Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning maxsus va nomahsus himoya


-rasm. Immunoglobulinlarning strukturasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə12/38
tarix21.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#118394
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
Иммунология

52-rasm. Immunoglobulinlarning strukturasi



Immunoglobulin A miqdori jihatidan qon zardobida IgG dan keyinda turadi va ikki xil ko'rinishda uchraydi: qon zardobida va organizmda ishlab chiqariladigan turli xil suyuqliklarda (sekretlarda). Shuning uchun ham sekretor immunoglobulin deb ataladi. Sekretor IgA oshqozon va ichak yo'llarida, o'pkada, jinsiy organlarning shilliq qavatida uchraydi. Bu immunoglobulin dimer holatida bo'lib, sekretor komponenti orqali monomer bilan birikkandir va shuning evaziga proteolitik fermentlar ta'sirida erib ketmaydi. IgA ning organizmda vazifasi juda muhim bo'lib, organizmga patogen bakteriyalarning kirishiga to'sqinlik qiladi, boshqacha qilib aytganda, IgA organizmda himoyaning birinchi chizig'ini tashkil qiladi (53-rasm). Immunoglobulin E yoki reagen antitelalarning qon zardobida miqdori ko'p emas (52-rasm). Organizmda juda kam bo'lgan plazmatik hujayralar uni ishlab chiqaradi. IgE ning Fc bo'lagi sitofil (hujayrani sevishi) xususiyatiga ega, shuning uchun antigen bilan birikkanda semiz hujayralarga birikib oladi va semiz hujayralarni degranulyatsiyaga uchratishi mumkin. Buning natijasida semiz hujayralar vazoaktiv aminlarni ajratib chiqara boshlaydi, bu esa organizmda pichan isitmasi, bronxial astma va shunga o'xshash simptomlarni keltirib chiqaradi.
Immunoglobulin E asosiy fiziologik funksiyasi organizmning shilliq qavatlarida yuqorida ko'rsatilgan yallig'lanish jarayonlarini keltirib chiqarish bilan birga, organizmni patogen mikroorganizmlardan himoya qiladi, ya'ni patogen bakteriyalar IgA ning qarshiligini shilliq qavatlar orqali yengib o'tsa, bu holatda IgE ga duch kelishi mumkin. IgE semiz hujayralar bilan birikib, yallig'lanish jarayonini keltirib chiqaradi va shu bilan birgalikda, boshqa limfotsitlarni yallig'lanish o'chog'iga migratsiya


53-rasm. Immunoglobulin A, shilliq qavatlarga chiqish mexanizmi



bo'lishiga signal beradi. Yallig'lanish o'chog'iga qon zardobidagi IgG, limfotsit va makrofaglar yog'iladi va patogen agentni yo'qotadi. Shu bilan birgalikda, IgE asosan allergik kasalliklarni keltiribchiqarishda organizmda qatnashadi.
Immunoglobulin IgD funksiyasi yaxshi o'rganilmagan, oxirgi ma'lumotlarga qaraganda limfotsitlarning membrana retseptori vazifasini bajarishi mumkin.
Organizmdagi antitelalar miqdori ularning organizmda qancha muddat saqlanib turishiga, antigen miqdoriga va uning necha marta, qanday usulda yuborilganligiga bog'liq. Mana shu jarayonni organizmda genotip boshqarib turadi, shuning uchun ham bir xil antigenga har xil genotipga ega bo'lgan organizmlar turlicha javob beradi.
Antigen va antitelalarning organizmda maxsus birikishidan tashqari, antigen va antitelalarning birikishi (in vitro)ni probirkalarda ham kuzatish mumkin. Bunday maxsus immunologik reaksiyalarni serologik reaksiyalar deb ataladi. Bularga: agglyutinatsiya, pretsipitatsiya, lizis, komplementni bog'lash, gemagglyutinatsiya va boshqa reaksiyalar kiradi. Bu serologik reaksiyalar maxsus birikishi va o'ta yuqori sezuvchanlikka ega bo'lganligi sababli tibbiyotda yuqumli kasalliklarga tashxis qo'yishda va bakteriologik amaliyotda ajratib olingan kulturani saralashda ishlatiladi.
Hamma serologik reaksiyalar ikki fazada boradi. Birinchi fazasi maxsus, ya'ni antigenning determinant gruppasi bilan antitelalar aktiv markazlarining birikishi. Ikkinchi fazasi maxsus bo'lmay, bunday reaksiyalar turiga qarab cho'kmaga tushishi yoki antigenning erishi kuzatiladi. Agar antitelalar kam dispersli va korpuskulyar antigenlar (mikrob, spiroxetalar) bilan biriksa, bu holda izotonik suyuqlikda mustahkam birikma hosil qilib, probirka tagiga cho'kma (aglomerat) holida tushadi (54-rasm). Bu immunologik reaksiyani agglyutinatsiya hodisasi deb ataladi.
Agglyutinatsiya reaksiyasi
Agglyutinatsiya reaksiyasida (lot.agglutinatio - yopishish) antitelalar yordamida mikrob, eritrotsit, leykotsit, trombotsit, to'qima hujayralari va ustiga antigen adsorbsiya qilingan korpuskulyar zarrachalar elektrolitli (0,85% NaCl eritmasi) muhitda bir-biriga yopishib, cho'kmaga tushadi. Korpuskulyar antigen «agglutinogen» deb ataladi. Agglyutinatsiya reaksiyasining mexanizmi «panjarani» eslatadi, bunda ikki valentli antitelaning bir faol markazi bir antigen bilan, antitelaning ikkinchi faol markazi ikkinchi antigen bilan birikishidan (54-rasm) birikma (agglyutinat) hosil bo'ladi. Bir-biriga yaqin mikroblar yopishsa, guruh agglyutinatsiya reaksiyasi kuzatiladi. Bu guruh, tur va variant antigenlari hisobiga ro'y beradi.
Maxsus, o'ziga xos immun zardobni bakteriya aralashmasiga qo'shilganda ular yopishadi, agglyutinatsiya hosil bo'lib, pilakchasimon yoki mayda donachalarga o'xshash cho'kmalar hosil bo'ladi. Agglyutinatsiya reaksiyasi monosistemasi to'g'ridan-to'g'ri sodir bo'ladigan ikki komponentli bo'lib, antitela (agglyutinin) va korpuskulyar antigen (agglyutinogen) qatnashadi. Reaksiya antitela va antigenlar miqdorining ma'lum nisbatida va elektrolit (0,85% NaCl ning eritmasi) ishtirokida sodir bo'ladi. Agglyutinatsiya reaksiyasi maxsus, agglyutinatsiya beruvchi zardob, bakteriya bilan o'ziga xosdir. Ammo qardosh, yaqin mikroorganizmlar bilan ham kam miqdorda bo'lsa-da ham agglyutinatsiya berishi mumkin.
Somatik (O) xivchinli (H) va Vi antigenlar tutuvchi harakatchan bakteriyalar bilan immunizatsiya qilingan hayvonlar organizmida Q-,H, Vi-agglyutininlar hosil bo'ladi. Agar turli bakteriyalarda guruh va turga xos antigenlar bo'lsa, ular bitta guruh antigenlarga qarshi antitelalar tutuvchi immun zardob bilan agglyutinatsiya berishi mumkin. Bu mikroorganizmlar identifikatsiyasini qiyinlashtiradi. Shunday holatlarda Kastellaning agglyutininlarni adsorbsiya qilish reaksiyasi o'tkaziladi. Bunda bir-biriga yaqin geterogen bakteriyalar immun zardobidan guruh, antitelalarni o'zlariga biriktirib oladilar, zardobda esa turga xos antitelalar



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə