Immigratsiyali tarmo


XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə2/22
tarix17.06.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#117777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Noemirzayeva Zulayho ilmiy

XULOSA.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.




INTERNET MA’LUMOTLARI.












ANNOTATSIYA

Ushbu magistrlik dissertatsiyasi “Tarmoqlanuvchi jarayonlar uchun limit teoremalari (II sxema)” ga bag’ishlangan.


Dissertatsiya Kirish va III bobdan iborat. Kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, ahamiyati, yo’nalishning o’rganganlik darajasi, shu yo’nalishda ish olib borgan olimlar va erishilgan natijalar haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning asosiy qismida atroflicha bayon qilingan.
Dissertatsiya oxirida magistirning xulosalari va mulohozalari keltirilgan. Dissertatsiyaning yakunida Immigratsiyali tarmoqlanish jarayoniga oid maqolalar keltirib o’tilgan.
KIRISH
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi yuqori bo’lgan davlatlar iqtisodiy taraqqiyotining asosiy omili bo’lgan barcha tarmoqlaridagi tuzilmaviy o‘zgarishlar, asosiy ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanish bilan bog‘liqligiga asoslanadi. Asosiy fondlarni boshqarish dasturi texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirishda, ishlab chiqarishdagi mavjud asosiy fondlarning uzoq umr ko‘rish muddatini uzaytirish va
samaradorlikni oshirish uchun xizmat qiladi.[1]
Tadqiqotlarga ko‘ra, xorijiy mamlakatlarda xalq xo‘jaligi tarmoqlarida
asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini ta’minlash, mavjud
tabiiy-resurs imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, innovatsion
texnologiyalarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Yevropa Ittifoqi, AQSH va boshqa nufuzli mamlakatlarda asosiy fondlar hisobotini yuritish, investitsiyalar sifatida asosiy vositalarni xarid qilish, ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda ishlab chiqarishni texnik va texnologik modernizatsiyalash hisobidan energetika resurslariga bo’lgan ehtiyojni to‘liq qondirish, yuqori samaradorlikka erishish, asosiy ishlab chiqarish fondlari energiya sig‘imini kamaytirish va tejamkor texnologiyalarni joriy etish orqali ta’minlash zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Jahonda matematikaga daxldor barcha fanlarni o‘qitishda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni qo‘llash hamda shu orqali ta’lim sifatini ta’minlash, ta’lim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, matematikaning amaliy tatbiqlari samaradorligini oshirish va fanlararo aloqadorlik asosida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish kabi masalarlarni qamrab olgan ilmiy tadqiqotlar keng ko‘lamda olib borilmoqda. Bu o‘z navbatida, innovatsion strategiyalarni matematika fani o‘quv mashg‘ulotlariga qo‘llash, chuqurlashtirilgan maktab o‘quvchilarining faolligini oshirish, mustaqil bilim olish va o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga keng tadbiq etish borasida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda fan, ta’lim va ishlab chiqarish sohalarida olib borilayotgan islohotlar natijasida ta’lim tizimida barcha fanlar qatori matematika fanining ham o‘quv-me’yoriy hujjatlari, moddiy-texnik bazasi yangilanmoqda. O‘qitishning kompyuter texnologiyalariga asoslangan metodlarini tatbiq etish natijasida o‘quvchilarning matematika faniga bo’lgan qiziqishlari ortib, iqtisodiyotning real sektoriga malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishilmoqda. Tabiiyki, bunday innovatsion metodlarni qo‘llash negizida matematika fanini o‘qitish uchunpedagoglar tomonidan o‘quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarurati kuzatilmoqda. Matematika ta’limini yanada rivojlantirishning chora tadbirlarida «... matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va chet tili kabi muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish»2 ustuvor vazifa sifatida belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli, 2018 yil 25 yanvardagi «Umumta’lim, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-4513-sonli Farmonlari va 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-sonli Qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 yanvardagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 187-sonli Qarori hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur tadqiqot ishi ma’lum darajada xizmat qiladi.
Keyingi yillarda matematik statistika usullarini xalq xo‘jaligi tarmoqlariga qo‘llash, xulosalar chiqarish va uni amaliyotga tadbiq etish, nazariy va amaliy masalalarini hal etish bugungi kunda dolzarb muammo hisoblanadi. So‘nggi yillardagi ekologik vaziyatlarning keskin o‘zgarishi, COVID-19 pandemiyasining O‘zbekistonga kirib kelishi hayotiy faoliyat xavfsizligining asosiy tushunchalarini bilishni taqazo qiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi «Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash, shuningdek, V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-4387-sonli Qarori. O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2019 yil, 07/19/4387/3397-son.)
Respublikada matematika fani asoslari turli bosqichlarda faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalarining ta’lim mazmuniga mos ravishda o‘quvchilarning psixologik va pedagogik xususiyatlariga muvofiq muayyan kurslar doirasida o‘rgatiladi. Ta’lim turlari o‘rtasida o’zaro aloqadorlik, bog‘liqlik va izchillikni o‘rnatish fanlar (predmetlar), boblar, mavzular, o‘quv materiallari o‘rtasida uzviylikni ta’minlash asosida amalga oshiriladi. Binobarin, matematika fani asoslarini yorituvchi kurslar o‘rtasida uzviylikni ta’minlash, o‘quv materiallarini turli bosqich ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga mos holda tanlash, ularning muayyan mantiqiy ketma-ketlik, fanlararo uzviylik hamda izchillik asosida joylashtirish, o‘quv jarayonida uzviylik tamoyilining yetakchi o’rin tutishiga erishish va bu holatni pedagogik jihatdan asoslash muammosini yuzaga keltiradi.
Ta’lim tizimida matematik statistika usullarini amaliy masalalarni tahlil qilishga qo‘llash, hulosalar chiqarish va uni amaliyotga tadbiq etish, nazariy va amaliy masalalarini hal etish bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligini ifodalaydi.
Hozirgi paytda Respublikamizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da nazarda tutilgan barcha rejalar muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi va davom ettirilmoqda.
Tabiiyki, bu maqsadlarni yuqori saviyada amalga oshirish uchun oliygohlar va litseylarning bitiruvchilari har tomonlama yetuk kadrlar bo‘lib yetishmog‘i – zamon talabidir. Oliygohlarda magistrlar tayyorlashni yuqori saviyada tashkil etish ham shu programmaning bir qismidir [3].
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev, muntazam ravishda yosh avlodning bilimli, barkamol bo‘lib yetishishi va mustaqil O‘zbekistonimizning fidoyi kadrlari bo‘lmog‘i uchun sharoitlar yaratib bermoqdalar, o‘zlarining har bir nutqlarida yoshlarning ta’lim tarbiyasi, bilim saviyasi, dunyoqarashini shakllantirish kabi dolzarb muammolarga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Biz quyida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning turli paytlarda so‘zlagan nutqlaridan iqtiboslar keltiramiz [4]
O‘zbekiston bugungi kunda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish rejalari ishlab chiqildi, bunda asosiy e’tibor Respublika uchun ilmiy kadrlar tayyorlashni kengaytirishga qaratilgandir. Bu haqda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirish joizdair [5]:
- “Mamlakatimizda istiqbolli yoshlarni qo‘llab – quvvatlash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ilmiy – tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun qo‘shimcha shart – sharoitlar yaratish borasida izchil chora – tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Shu bilan birga, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ilm egallashga bo‘lgan ishtiyoqi va intellektual salohiyatini oshirish, shuningdek, xalqaro maydonda mamlakatimizning nufuzini yanada yuksaltirish uchun iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish zarurati mavjud [6].”
Yoshlarni ilm – fanga qiziqtirish, respublikamiz hayotidagi dolzarb masalalarni hal etishga tayyorlab borish zarurdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” fi PF – 4947 – son farmonlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa normative – xuquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi [7].
Kasb – hunar kollejlari, litsey talabalari, oliy o‘quv yurtini tamomlayotgan har bir yosh mutaxassisni o‘z kasbining bilimdoni va jonkuyar qilib tayyorlash shu kunning eng birinchi talabidir.
Ahir, o‘ylab ko‘raylik, birodarlar, biz bugun ne – ne mashaqqatlar bilan qurayotgan davlatimiz, mustaqil va har jihatdan mustahkam mamlakatimiz ertaga kimning qo‘lida qoladi?
Bugungi katta islohotlar evaziga qo‘lga kiritayotgan yutuqlarimizni ertaga farzandlarimiz davom ettirishga qodir bo‘ladimi – yo‘qmi?.
Oliygohni bitirayotgan talabalarimiz o‘zlari egallagan mutahassislik bo‘yicha malakali mutaxassis bo‘lishlari, ilm – fanning, xalq xo‘jaligining turli jabxalaridagi o‘rnini anglab olgan bo‘lishlari kerak.
Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning yuqorida keltirilgan chaqiriqlariga amal qilgan holda har bir magistr ham oʻz izlanishlari bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshmogʻi kerak. Men ham ana sunday maqsadlarni amalga oshirishda oʻz hissamni qoʻshish maqsadida ushbu magistrlik dissertatsiyasini yozdim [8].
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. 18 – asrda oʻrtalarida Galton va Vatson familiyalarini yoʻqolib ketishi masalalarini yechish jarayonida ehtimollar nazariyasi tadbiqlaridan hisoblangan tarmoqlanuvchi jarayon uchun model tuzdilar, keyinchalik 1927 – yilda Xolden 1930 – yil Stefenson , 1938 – yilda Kolmogorov, 1931 – yilda Lodkov kabilar bu fanni boshlangʻich masalalarini yechdilar. Koʻpgina fanlarda bu jarayon oʻz aksini topgan. Demografiyada, meditsinada, kimiyoda, fizikada keng tadbiq qilinmoqda.
Hozirgi davrda Rossiyada, AQSH da, Yaponiyada, Oʻzbekistonda bu jarayon oʻrganilmoqda va tadbiq qilinmoqda. Oʻzbekistonda Sh.Farmonov rahbarligida oʻrganilmoqda.


Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə