In correction exercises spoken speech of


www.novateurpublication.com



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/58
tarix21.04.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#106622
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58
159-Book Manuscript-1506-1-10-20221117

www.novateurpublication.com 
13 
Qulog‘i og‘irlik natijasida bola nutqida bir qator kamchiliklar kuzatiladi: 
lug‘atining kambag‘al bo‘lishi, grammatik komponent rivojlanmagan — gap 
ichida so‘zlarni tashlab ketish, so‘zlarni noto‘g‘ri ishlatish, ularni o‘zaro bog‘lay 
olmaslik, kelishik, so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni ishlata 
olmaslik; tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish — o‘xshash, jarangli-jarangsiz 
undoshlarni bir-biri bilan adashtirish, tushirib ketish va boshqalar shular 
jumlasidandir. Bola nutqidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini 
bilmaslik orqasida ayrim tarbiyachi va o‘qituvchilar bolani dangasa, 
mas’uliyatsiz, bezori deb, unga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishadi, natijada bola 
injiq, yig‘loqi, serjaxl, gap o‘tmas bo‘lib qoladi, ya’ni unda ikkilamchi ruhiy 
o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.
Maxsus muassasalarda o‘z fikrini og‘zaki ifodalay olmasligini his etgan 
o‘quvchi yozma shaklda bayon etishni bilishi kerak deb aytilgan fikrni 
eshitganmiz. Ammo, agar bolada artikulyatsion apparat a`zolarida kamchilik 
bo’lmasa, bolaning bu sohalarida organik yoki funksional kamchiliklar 
bo’lmasa, nima uchun u yozma nutqdan yoki faqat imo-ishora nutqidan 
foydalanishi kerak?! Bu baxs-munozarali mavzu, shu boisdan, bizning fikrimiz 
bolajonlarimizni aynan kichik maktab yoshidan boshlab nutqiy va nonutqiy 
tovushlar bilan tanishtirish, ularga ovozni tanitish, ovoz orqali uni barcha tinglay 
olishini tushuntirish maqsadga muvofiq deb o`ylaymiz. Albatta, bu ish oson 
kechmaydi. Ammo , biz surdopedagoglar bolaning hayotda o’z o’rnini topib 
ketishiga zamin yaratib bergan bo’lamiz.
Maxsus ta’lim Yevropa va Amerika qit’alarining tobora katta hududlarini 
qamrab ola boshlagan bo‘lsa, nodavlat tashkilotlarining shakllanishi esa karlarni 
o‘qitish va tarbiyalash tizimining kelajakdagi rivojiga turtki beradi. XIX asrning 
oxiri va XX asrning boshlarida Yevropa va Amerika surdopedagoglari «sof 
og‘zaki metod» tizimida mavjud yuzakilikni bartaraf etish hamda uni 
takomillashtirishga harakat qildilar. Chunki bu tizim karlarni og‘zaki nutqqa 
o‘rgatishni asosiy maqsad qilib olgan holda, bolalarning umumta’lim fanlarini 
o‘zlashtira olishlari imkonini bermas edi. Nemis surdopedagogi I.Geynike 



Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə