In correction exercises spoken speech of


www.novateurpublication.com



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/58
tarix21.04.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#106622
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
159-Book Manuscript-1506-1-10-20221117

www.novateurpublication.com 
12 
umuman rivojlanib, kamol topib borishiga, dastur materiallarini o‘zlashtirishiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Eshtish nuqsonlari bor bolalar maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan 
o‘qitilishi va tarbiyalanishi kerak. Eshitish nuqsonlarining yengil darajalari 
ham bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, bog‘cha va maktab 
dasturlarining o‘zlashtirishda bir qator o‘ziga xos qiyinchiliklar kelib chiqishiga 
sabab bo‘ladi. Kichik yoshdagi bolalarning eshitish qobiliyati nutqi 
rivojlangandan so‘ng, masalan,. ikki yoshida yo‘qolganida ham karlik natijasida 
bola atrofdagilar nutqini eshitmaydi va hattoki bilganlarini ham asta-sekin 
unutadi, boladagi karlik bilan soqovlik qo‘shilib u kar-soqov bo‘lib qoladi. 
Bolaga o‘z vaqtida maxsus yordam ko‘rsatilmasa, unda aqli zaiflik belgilari ham 
paydo bo‘ladi. Biroq nuqsonning o‘rnini to‘ldirib, boshkaruvchi jarayonlarni 
aktivlashtiruvchi maxsus, korreksion rostlaydigan sharoit boladagi nuqsonlarni 
bartaraf etib, ularning ham nugqiy rivojlanishini, ham umumiy, aqliy 
rivojlanishini ta’minlaydi.
Zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha tarbiya 
muassasasi hamda maktab-internatda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. 
Maxsus muassasalardagi tarbiyachi va o‘qituvchilar bunday bolalarning tegishli 
ta’lim-tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak.
Yuqorida qayd etilganidek, surdopedagogikada eshitish qobiliyati zaif 
bolalarga kar-soqov, tug‘ma hamda keyinchalik zaif eshituvchi bo‘lib qolgan 
bolalar kiradi. Zaif eshituvchi bolalar o‘z navbatida eshitish qobiliyatining 
nechog‘liq buzilganiga qarab yengil, o‘rta va og‘ir darajali kamchiligi bor 
bolalarga bo‘linadi. Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar ovoz bilan 
gapirilgan nutqni 6—8 m masofadan ovoz chiqarmay, shivirlab gapirilgan gapni 
quloq suprasidan 3—6 m masofada eshitadi. O‘rta darajadagi qulog‘i og‘ir 
bolalar ovoz chiqarib gapirilgan gapni 4—6 m,' ovozsiz pichirlab gapirilganini 
1—3 m masofadan eshitadi. Og‘ir darajali qulog‘i zaif eshitishda bola o‘rta 
me’yorda ovoz bilan gapirilgan gapni quloq suprasidan 2 m, shivirlashni 0,5 m 
masofadan eshitadi, xolos. 



Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə