Ilmiy va ilmiy texnik onlayn konferens iya



Yüklə 362,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix26.10.2023
ölçüsü362,73 Kb.
#131946
  1   2   3   4
72-75 XX ASRNING 20-30 YILLARI OLIY TA’LIMDA TARIX O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASH MASALALARI



TA‘LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS
IYA
 
https://t.me/scienceboxofficial http://conf.sciencebox.uz/ 
72 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada O‗zbekistonda tarix ta‘limi va tarixiy bilimlarni o‗qitish bilan bog‘liq 
jihatlarning sovet hokimiyati hukmronligi yillarida hal etilishi masalalari XX asrning birinchi yarmida 
olib borilgan ta‘lim tizimi misolida ko‗rib chiqilgan. Masalaning asosiy jihatlari va yechimlari sovet 
davri ta‘lim tizimi, tarix fani va hukmron partiya siyosatining tarix ta‘limiga ta‘siri, tarix faniga 
mafkuraviy jihatdan munosabatda bo‗lish kabi jihatlar arxiv hujjatlari va ilmiy adabiyotlar asosida 
yoritib berilgan. 
Kalit so‘zlar:
tarix fani, mafkura, ijtimoiy-gumanitar fanlar, sovet davri, tarixiy tadqiqotlar, tarixchi 
kadrlar, tarixiy bilimlar. 
Kirish 
Tarixdan ma‘lumki, jamiyatdagi kishilar ongi va tafakkuri shakllanishi va rivojida tarix fani asosiy hal 
qiluvchi rol o‗ynaydi. Bugun mamlakatimizda ta‘lim tizimi taraqqiyoti o‗zining yangi bosqichiga 
qadam qo‗ydi. Bu jarayon ta‘lim bosqichlarida uzviylikni ta‘minlash, ta‘limning turli bosqichlari 
uchun yaratilayotgan o‗quv-materiallarida ham aks etadi. Mustaqillik yillarida milliy ta‘lim tizimini 
modernizatsiya qilish, zamonaviy fanlarni o‗qitish tizimini takomillashtirish mamlakat taraqqiyotining 
asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‗lgan salohiyatli kadrlar yetishib chiqishi uchun ham xizmat qiladi. 
20.04.2017 yilda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ PQ-2909-sonli Qarori hamda 2019 yilning 8 oktyabrida qabul qilingan 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston respublikasi oliy ta‘lim tizimini 2030 yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‗g‗risida‖ PF-5847-son farmoni oliy ta‘lim tizimini 
rivojlantirishda tashlangan katta qadam bo‗ldi
1
.
Ma‘lumki, ta‘lim eng muhim ijtimoiy institut sifatida shaxsning jamiyat rivojidagi o‗rni va rolini 
belgilaydi. Jamiyat taraqqiyotida zamonaviy fanlar bilan birga tarixiy bilimlarni o‗qitish masalasi ham 
muhim ahamiyatga ega. Bu shundan dalolat beradiki, asosiy ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vazifalarni 
hal etish bilan birga tarixiy taraqqiyot bosqichida O‗zbekiston hududida tarixiy bilimlarni o‗qitish va 
o‗rganish masalalarining hal etilishi, uning yo‗lga qo‗yilishi va uning mazmun-mohiyati tarix fani 
misolida muhim jihatlarga ega. Oliy ta‘lim tiziming XX asr 20-30-yillaridagi ahvoli va uni isloh qilish 
bo‗yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqidagi tarixiy ma‘lumotlarni qilish, nafaqat bugungi kun 
oliy ta‘lim tizimida hal qilinayotgan ko‗plab muammolarning sabablarini aniqlashga, balki tarixiy 
saboqlarni hisobga olgan holda zamonaviy ta‗lim siyosatini olib borishga imkon beradi. 

Yüklə 362,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə