“Informatika va axborot texnologiyalari”


Windows OTda fayl va papkalar bilan ishlashni yengillashtirish uchun Norton Commander dasturining



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/103
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#162175
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103
PedPsix lar uchun TAYYOR-laboratoriya ishlari (1)

Windows OTda fayl va papkalar bilan ishlashni yengillashtirish uchun Norton Commander dasturining 
keyingi variantlari bo'lgan Total Commander dasturi yaratildi. Bu dastur Windowsning qobiq dasturi 
hisoblanadi. Dastur oynasining ko'rinishi quyidagicha. 
Oyna 6 qismdan iborat bo'lib, foydalanuvchining xohishiga binoan tayyorlab olinadi. Sarlavha. Total 
Commanderning variant va foydalanuvchisining nomi ko'rsatiladi; Menyu satri. Satrda [файл] 
[выделение] [команды] [сеть] [вид] [конфигурация] 
[запуск] bo'limlari bor; 
Asboblar paneli. Foydalanuvchining ishini osonlashtirish uchun qo'yilgan; Total Commanderning 
oynalari. Chap va o'ng oynalar bor; 
Buyruqlar qatori. MS DOS yoki Windowsning buyruqlarini berish mumkin; 
Funksional tugmachalar. Total Commanderda 
ishlashni 
yengillashtirish 
uchun 
foydalanuvchiga yordam tariqasida o'rnatilgan. 
Total Commanderda ishlash juda qulay bo'lib, faqat kerakli ishni amalga oshirish uchun shu amalni 
bajartiruvchi tugmalar majmuini bilish talab etiladi. 
Arxivlangan fayl - bu faylning ixchamlangan, siqilgan holati. Amalda fayllar bilan ishlashda, ya’ni 
fayllarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirishda, nusxa olishda, saqlab qo`yishda, elektron pochta orqali 
axborot yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tug`iladi. 
Avvalo arxivlash bilan bog`lik bo`lgan asosiy tushunchalarni kiritamiz, keyin arxivlash uchun ko`p 
qo`llaniladigan asosiy arxivatorlar (arxivlovchi dasturlar) bilan tanishamiz. 
Fayllarni arxivlash - fayllarni ma’lum bir qoida asosida siqilgan, ixchamlangan holatda diskda saqlash 
demakdir. Arxivlash qattiq disk ishdan chiqishi yoki faylning tasodifan o`chirilishi sodir bo`lgan hollarda 
joriy faylni qayta tiklash uchun yordam beruvchi vosita sifatida ham qo`llaniladi. 
Arxivlash BASKUP paket dasturi orqali ham amalga oshiriladi. Bu dastur haqidagi to`la ma’lumotlarni spravka 
bo`limidagi «fayllarni arxivlash» kalit so`zli komanda orqali olish mumkin. 
Umuman arxivlash - bu uzoq muddat saqlanuvchi fayllar, kam qo`llaniladigan, eski hujjatlar, har xil 
materiallar, adabiy va ilmiy maqolalar, rasm va boshqalarni saqlash uchun qo`llaniladi. Arxiv bir qancha 
qismlardan iborat bo`lishi va unda har bir fayl alohida ko`rinishda saqlanishi mumkin. Bunday arxiv fayllari 


10 
ko`p tomli deb ataladi. Shunday arxivlardan katta hajmli ma’lumotlarni qismlarga bo`lib disketalarga 
sig`adigan, qulay ko`rinishga keltirish uchun foydalanish mumkin. Bunda har bir qism fayl ham arxiv fayli 
deb ataladi. 
Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Siqilgan faylni eski holiga qaytarish 
arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar guruhi, to`liq fayllar strukturasi bo`yicha yoki 
papkalar bo`yicha ham bajarish mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda papkalar ko`p bo`lsa, ularni oldin bitta 
papkaga yig`ib olish ishni osonlashtiradi. Elektron pochta va Internet muhitida arxivlangan holdagi 
ma’lumotlarni almashish bir kator kulayliklar yaratadi. 
Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, ba’zi hollarda arxivlash natijasida 
boshlangich fayl 10-20 baravar siqilishi ham mumkin. Masalan, dastur fayllariga nisbatan tekst va rasm 
fayllari ancha yaxshi ixchamlanadi. 
Hozirgi kunda har xil arxivatorlar bir-biridan siqish darajasi, tezligi, foydalanishda qulayliklari, 
imkoniyat darajasi bo`yicha farq qiladi. Foydalanuvchi har xil turdagi arxiv fayllarini kengaytmasi bo`yicha 
farqlaydi. Siqish turi shu arxivning formati deyiladi. 
Arxiv fayllar ham oddiy fayllar kabi nomlanadi va maxsus kengaytirmaga ega bo`ladi. Masalan, 
PKZIP/PKUNZIP dasturlarining fayllari .ZIP, ARJ dasturining fayllari .ARJ kengaytirmaga ega bo`ladi. 
Ko`p tomli fayllar uchun esa arxivning davomi A01, A02 va dokazo kengaytirmalar oladi. 
ZIP-formatli arxiv imkoniyatliroq hisoblanadi. Bu turdagi arxivlar PKZIP arxivatori bilan yaratiladi. 
Arxivni ochish uchun PKUNZIP dan foydalaniladi (PKWARE firmasi tomonidan yaratilgan). ZIP - formatli 
arxiv boshqa formatli arxivlardan arxivlash jarayonining tez amalga oshirilishi va yuqori darajada siqish 
imkonini berishi bilan ajralib turadi. 
Hozirgi vaqtda ko`p qo`llaniladigan arxivatorlardan yana biri ARJ hisoblanadi (R.Yangom tomonidan 
yaratilgan). Bu arxivator arxivlash va arxivdan chiqarish uchun hizmat qiladi. 
Xuddi shuningdek, ZIP va ARJlarga o`xshash formatlaydigan LHA (X.Yoshizaki) arxivatori ham 
mavjud. 
Yana ko`p qo`llanadigan arxivatorlardan RAR (YE.Roshal) hisoblanadi. Bu arxivator Norton 
Commander muhitida, foydalanuvchi interfeysi yordamida amalga oshiriladi. Ammo bu arxivatordan 
elektron pochtada foydalanish noqulayliklar tug`diradi 
Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayllar borligini bildiruvchi sarlavhaga ega bo`ladi. Arxiv sarlavhasida 
unda saqlanuvchi har bir fayl uchun quyidagi ma’lumotlar saqlanadi: 
fayl nomi; 
fayl saqlanuvchi (joylashgan) katalog (papka) haqida ma’lumot; 
faylning oxirgi marta qayta ishlangan sanasi va vaqti; 
faylning diskdagi va arxivdagi o`lchami; 
arxivning to`liqligini tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning siklik tekshirish kodi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə