Ilmiy va ilmiy texnik onlayn konferens iya



Yüklə 362,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix26.10.2023
ölçüsü362,73 Kb.
#131946
1   2   3   4
72-75 XX ASRNING 20-30 YILLARI OLIY TA’LIMDA TARIX O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASH MASALALARI

IYA
 
https://t.me/scienceboxofficial http://conf.sciencebox.uz/ 
74 
Osiyo, xususan, O‗zbekiston xalqlarining sovet davridagi madaniy-ma‘rifiy hayotiga oid tadqiqotlar 
muhim o‗rin tutadi. Shu bilan birga, tarix fanining mazkur davrdagi tarixi, uning 1920-yillardan XX 
asr oxirigacha bo‗lgan shakllanish va rivojlanish yo‗lini tahlil qilishga alohida urinishlar qilingan 
bo‗lsa-da, hali tugallangan emas
6

Shu bilan birga Uzbekistonda jamiyat rivojlanishining taqozosi, qolaversa, mafkuraviy nuqgai 
nazardan ham umumta‘lim maktablari sohasi, o‗rta va oliy o‗quv yurtlarini kengaytirish hamda iqtisod, 
fan va madaniyatning turli sohalari uchun mahalliy aholi orasidan mutaxassislar yetishtirishga 
majburiy zarurat tug‗ilgan. 
Sovet hukumatining 1932 yil 25 avgustda ―Boshlang‗ich va o‗rta maktablardagi o‗quv dasturlari va 
rejasi‖ haqida chiqargan qarori o‗z davri talabi va zarurati natijasida kelib chiqqan tarixiy hujjat 
sifatida baholandi. Mazkur qarorda ta‘limning dastlabki bosqichida o‗qitiladigan ijtimoiy fanlar 
dasturiga tarixiy nuqtai nazardan qarashni yanada takomillashtirish, tarix, ijtimoiy fanlarda 
o‗tkaziladigan mashg‗ulotlarda sovet andozasi asosidagi ta‘lim va madaniyatni targ‗ib etish orqali 
sovet kishisini rivojlantirish maqsad qilindi
7
. Mazkur qarorning ijrosi sovet hukumati Xalq, 
Komissarlari Kengashining 1934 yil 15-mayida e‘lon qqilingan «SSSR maktablarida fuqarolar tarixini 
o‗qitish to‗g‗risida»gi maxsus qarori asosida o‗rgannlib chiqqqandan keyin ma‘lum bo‗lishicha, ta‘lim 
tizimida tarix fanini o‗qitilishi mamlakat miqyosida ko‗p hollarda «umumiy sharh usuli»da o‗qitilib 
kelayotgani tanqid qilingan. Xalq Komissarlari Kengashining 1934 yil 25 avgustda «SSSR 
maktablarida fuqarolar tarixini o‗qitish to‗g‗risida»gi qarori aslida hukumatning 1932 yil 25 avgust 
qarorini zudlik bilan hayotga tatbiq, etish yo‗lidagi tadbir bo‗ldi
8
.
Asrning 20-30 yillarida tarix o‗qituvchilarini tayyorlash jarayoni bir qator tarixiy jihatlarga ega bo‗ldi. 
Birinchidan, jamiyatda bolsheviklar siyosiy hukmronligining kuchayishi bilan ta‘limning mazmun-
mohiyatida mafkuraviy jihatlar ustun qo‗yildi. Buning oqibatida tarix fani va tarixchi kadrlar 
tayyorlash masalasi ham hukmron mafkura ta‘siri ostida qoldi. Ikkinchidan, ta‘lim tizimi va uning 
bosqichlar haqida qabul qilingan hukumat qarorlari faqatgina hukmron mafkura targ‗iboti uchun 
xizmat qiluvchi kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash uchun xizmat qildi. 

Yüklə 362,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə