“Informatika va axborot texnologiyalari”



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/103
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#162175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
PedPsix lar uchun TAYYOR-laboratoriya ishlari (1)

5.
 
Kompyuter xonasida o‘tkazilayotgan dars paytida talabalarga tana mushaklarda va ko‘zlarda zo‘riqish hosil 
bo‘lmasligi uchun davomi 2-3 minutdan iborat dam berilishi lozim.
 
 
Ish stolida fayl, papka va yorliqlar yaratish. 
Maqsad: 
Fayllar va papkalar bilan ishlash: yaratish, nusxalash, o‘chirish, ularni boshqa papkalarga 
ko‘chirish kabi ishlarni o‘rgatish. 
Vazifa:
Har bir talaba yangi nom bilan papka hosil qilish va unga ma’lumotlarini joylashtirish ishlarini 
olib borish. 
 



1-LABORATORIYA ISHI. SETUP DASTURI YORDAMIDA KOMPYUTERLARNI SOZLASH. 
QOBIQ DASTRULAR VA ARXIVATORLAR. 
 
Ishning maqsadi: BIOS haqida boshlang’ich ma’lumotlar olish. Kompyuterning boshlang`ich 
sozlamalarini amalga oshirish usullari bilan tanishish. BIOS dasturiy va qurilmaviy sozlashlarini 
o`rganish. Total Commander dasturda ishlash ko`nikmalarini hosil qilish. WinRAR arxivlash 
dasturi orqali fayllarni "siqish" va "ochish".
Kerakli jihozlar
: kompyuter, operasion sistema, dastur. Total Commander va arxivlash dasturlari. 
Masalaning qo`yilishi: 
1.
BIOS haqida ma’lumotlar olish. 
2.
BIOSni dasturiy o’rganish. 
3.
BIOSni qurilmaviy o`rganish. 
4.
Total Commander dasturi imkoniyatlari bilan tanishihs va unda ishlash jarayonlarini o`rganish. 
5.
Fayllarni arxivlash 
Qisqacha nazariy ma’lumot: 
Ofislardagi shaxsiy kompyuter va qurilmalarni elektr manbaiga ulashdan so`ng ularni ishlatishda 
BIOS dan foydalaniladi. U tizim platada joylashgan alohida mikrosxema bo`lib, faqat o`qish va saqlash 
rejimlarida ishlaydi, yozish mumkin emas. U energiyaga bog`liq emas, chunki alohida akkumlyator 
batareykasidan ta’minlanadi. BIOS hajmi kichik bo`lib, unda ishlab chiqarilgan zavodda dasturlar yoziladi 
va doimiy saqlanishi uchun akkumlyator batareykasidan energiya bilan ta’minlanadi. Dasturning asosiy 
vazifasi kompyuter tok manbaiga qo`shilgandan so`ng, avtomatik ravishda barcha qurilmalarning ish 
faoliyatini nazorat qiladi. U qo`yidagi amallarni bajaradi: 
Kompyuterning asosiy qurilmalarini testdan o`tkazish. Asosiy qurilmalarda nosozlik o`chramaganda 
operatsion sistemaning boshlang`ich yuklash modulini operativ xotiraga yuklaydi. 
Operatsion sistemaning qolgan modullarini tashqi tezkor xotiraga yuklaydi. 
BIOS (doimiy xotira) — Pentuum tipidagi kompyuterlarda mavjud bo`lib, ulardagi ma’lumotlar 
mikrosxema tayyorlanayotganda yoziladi. Bu ma’lumotlardan keyinchalik kompyuter ishlayotganda faqat 
o`qish uchun foydalaniladi. 
BIOS - bu termin bazali kiritish - chiqarish sistemalarisining asosidir. BIOS dastur va apparat simlari 
o`rtasidagi bog`lovchi hisoblanadi. Bazali kiritish - chiqarish istemalarining asosi, bu kombinatsiyalash 
BIOS lar va qiymatlar uchun yuklanadigan drayverlardir. BIOS ning bir qismi tizim platadagi 
mikrosxemaga joylashadi va u Firm Ware deb nomlanadi (aynan mana shu mikrosxema foydalanuvchi 
BIOS ni kompyuterdan apparat qismiga o`tkazadi). 
Operatsion sistema o`z o`rnida BIOS orqali apparat taminotiga murojaat қилади. Bu bog`lanish 
drayver qurilmalar ko`rinishida amalga oshiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə