Individualloyih a


Korxonaning moliyaviy resurslarini baholash amaliyoti tahlili



Yüklə 195,69 Kb.
səhifə11/12
tarix22.03.2024
ölçüsü195,69 Kb.
#182906
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
individual loyiha

3.3. Korxonaning moliyaviy resurslarini baholash amaliyoti tahlili
Korxonada boshqaruv tuzilmasi faoliyatini takomillashtirish bo’yicha yangi g‘oyalar ishlab chiqish imkoniyatini yaratish va ularni amaliyotga tadbiq etish va korxonaning ijtimoiy muhitini yaxshilash yo’nalishlarida tadbirlarni qo’llash maqsadga muvofiq deb topildi. Korxonaning moliyaviy holatiga baho berishda balans ma‘lumotlari asosida nisbiy ko’rsatkichlami aniqlash va tahlil qilish katta ahamiyatga ega bo’ladi, chunki ular asosida moliyaviy holatni yaxshilash imkoniyatlari aniqlanadi. Korxonaning moliyaviy holatiga baho berishda mutlaq ko’rsatkichlarga qaraganda, nisbiy ko’rsatkichlar keng qo’llaniladi. Nisbiy ko’rsatkichlar amaliyotda moliyaviy koeffitsientlar, deb ataladi. Moliyaviy koeffitsientlarni hisoblashda mutlaq ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Korxona moliyaviy holatiga baho berishda quyidagi moliyaviy koeffitsientlar ko’proq ishlatiladi:
1. Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti.
2. To’lovga qodirlik koeffitsienti.
3. O’z va qarz mablag'larining o’zaro nisbati koeffitsienti.
4. O’z aylanma mablag'lari bilan ta‘minlanish koeffitsienti.
5. Moddiy aylanma mablag’lar hissasi koeffitsienti.
Yuqorida ta`kidlab o`tilgan takliflardan korxonani boshqarishda qo`llansa, menejment samaradorligini oshishi va natijada iqtisodiy mustahkam faoliyat yuritishga erishish mumkin.
Aksariyat korxonalarda moliyaviy holatning yomonlashuvi ko’p jihatdan katta hajmdagi debitorlik va kreditorlik qarzlarining to’planib qolishiga bog‘liq bo’ladi. Debitorlik qarzlarining katta hajmda paydo bo’lishi korxona mablag’larini muomaladan chiqaradi, o’z aylanma mablag’larining yetishmovchiligiga sababchi bo’ladi, natijada, kreditorlik qarzining oshishiga olib keladi, bular hammasi moliyaviy holatga salbiy ta‘sir qiladi. Shuning uchun ushbu qarzlar bilan bog’liq bo’lgan jarayonni uzluksiz ravishda tahlil etib turish zarur.
Korxona tomonidan boshqa korxona va tashkilotlarga to’lanishi zarur bo’lgan majburiyatiar kreditor qarzlar deb, korxonaga boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan to’lanishi zarur bo’lgan majburiyatiar esa debitorlik qarzlari, deb tushuniladi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari hisob-kitoblarning doimiy yondoshi hisoblanadi. To’lov muddatining cho’zilib ketishi korxonalar moliyaviy holatiga salbiy ta‘sir qiladi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarning mavjud holatini o’rganish asosida ular bo’yicha aylanish davrini tezlashtirish imkoniyatlari aniqlash negizida moliyaviy holatni yaxshilash tahlilning asosiy maqsadi hisoblanadi. Tahlil etishda debitorlik va kreditorlik majburiyatlarning holatiga, tarkibiga, tarkibiy tuzilishiga, tashkil topish muddatlariga, dargumon qarzlarning yuzaga chiqishiga baho beriladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tahlili taqqoslash usuli yordamida quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda debitorlik va kreditorlik qarzlarining tarkibi hamda tarkibiy tuzilishi o’rganiladi. Buning uchun, avvalo, har bir qarz, turi hajmi va uning hissasi aniqlanadi. Buxgalteriya balansida ko’rsatilgan debitorlik va kreditorlik arzlarining jamiga nisbatan har bir qarz turining hissasini shu qarz summasini 100%ga ko’paytirib, jamiga bo’lish orqali aniqlanadi. Shundan keyin tahlil amalga oshiriladi. Hisobot davrining oxiridagi qarzlar hajmini davr boshidagi qarzlar hajmiga, davroxiridagi hissasini davr boshidagi hissasiga solishtirilib, o’zgarishi (ko’paygan yoki kamayganligi) aniqlanadi. Ushbu o’zgarish mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, investitsiya foliyati bu har qanday jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy davlat fuqarolari va yuridik shaxslari kabi investitsiya subyektlari tomonidan daromad olish, mavjud kapitallarni ko’paytirish yoki boshqa foydali natijalarga erishish maqsadida turli faoliyat sohalariga kapitallarni joylashtirish va ularni boshqarish yuzasidan amalga oshiriladigan amaliy harakatlar majmuidir. Shu nuqtai nazardan aytish joizki, investitsiya faoliyat tushunchasining mazmunida investitsiyalash maqsadi, obyekti va uning yo’nalishlari, investitsiyalash bilan bog’liq tashkiliy-huquqiy harakatlar va nihoyat, muayyan ijobiy samara (foyda) olish motivi yotadi. Investistiya faoliyatining tasniflanishi esa investorlar tomonidan kapital qo’yilamalarning maqsadini hamda obyektini aniqlashda, kapital qo’yilayotgan soha yuzasidan aniq tassavurga ega bo’lishga, ular xususida kengroq obyektiv ma’lumotlar olishga imkon beradi.
Korxonalar moliyaviy resurslardan samarali foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Moliyaviy resurslardan samarali foydalanishda albatta bir birlik foydalanilayotgan moliyaviy resurslardan keladigan foyda miqdorini oshirishga harakat qilinadi. Korxona moliyaviy resurslari korxonaning faoliyat yuritishini ta’minlaydi. Korxronalarda faoliyat boshlanishida moliyaviy resurslarning shakllanish manbalarining eng asosiy qismini korxona ustav kapitali tashkil etadi. Ammo takror ishlab chiqarish jarayonida korxonalarda mahsulot sotishdan tushum moliyaviy resurslarning asosiy qismini shakllantiradi. va undan so’ng korxonaning turli maqsadlaridan kelib chiqqan holda moliyaviy resurslardan foydalaniladi. Amartizatsiya fondi ham korxonalarda moliyaviy resurslar shakllanishining asosiy manbalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Amartizatsiya fondining o’ziga xos xususiyati shundaki, korxona faoliyatiga kirim qilingan asosiy vositalari va nomoddiy aktivlar qiymati asta sekinlik bilan mahsulot tannarxi tarkibiga amartizatsiya sifatida kiritili boriladi va mahsulot realizatsiyasidan so’ng fond sifatida shakllanib boradi. Bunda ushbu uzoq muddatli aktivlar qiymatidan amartizatsiya hisoblash natijasida amartizatsiya fondi shakllanadi va bu fondning moliyaviy resurslari vaqtinchalik, ya’ni kelgusida uzoq muddatli aktivlar sotib olgunga qadar joriy aktivlar qismini moliyalashtirib turadi. Ya’ni korxonalar to asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotib olgunga qadar, bu fond mablag’laridan bir necha marta ishlab chiqarishni kengaytirish va sifatini oshirishga foydalanishi mumkin. Shuning uchun ham korxonada ishlab chiqarishni amalga oshirishda eng asosiy moliyaiy manbalardan biri ham amratizatsiya fondining moliyaviy resurslari hisoblanadi.
Umuman olganda korxonalarda moliyaviy resurslarning foydalanishda avvalambor ushbu moliyaviy resurslarni bir joyga pul fondi sifatida yig’iladi va bu pul fondining resurslaridan belgilangan maqsad yo’nalishlarida foydalaniladi. Korxonalarda moliyaviy resurslarning miqdori qancha bo’lishi emas balki moliyaviy resurslarning aylanuvchanligi qancha katta bo’lishi muhimroqdir. Chunki moliyaviy resurslar qancha tez aylansa, oz mablag’lar bilan ham ma’lum bir davrda katta ishlab chiqarishni amalga oshirish va barcha xarajatlarni qoplash mumkin. Moliyaviy resurslar juda sekin aylansa ko’p moliyaviy resurslar bilan ham bir ishlab chiqarishni moliyalashtirish mushkul bo’lib, hattoki ishlab chiqarish ma’lum bir muddatga to’xtab qolishi ham mumkin. Bundan tashqari debitorlik qarzlari oshib ketib, soliqlarni ham o’z vaqtida to’lolmaganlik uchun yana turli penya va jarimalar kelib chiqadi. Bu esa korxona moliyaviy holatiga juda salbiy ta’sir ko’rsatadi. Moliyaviy resurslardan samarali foydalanish maqsadida faoliyatdagi risk darajasini ham o’rganib, shunga mos ravishda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish maqsadga muviqdir. Risk darajasi qancha yuqori bo’lsa, sarflanadigan moliyaviy resurslarning qaytib kelishida xavf ham yuqori bo’ladi. Yuqori risk ham yuqori daromad keladigan joyda bo’ladi. Bunday sharoitda ko’p holatlarda moliyaviy menejerlar ko’p daromad oladigan sohaga moliyaviy resurslarni yo’naltirib, natijada ko’p daromad olish o’rniga zarar bilan chiqish holatlari sodir bo’ladi. Misol tariqasida o’tgan yillardagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuz berishidan sal oldin kishilarning daromad olaman deb yuqori risk bo’lgan qimmatli qog’ozlarni sotib olishga yo’naltirgan moliyaviy resurslari havoga uchdi. Demak risk bor joyda, risklilik darajasi inobatga olingan holda moliyaviy resurslarni ham shunga moslab sarflash, bunda zaxiraga moliyaviy resurslar qoldirish maqsadga muvofiqdir. Bunda agar korxona riskdan yutqazsa, shu ajratilgan ozgina mablag’ini yutqazadi, agar riskdan yaxshi chiqsa, ozgina mablag’idan yuqori daromad oladi. Demak korxonaning moliyaviy resurslar risk past joyga ko’proq sarflanib, risk yuqori bo’lgan joyga kamroq sarflanishi maqsadga muvofiqdir.
Korxonalarda soliq hisob kitoblarini ham to’g’ri yo’lga qo’yish ham muhim ahamiyat kasb etar ekan. Chunki soliqlarni noto’g’ri hisoblanishi korxona uchun keyinchalik ortiqcha jarimalar to’lashga majbur bo’lib qoladi. Bu moliyaviy holatga juda salbiy ta’sir ko’rsatadi. Soliqlarni o’rganib, soliqlarni kamroq to’lashning qonuniy tomonlarini aniqlash, ya’ni soliq imtiyozlaridan foydalanish 68 yo’llarini aniqlash ham korxonaning kamroq soliq to’lashiga olib kelib, korxona moliyavi barqarorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.



Yüklə 195,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə