Ijtimoiy pedagogika



Yüklə 440,66 Kb.
səhifə86/112
tarix13.04.2023
ölçüsü440,66 Kb.
#105438
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   112
Ijtimoiy pedagogika

Ikkinchi vazifasi natijani oldindan ko‘ra bilish. Uning mohiyati shuki, qo‘yilgan tashhis asosida ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan ish olib borishning aniq ijtimoiy pedagogik dasturi ishlab chiqiladi. Bu dastur bosqichma-bosqich amalga oshirilib, ijtimoiy adaptasiya, korreksiya yoki reabilitasiyani keltirib chiqaradi.
Uchinchi vazifasi ta’lim-tarbiya bo‘lib, bolada uning ijtimoiy pedagogik reabilitasiyasi davomida shakllanishi lozim bo‘lgan xislatlarni, bolalar va kattalar xulq-atvori va faoliyatiga pedagogik ta’sirni oshirish, bola tarbiyasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish, ichkilikbozlik muammosini yengib o‘tish uchun lozim bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy pedagogning to‘rtinchi vazifasi-huquqiy himoya. Uning mohiyati shuki, ijtimoiy pedagog faoliyati huquqiy asosda ko‘riladi.
Beshinchi vazifasi-tashkiliy funksiya. U ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat yuritishda turli mutaxassislarning ishtirokini talab qiladi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun sharoitlar yaratadi, bolalar, kattalar uchun ijtimoiy foydali faoliyatni tashkil qiladi.
Oltinchi vazifasi-kommunikativ funksiya. Bunda ijtimoiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida uning ko‘pgina ishtirokchilari o‘rtasida aloqalar o‘rnatiladi.
Yettinchi vazifa-profilaktik funksiya bo‘lib, u erishilgan ijobiy natijalarni mustahkamlaydi va ichkilikbozlik alomatlarining paydo bo‘lishini bartaraf etadi. Bu vazifalar ijtimoiy patronaj o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagog faoliyatida bolalar hayotini alkogollashuviga qarshi qaratishi tarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlariga qarab amalga oshiriladi.
Deviant xatti-harakatdagi bolalar va o‘smirlarga nisbatan profilaktika, reabilitasiya va korreksiya ishlari amalga oshiriladi.
Reabilitasiya-bu bola shaxsining huquqi, huquqiy statusi, sog‘ligi, ishga layoqatsizligini tiklashga qaratilgan kompleks, ko‘p darajali, bosqichli va dinamik tizimdir. U profilaktika va korreksiya singari aspektlarni o‘z ichiga oladi.
Profilaktika- bu reabilitasiya tizimidagi shaxsning rivojlanishidagi u yoki bu chekinishlarni yo‘qotishga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tadbirlardir. U ko‘proq ijtimoiy muhit bilan bog‘liqdir.
Korreksiya - bu hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va o‘smirlar bilan olib boriladigan aniq faoliyat hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogning reabilitasion xizmati
modeli va mexanizmi

Maxsus statistika va sosiologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab mamlakatlarda bolalar va o‘smirlar nochor ahvolda yashamoqdalar. Bu nochorlik ularning:

  • psixologik va fiziologik sog‘ligining susayishida;

  • haq-huquqlarining buzilishida;

  • ularga nisbatan kuch ishlatilishida;

  • alohida pedagogik faoliyat talab etiladigan hamda ijtimoiy kelib chiqishi past oila farzandlarining maktablardan siqib chiqarilishida;

  • ishga joylashtirishda umumdavlat tizimining ish olib bormasligida;

  • defekti bor, aqliy yoki jismonan zaif yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolarining nazardan chetda qolganligida namoyon bo‘lmoqda.

Bu masalalar balog‘atga yetmagan bolalar orasidagi jinoyatchilik sonining ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun ham:
1. Bolalar va yoshlarning ijtimoiy hayotini sog‘lomlashtirishga;
2. Ularning ichki ma’naviy dunyosini sog‘lomlashtirishga doir chora-tadbirlar kerak bo‘ladi. Buning uchun:

  • bolalar va o‘smirlar rivojlanishining buzilish sabablarini aniqlash, ularni hal etish usul va vositalarini aniqlash;

  • normal shaxsni rivojlantirishga qaratilgan tarbiya jarayonini adekvat tahlil etish.

Voyaga yetmagan yoshlarning psixologik krizisini bartaraf etish faqatgina jamiyatni (iqtisodiy, ma’naviy va siyosiy) sog‘lomlashtirish va umuminsoniy qadriyatlar asosida shaxsni rivojlantirishni ta’minlaydigan tarbiya tizimini yaratish asosida amalga oshiriladi. Yordam ko‘rsatishning reabilitasion xizmati bolalar va o‘smirlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik, tibbiy va pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga qaratilgandir.
Ijtimoiy huquqiy, psixologik-tibbiy va pedagogik yordam quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • qonunga muvofiqlik;

  • insonparvarlik;

  • adolatparvarlik;

  • demokratiya;

  • tashkilotchilik va nazorat;

  • differensial va individual yondashish;

  • o‘z vaqtida yordam berish;

  • yordamning yetarli va kompleksli bo‘lishi;

  • ilmiy asoslanganlik va xizmat ko‘rsatishda hududni hisobga olish.

Bunda eng asosiy vazifalardan biri bolalar va o‘smirlarga yordam ko‘rsatish tizimini tubdan isloh qilishdir. Bu tizim bolalar va o‘smirlarning ma’naviy-axloqiy sog‘ligini, konstitusion haq-huquqlarini himoya qilishga qaratiladi. Bulardan biri bolalar huquqini himoya qilish haqidagi Konvensiyadir.



Yüklə 440,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə