Ilm-fan taraqqiyotida zamonaviy metodlarning qo‘llanilishi


ILM-FAN TARAQQIYOTIDA ZAMONAVIY METODLARNING QO‘LLANILISHI 27.02.2023



Yüklə 199,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix28.11.2023
ölçüsü199,21 Kb.
#135461
1   2   3   4   5   6   7   8
28-34

ILM-FAN TARAQQIYOTIDA ZAMONAVIY METODLARNING QO‘LLANILISHI 27.02.2023 
30-SON
HTTPS://ACADEMICSRESEARCH.COM/INDEX.PHP/CONFERENCE
 
29 
ijobiy yoki salbiy semalariga, belgining kuchli yoki kuchsizligiga ko‘ra bir-biridan farq 
qiladi. Quyida ushbu fe’llar bilan tanishamiz: 
Ajablanmoq, taajjublanmoq, hayron bo‘lmoq, hayratlanmoq kabi fe’llar o‘zaro 
sinonimik munosabat hosil qiladi. Tushunolmay, bilolmay hayron holatda bo‘lmoq. 
Ajablanmoq so‘zida hayronlikka nisbatan qiziqish kuchliroq bo‘ladi. Hayron bo‘lmoq 
so‘zida esa, aksincha, hayronlik holati kuchli bo‘ladi. Hayratlanmoq so‘zida belgi 
darajasi yana ham kuchliroq bo‘ladi
1
. Bu fe’llarga O‘zbek tilining izohli lug‘atida 
quyidagicha ta’rif berilgan: 
Ajablanmoq – hayron bo‘lmoq, taajjubda qolmoq
2
: Majlis Otabekning Shamay 
taassurotini maroq bilan eshitkan, shu kungacha hech kimdan eshitilmagan uning 
fikrlariga 
ajablangan
edi
3
, — Ha, ha, siz Shamayga ham bordingizmi? — deb Ziyo 
shohichi 
ajablandi
4
, - Yana qanday jazo? — deb 
ajablanar
edi mulla Kalonshoh
5

Аbdurauf tunqotar 
ajablangan
holda dahlizga chiqib, oʼzini chetka olib turgʼan 
Sultonaliga, nima gap, degan ishoratni qildi
6

Taajjublanmoq – hayratda qolmoq, hayron boʼlmoq, ajablanmoq
7
: Qutidor «nima 
yumishing bor menda» degandek qilib unga savol nazari bilan ko‘z tashlar va qur’on 
tinglovchi kishidek bo‘lib o‘lturg‘uchi majhul kishidan 
taajjublanar
edi
8
. — Mendan 
taajjublandingiz
, — dedi va qo‘ynidan maktublarni chiqarib bittasini qutidorg‘a uzatdi, 
— mendan ham bu maktub ajibroqdir, — deb kuldi
9
, Safarning imom bilan birga 
masjidga kirishidan 
taajjublangan
Samad boʼqoq uni turtib soʼradi
10
, Bu ikki bola bir 
joyda suhbatka kirishsalar, chetdagi bir kishi Аnvarni yirtiq boʼz kiyimlar ichida va 
Nasimni shohi-adraslar bilan gʼarq holda koʼrib, albatta “bu gadoybachcha bilan 
1
Hojiyev A. O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati. “O’qituvchi”, T., 1974, 15-b. 
2
Oʻzbek tilining izohli lug’ati, I tom, 2006, 43-b. 
3
Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar. T. “Yangi asr avlodi”, 2014, 20-b. 
4
Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar. T. “Yangi asr avlodi”, 2014, 18-b. 
5
Abdulla Qodiriy Mehrobdan chayon. T. “G’afur G’ulom”, 1974, 241-b. 
6
Abdulla Qodiriy Mehrobdan chayon. T. “G’afur G’ulom”, 1974, 210-b. 
7
Oʻzbek tilining izohli lug’ati, III tom, 2007, 623-b. 
8
Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar. T. “Yangi asr avlodi”, 2014, 310-b. 
9
Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar. T. “Yangi asr avlodi”, 2014, 310-b. 
10
Abdulla Qodiriy Mehrobdan chayon. T. “G’afur G’ulom”, 1974, 84-b. 



Yüklə 199,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə