligini anglashi kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir. Alisher Navoiy tarbiyaning asosiy belgilaridan biri, bolaga yaxshi ism keyin, ilmu adab o`rgatish, ota-onaga, umuman kattalarga xurmat xissini singdirishdan iboratligini o`qtiradi. K. D. Ushinskiyning «Pedagogika adabiyotining foydasi» nomli risolasida: «Tarbiyalash ishi, shubxasiz, insonning aqliy va ongli faoliyatlaridan biridir: tarbiya tushunchasining o’zi tarixan vujudga kelgan va u tabiatda yo’q narsadir. Tarbiyalash faoliyati fikr yuritishni, xaqiqatni anglashni ham o’rgatadi» — deyilgan. O’zbekistonda ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablaglar yunaltirilmoqda. Maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’lim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat o’zgarishlari ro’y bermoqda.

- Biz ustozni otaday ulug` deb bilgan, doimo ardoqlagan ma’rifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham o`qituvchi, muallim deganda o`zim uchun eng aziz va xurmatli bo`lgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va ta’lim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan, - dedi davlat rahbari yigilish avvalida. - Bugungi kunda O’zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin ko`makchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir. Har bir oila, har bir bola xayoti maktab bilan bog`langani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekani ta’kidlandi.

- Hammamiz aziz farzandlarimiz xayoti va taqdirini o`qituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari bo’lgan bu mu’tabar zotlarga munosib xurmat-ehtirom kursatishimiz kerak, - dedi Prezident. Qaysi  bir  bilim  sohasini  olib  qaramaylik,  uning  taraqqiyoti  ko’p  jihatdan o’tmish  tajribasiga  mustahkam  bog’liq  bo’lganligining  guvohi  bo’lamiz.  Bu ayniqsa, pedagogika  fani  taraqqiyoti  uchun  xosdir.  Bu  masalada  biz  milliy-madaniy  meros  va  uni  o’zlashtirishga  tayanib  ish  ko’ramiz.  Chunki  o’tmish progressiv  tajribalariga,  metod  va  usullariga  tayanmasdan  turib,  yosh  avlodni yuksak  axloqli  qilib  tarbiyalash  mumkin  emas

Tabiatning oliy mahsuli, siymosi inson o’z aql-zakovati bilan o’zini himoya qiladigan mustaqil, erkin qilib yaratilgan. Shuning uchun tabiat hodisalari, jarayonlarini o’rganish ulardan yashash uchun oqilona foydalanish asosida insonlar sеkin-asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi asosida ma'naviy qadriyatlar shakllana boshlagan, rivojlana boshlagan. Ilk davrlarda ta'lim yoshlarga, ota-onalarning yashash uchun tabiatdan foydalanishi, uy-ro’zqor yuritish, o’zaro va tabiatga munosabat axloqi, odobi sifatida shakllana boshlagan bo’lsa, bilimlar hajmi kеngaya boshlagach, maxsus tarbiyachilarga ehtiyoj tug’ila boshlangan. Ma'lum qabila, elat, millat miqyosidagi ta'lim-tarbiya qoidalari majmuasi kontsеptsiyalarida ko’p hollarda alohida kishilar tomonidan takomillashtirilgan. Shuning uchun ham ta'lim kontsеptsiyalarida ma'lum muallifning nomi bilan bog’lanmaydi. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: “Bukilmas iroda va jasorat na’munasini amalda namoyon etib, o’z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish xalqimizga xos azaliy qadriyatdir”-degan fikrlarni aytib o’tgan.




Yüklə 52,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə