In correction exercises spoken speech of


www.novateurpublication.com



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/58
tarix21.04.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#106622
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58
159-Book Manuscript-1506-1-10-20221117

www.novateurpublication.com 
16 
o‘zining mazmuniga ega bo‘lishi, hal etish yo‘llarining turli-tuman bo‘lishiga 
qaramay, barchasining diqqat markazida kar bolalarni tilga o‘qitish jarayonini 
qanday qilib ularning umumiy rivojlanishlari bilan bog‘lash, ularning aqliy 
rivojlanishini to‘xtatmay turib, nutq shakllaridan qay tarzda va qanday ketma-
ketlikda foydalanish orqali so‘zlashuv nutqiga, atrofdagilar bilan muloqot 
qilishga, o‘qish va yozishga o‘rgatish kabi muammolarning еchimini topish 
muhim o‘rin egallagan edi.
Respublikamizda surdopedagogikaning ilmiy asoslanishi o‘tgan asrning 
80-yillaridan boshlandi. Milliy surdopedagogikamizda olib borilgan qator 
tadqiqotlar mamlakatimizda mavjud eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar 
maxsus maktab-internatlar ta’lim-tarbiya jarayonini hududiy sharoitlar, o‘zbek 
tili xususiyatlariga mos holda takomillashtirish yo‘l va vositalarini ilmiy 
jihatdan asoslab berishga yo‘naltirildi. Surdopedagogika sohasida ilk bor 
N.Sh.Bekmurodov tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida 
hududimizga mos ravishda maxsus maktab-internatlar kun tartibi, o‘quv 
jarayonini tashkil qilishda hisobga olinishi lozim bo‘lgan talablar ishlab 
chiqilgan bo‘lsa, X.M.Gaynutdinovning ilmiy izlanishlari natijasida ilk bor 
O‘zbekiston sharoitida eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarni kasbiy – mehnatga 
tayyorlash, keyingi mehnat faoliyatlari jarayonini takomillashtirishga qaratilgan 
tavsiyalar, bunday shaxslar ijtimoiy moslashuvlari darajasini ko‘tarish yo‘llari 
ochib berildi. Alimxodjayevaning uzoq yillik amaliy tajribasi maxsus o‘qitish 
jarayonida didaktik materiallardan foydalanishning tabaqalangan metodikasini 
ishlab chiqish hisobiga zaif eshituvchi o‘quvchilar eshitish idrokini rivojlantirish 
tizimini takomillashtirish yo‘llarini ilmiy jihatdan asoslab berishiga asos bo‘ldi 
U.Yu.Fayziyevning ilmiy-tadqiqot ishi zaif eshituvchi bolalarga ona tilini 
o‘rgatish muammolarini hal qilishga qaratilgan ilk tadqiqot bo‘lib, unda 
maktabga tayyorgarliksiz kelgan zaif eshituvchi bolalarning dastlabki nutqiy 
imkoniyatlari (so‘z boyligi: faol va nofaol nutqi), eshitishining yo‘qolish 
sabablari va vaqti o‘rganildi, bunday bolalarni savodga tayyorlash va savod 
o‘rgatish metodikasi ilk bor nazariy jihatdan asoslab berildi. Ya’ni tadqiqotchi 



Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə