Individualloyih a


Korxonalarda moliyaviy resurslardan boshqarish amaliyoti tahlili



Yüklə 195,69 Kb.
səhifə10/12
tarix22.03.2024
ölçüsü195,69 Kb.
#182906
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
individual loyiha

3.2. Korxonalarda moliyaviy resurslardan boshqarish amaliyoti tahlili
Korxona va tashkilotlari moliyaviy resurslari - bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ixtiyorlarida bulgan va turli xarakterdagi moliyaviy majburiyatlarni bajarishga, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni barqarorligini ta’mnlashga doir xarajatlarni amalga oshirishga mulljallangan pul daromadlari va tushumlaridir. Rossiyalik iqtisodchi V.M.Rodionovaning fikricha, moliyaviy resurslarni shakllantirishning asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi: - korxonaning xususiy va unga tenglashtirilgan mablag’lari; -moliyaviy bozorlardan jalb qilingan resurslar; -moliya bank tizimidan qayta taqsimlash natijasida kelib tushgan mablag’lar.
Korxonaning xususiy va unga tenglashtirilgan mablag’lari qatoriga foydaning hamma turlari, amortizatsiya, mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum, barqaror passivlar, chiqarib yuborilgan mulklarni sotishdan tushgan tushumlar va boshqalar hisoblanadi. Moliyaviy bozorlardan jalb qilingan mablag’larga xususiy aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa kimmatli kogozlarni sotishdan tushgan tushum va kredit investitsiyalari kiritiladi. Qayta taqsimlash tartibidagi pul mablag’lariga sug’urta to’lovlari, dividentlar va foizlar, pay badallari, byudet subsidiyalari va boshqalar kiritiladi. Bizning fikrimizcha, moliyaviy resurslar kategoriyasini bu usulda yoritish nisbatan hamchiliklarga egadir. Chunki, moliyaviy resurslarga ta’rif berilganda moliyaviy majburiyatlarni bajarishga yo’naltirigna pul daromadlari va tushumlari ham kiritilgan. Moliyaviy resurslarning manbalari sifatida esa asosan xususiy va unga tenglashtirilgan mablag’lar hisoblanmoqda. Ma’lumki, korxonaning oldidagi byudjetga to’lovlar (soliqlar) va ajratmalar, byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar shaklidagi to’lovlarning nafakat foydadan tulanadi. Balki, ularnin ma’lum qismi, tannarxni tarkibiga ham kiritiladi. Shuning uchun ham korxonaning xususiy moliyaviy resurslarini shakllanish manbalari yalpi foyda emas balki yalpi daromad hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, moliyaviy resurslarni shakllantirishning asosiy manbai xo’jalik sub’ektlari darajasida yalpi daromad va amortizatsiya hisoblanadi. Umumiy olib qaraganda uning bosh manbai mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum hisoblanadi. Chunki, yalpi daromadni shakllanishi ham amortizatsiya ajratmalarini shakllanishini ham tannarx xarajatlari elementi sifatida mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum taqsimlanishi natijasida chiqariladi.
Korxonalar doirasida shakllantiriladigan moliyaviy resurslarning o’lchami, zaruriy kapital quyilmalarni moliyalashtirish, aylanma mablag’larni ko’paytirish, hamma turdagi moliyaviy majburiyatlarni amalga oshirish, ijtimoiy xarakterdagi ehtiyojlarni ta’minlash imkoniyatlarini aniqlaydi. Korxonalarda mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushumning tarkibiy elementi sifatida moliyaviy resurslar fondli va nofondli kurinishlarda foydalaniladi.Chunki, moliyaviy resurslarni bir qismi hisobiga turli xil pul fondlari shakllantiriladi, shuningdek uning ma’lum bir qismi, korxonaning majburiyatlarini bajarish uchun yo’naltiriladi.
Amaliyotda, pul mablag’lari, pul moliyaviy resurslar, pul fondlari tushunchalari guyoki bir xildagidek qabul qilinadi. Ammo, ularning urtasida jiddiy farklanishlar ham mavjud. Pul mablag’lari moliyaviy resurslarga nisbatan kengrok ma’noga ega bulgan tushunchadir. Moliyaviy resurslar esa korxona pul mablag’larining fakatgina aylanmada bulgan qisminigina anglatadi. Pul fondlari esa moliyaviy resurslardan fondli shakllardagi yo’nalishlarda foydalanish natijasida shakllantirilgan foyda hisoblanadi. Pul mablaglari va moliyaviy resurslarning urtasidagi fark mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum mohiyatini yoritish misolida aniqlanadi. Korxonaning bankdagi hisob rahamiga kelib tushgan tushumning umumiy summasi pul mablag’lari o’lchamini bildiradi. Mazkur pul mablag’lari umumiy summasidan sezilarli qismi, xom ashyo, materiallar, yokilgi, elektorenergiya shaklida ishlab chiqarish jarayoniga avanslashtirilgan shaklidagi aylanma mablag’lar va kolgan qismi sof tushum sifatidagi yalpi daromad moliyaviy resurslarning manbai hisoblanadi. Korxonalar moliyaviy resurslarining shakllanish manbalari.
Xar qanday korxonalarda takror ishlab chiqarish jarayonining moddiy texnik asosi asosiy ishlab chiqarish fondlari hisoblanadi. Yangi tashkil qilingan korxonalarda asosiy fondlarning shakllantirilishi nizom kapitalining bir qismi hisoblanuvchi asosiy vositalar hisobiga amalga oshiriladi. Asosiy fondlarni jalb qilish va korxonalar balansiga qabul qilish vaqtida asosiy vositalarning miqdori miqdor jihatidan asosiy fondlarning qiymatiga tuyori keladi. Keyinchalik asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi natijasida (A.F.larni ekspluatatsiya qilish) ularning qiymati 2ga ajratiladi: bir qismi eskirishga teng bo’ladi, ikkinchi qismi amaldagi asosiy fondlarning qoldiq qiymatiga teng bo’ladi.
Mahsulot ishlab chiqarish natijasida asosiy fondlarning eskirgan qiymati mahsulot realizatsiyasi natijasida tushadigan pul tushumlari taqsimlanishi jarayonidagi maxsus amortizatsiya fondlarida pul shaklida jamgarilib boradi. Mazkur fond xar yillik amortizatsiya ajratmalari shaklida jamgarilib boradi va oddiy va qisman kengaytirilgan asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishda foydalaniladi. Amortizatsiya ajratmalarini asosiy fondlarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga yo’naltirilishi uni hisoblash va sarflanish xususiyatlariga bog’liqdir. Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondalring me’yordagi xizmat muddatlari mobaynida ajratiladi va uning sarflanish zarurati asosiy fondlarni faktik chiqarib tashlangandan so’ng amalga oshiriladi. Shuning uchun chiqarib tashlanishi lozim bulgan asosiy fondlarni almashtirgunga qadar hisoblangan amortizatsiya vaqtincha bo’sh mablag’ hisoblanadi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda foydalanib turish mumkin bo’ladi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti mamlakatlari iqtisodiyotida korporativ mulk va aktsiyadorlik jamiyatlari hal qiluvchi o’rinni egallaydi.
Har qanday rivojlangan mamlakatdagi eng qudratli va eng tez rivojlanayotgan kompaniyalar aktsiyadorlik jamiyatlari ko’rinishida tashkil etilgan. Jahon tajribasini e’tiborga olgan holda O’zbekistonda ham yirik korxonalarning deyarli barchasi va o’rta korxonalarning asosiy qismini xususiylashtirish jarayonida ularni aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Aktsiyadorlik jamiyatlari sanoat, qurilish, transport va savdo sohalarida yalpi ichki mahsulotning asosiy qismini ishlab chiqarmoqda. Korxonalar moliyasi jamiyat mikyosida yaratilgan milliy daromadni takismlash va kayta taksimlash, pul fonlarini shakllantirish va shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish bilan bog’lik bulgan pul munosabatlarni anglatib ikki yirik soxaga: davlat moliyasi va korxonalar moliyasiga bulinadi.
Davlat moliyasining bosh markazida jamiyat yaa’zolari tomonidan yaratilgan milliy daromadni taksimlanish jarayoni turadigan bulsa, korxonalar moliyasining markazida realizatsiyadan tushgan tushum turadi. Shuning uchun xam maxsulot realizatsiyasidan, ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlardan tushgan tushum shakllanishi va uning taksimlanish jarayoni korxonalarda moliyaviy munosabatlarni shakllanishini asosi xisoblanadi. Chunonchi, aksariyat moliyachi-iktisodchilar takror ishlab chikarish jarayonining taksimlash va ayirboshlash boskichlari korxonaning moliyaviy faoliyatini boshlanish boskichi xisoblanadi deb ta’kidlaydilar. Umuman koxonalarda mavjud ijtimoiy takror ishlab chikarish jarayonini xamma boskichlarini 3 turga: investitsion faoliyat, operatsion faoliyat va moliyaviy faoliyat kabi turlarga ajratishimiz mumkin. Investitsion faoliyat maxsulot ishlab chikarish uchun zaruriy asosiy va aylanma kapitallarni shakllantirish uchun amalga oshiriladigan investitsion faoliyat bilan bog’lik jarayonni uz ichiga oladi. Operatsion jarayon esa maxsulot ishlab chikarish davri yoki maxsulot ishlab chikarish texnologik jarrayonlari bilan bog’lik xisoblanadi. Moliyaviy faoliyat esa ishlab chikarilgan maxsulotni realizatsiyasidan tushgan tushumni taksimlanishi natijasida markazlashtirilgan va markazlashtirimagan pul fondlarini shakllantirish bilan bog’lik munosabatlarni uz ichiga olib korxona iktisodiy moliyaviy faoliyatining xakikiy natijalarini baxolab beruvchi jarayon xisoblanadi.
Korxonalar moliyasining mavjudligi tovar-pul munosabatlarining mavjudligi va kiymat konunining amal kilishi bilan belgilanadi. Ishlab chikarilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlarning realizatsyasi tovar kiymatining puldagi ifodasi xisoblanuvchi narxlar buyicha pulga sotish va sotib olish yuli bilan amalga oshiriladi. Tovarlar realizatsiyasi natijasida olingan pul tushumlaring taksimlanishi natijasida korxonalarda turli xo’jalik sub’ektlari bilan uzaro moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi. Bunday moliyaviy munosabatlar yaratilgan tovarlarning kiymati nuktai nazaridan uzaro unda ishtirok etuvchilar urtasidagi taksimot munosabatlari yuzasidan sodir bo’ladi. Shuning uchun xam xar kanday ishlab chikarilgan tovarlar, ularni sotib oluvchilar, maxsulot etkazib beruvchilar, turli xil xizmat ko’rsatuvchilar va davlat byudjeti urtasida kiymat taksimot munosabatlari amalga oshiriladi. Har qanday qiymat taqsimot munosabatlari umumiy ekvivalent ya’ni pullar vositasida amalga oshiriladi. Shuningdek taqsimlash xarateridan iborat bulgan pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlarni uzida aks ettiradi.
Moliyaning alohida xususiyati uning taqsimlash funksiyasi natijasida markazlashtirlgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish bilan belgilanadi. Aynan mazkur pul fondlarining bosh moliyaviy manbai korxonalar mahsulot realizatsiyasi(ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar)dan tushgan tushum hisoblanadi. Tushumni birlamchi taqsimlanishida soliqlarning roli alohida ahamiyatga ega. Tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarida faoliyat yurituvchi xualik sub’ektlari asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlarini shakllantirish turli shakldagi xo’jalik operatsiyalari moliyaviy natijalarini taqsimoti jarayonidagi pul jamyoarmalari hisobiga tashkil qilinuvchi moliviy resurslar vositasida amalga oshiriladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda «Moliyaviy resurslar» tushuchasidan keng foydalaniladi. Mazkur moliyaviy kategoriyaning mohiyatini bir ma’noda va asoslangan holda talkin qilishnafakat nazariya uchun balki korxonalar moliyaviy faoliyatini amalga oshirish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona va tashkilotlari moliyaviy resurslari -bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ixtiyorlarida bulgan va turli xarakterdagi moliyaviy majburiyatlarni bajarishga, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni barqarorligini ta’mnlashga doir xarajatlarni amalga oshirishga mulljallangan pul daromadlari va tushumlaridir.
Rossiyalik iqtisodchi V.M.Rodionovaning fikricha, moliyaviy resurslarni shakllantirishning asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi:
- korxonaning xususiy va unga tenglashtirilgan mablag’lari;
-moliyaviy bozorlardan jalb qilingan resurslar;
-moliya bank tizimidan qayta taqsimlash natijasida kelib tushgan mablag’lar.
Korxonaning xususiy va unga tenglashtirilgan mablag’lari qatoriga foydaning hamma turlari, amortizatsiya, mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum, barqaror passivlar, chiqarib yuborilgan mulklarni sotishdan tushgan tushumlar va boshqalar hisoblanadi. Moliyaviy bozorlardan jalb qilingan mablag’larga xususiy aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa kimmatli kogozlarni sotishdan tushgan tushum va kredit investitsiyalari kiritiladi. Qayta taqsimlash tartibidagi pul mablag’lariga sug’urta to’lovlari, dividentlar va foizlar, pay badallari, byudet subsidiyalari va boshqalar kiritiladi. Bizning fikrimizcha, moliyaviy resurslar kategoriyasini bu usulda yoritish nisbatan hamchiliklarga egadir. Chunki, moliyaviy resurslarga ta’rif berilganda moliyaviy majburiyatlarni bajarishga yo’naltirigna pul daromadlari va tushumlari ham kiritilgan. Moliyaviy resurslarning manbalari sifatida esa asosan xususiy va unga tenglashtirilgan mablag’lar hisoblanmoqda. Ma’lumki, korxonaning oldidagi byudjetga to’lovlar(soliqlar) va ajratmalar, byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar shaklidagi to’lovlarning nafakat foydadan tulanadi. Balki, ularnin ma’lum qismi, tannarxni tarkibiga ham kiritiladi. Shuning uchun ham korxonaning xususiy moliyaviy resurslarini shakllanish manbalari yalpi foyda emas balki yalpi daromad hisoblanadi.
Bizning fikrimizcha, moliyaviy resurslarni shakllantirishning asosiy manbai xo’jalik sub’ektlari darajasida yalpi daromad va amortizatsiya hisoblanadi. Umumiy olib qaraganda uning bosh manbai mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum hisoblanadi. Chunki, yalpi daromadni shakllanishi ham amortizatsiya ajratmalarini shakllanishini ham tannarx xarajatlari elementi sifatida mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum taqsimlanishi natijasida chiqariladi.
Korxonalar doirasida shakllantiriladigan moliyaviy resurslarning o’lchami, zaruriy kapital quyilmalarni moliyalashtirish, aylanma mablag’larni ko’paytirish, hamma turdagi moliyaviy majburiyatlarni amalga oshirish, ijtimoiy xarakterdagi ehtiyojlarni ta’minlash imkoniyatlarini aniqlaydi. Korxonalarda mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushumning tarkibiy elementi sifatida moliyaviy resurslar fondli va nofondli kurinishlarda foydalaniladi.Chunki, moliyaviy resurslarni bir qismi hisobiga turli xil pul fondlari shakllantiriladi, shuningdek uning ma’lum bir qismi, korxonaning majburiyatlarini bajarish uchun yo’naltiriladi.
Amaliyotda, pul mablag’lari, pul moliyaviy resurslar, pul fondlari tushunchalari guyoki bir xildagidek qabul qilinadi. Ammo, ularning urtasida jiddiy farklanishlar ham mavjud. Pul mablag’lari- moliyaviy resurslarga nisbatan kengrok ma’noga ega bulgan tushunchadir. Moliyaviy resurslar esa korxona pul mablag’larining fakatgina aylanmada bulgan qisminigina anglatadi. Pul fondlari esa moliyaviy resurslardan fondli shakllardagi yo’nalishlarda foydalanish natijasida shakllantirilgan foyda hisoblanadi. Pul mablag’lari va moliyaviy resurslarning urtasidagi fark mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum mohiyatini yoritish misolida aniqlanadi. Korxonaning bankdagi hisob rahamiga kelib tushgan tushumning umumiy summasi pul mablag’lari o’lchamini bildiradi. Mazkur pul mablag’lari umumiy summasidan sezilarli qismi, xom ashyo, materiallar, yokilgi, elektorenergiya shaklida ishlab chiqarish jarayoniga avanslashtirilgan shaklidagi aylanma mablag’lar va kolgan qismi sof tushum sifatidagi yalpi daromad moliyaviy resurslarning manbai hisoblanadi.



Yüklə 195,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə