“Informatika va axborot texnologiyalari”


American Megatrends (AMI)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/103
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#162175
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103
PedPsix lar uchun TAYYOR-laboratoriya ishlari (1)

American Megatrends (AMI)

2.
 
Award Software

3.
 
Phoenix Technologies

BIOSturiga qarab, uning ko`rinishi ham o`zgarib boradi, uning turidan tashqari bir necha versiyalari ham 
mavjud, bu versiyalar ham yangilanib borishi lozim. 
Award Software 
tomonidan ishlab chiqilgan 
BIOS 
dasturlari eng ommalashgan turi 
Bundan tashqari, 
Everest

Sandra

siw 
kabi utilitalar orqali ham kompyuteringizga o`rnatilgan BIOS 
haqida ma’lumot olishingiz mumkin bo`ladi. 
Foydalanuvchi dastur va apparat qismlarini farqlay olmaydi. Buni yuqori darajadagi komponentlar 
sistemasi orqali tushuntirish mumkin. To`liq ma’lumotni bizga BIOS tushunchasi beradi. Doimiy xotira 
kompyuter vositalarini tekshirish, operatsion sistema (OS, misol uchun Windows) ni yuklanishini amalga 
oshirish va kompyuter qurilmalariga xizmat ko`rsatuvchi ichki (baza) funksiyalarini bajaradi. Bu 
funksiyalarning asosiy qismini kiritish-chiqarish xizmatidagi dasturlar tashkil yetgani uchun mazkur 
dasturni BIOS (Basic Input Output System yoki bazali kiritish-chikarish sistemasi) deyiladi. BIOS da 
shuningdek kompyuter konfiguratsiyasini sozlovchi SETUP dasturi ham joylashgan bo`ladi. Bu dastur 
qurilmalarning ba’zi bir xarakteristikalarini o`rnatish (videokontroller, qattik disk va disk yurituvchi 
qurilma, undan tashqari parollar o`rnatish va boshqalar) ga xizmat qiladi. Bu dastur ishlashini
kompyuterni har safar yuklashda va qayta yuklashlarda ko`rish mumkin. 
BIOS dastur va apparat qismlari sistemasi o`rtasida «oraliq qatlamni» hosil qiladi. Ko`pchilik 
foydalanuvchilar BIOS ostida drayver uskunalarini tushunishadi. 
Kiritish – chiqarish sistemasi – bu BIOS ning kombinatsiyasi, shuningdek yuklanadigan drayverlar 
tuzilishi sistemali platadagi mikrosxemada saqlanuvchi BIOS ning bir qismi firvare - deb ataladi. 
Operatsion sistema modullari o`z navbatida BIOS ning kengaytirilgan modulli hisoblanadi va shu 
orqali apparat ta’minotiga murojat qiladi. Bu aloqa drayver dastur ko`rinishida bo`lib, har bir operatsion 
sistema (DOS, Windows 9X, Windows NT, Windows 2000/OS/2, Linux) o`z drayveriga ega bo`ladi. 
BIOS ga turli qurilmalar o`rnatilganda, standart interfeysni operatsion sistemalarga ta’minlaydi. 
BIOS ning CMOS dan farqi: BIOS dan tashqari CMOS apparat vositalarini boshqarish bo`limi 
(ichida joylashgan) mavjud bo`lib, tizim platalariga CMOS xotira dastur ta’minoti yozilgan. BIOS yoki 
ROM BIOS nomli mikrosxema mavjud. Bu mikrosxemaga sistemani boshlang`ich yuklash va qurilma 
drayverlari mavjud bo`ladi. Bundan tashqari test protsedurasi va tizim konfiguratsiyasi bo`ladi. Bu 
parametrlarni saqlovchi va batariyadan zaryadlovchi CMOS xotira ba’zi hollarda NV RAM deb ataladi. 
Shunday qilib, BIOS bir yoki bir nechta mikrosxemalarga dastur yuklovchilarini saqlaydi. Bu dasturlar 
kompyuter ishga tayyor bo`lgandan toki ishni tugatgunga qadar bajariladi. Bular ko`p hollarda BIOS PS 
tipidagi kompyuterlarda ham asosiy funksiyani bajaradi. BIOS, qatiy aytganda, operatsion tizimning 
emas, balki shaxsiy kompyuterning kompanenti hisoblanadi, negaki shaxsiy kompyuterda ishlatiladigan 



operatsion tizim o`zgartirilganda ham BIOS o`zgarmaydi (DEQQ da joylashganligi uchun). BIOS 
quyidagi vazifalarni bajaradi: 
-
kompyuterni initsiallashtirish, ya’ni mashina tok manbaiga ulaganda, uning barcha elementlarini 
boshlang`ich holatga keltirish; 
-
testdan o`tkazish, ya’ni kompyuterda yaxlitlikni, apparatura va dasturli resurslarning ishga 
layoqatliligini tekshirish (protsessor, xotira, drayverlar va boshqalar); 
-
operatsion tizimni o`rnatish, ya’ni tizimli diskdan OT yuklovchisini o`qish; 
-
xizmat ko`rsatish jarayonlarini va tashqi qurilmalar bilan amallarni bajaruvchi quyi darajali 
dasturli va apparatli uzilishlarni qayta ishlash; 
-
shaxsiy kompyuterning standart kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarish. Shaxsiy 
kompyuterning tashqi qurilmalarini boshqarish drayverlar deb ataluvchi maxsus dasturlar yordamida 
amalga oshiriladi. 
BIOS ning umumiy ko`rinishi. 
Yuqorida, ta’kidlanganidek BIOS apparat ta’minoti va operatsion sistema orqasida interfeysni 
ta’minlaydi. 
BIOS mikrosxemada joylashgan bo`lib, diskga ko`chiriladi. Sistemali BIOS drayverlarning asosiy 
qismlarini (klaviatura, diskovod, qattiq disk, parallel portlar va h.k.) kompyuterning boshlang`ich ishi uchun 
saqlaydi. Yangi qurilmalar o`rnatilgan vaqtda, ularning ish faoliyati BIOSga kiritilmagan bo`ladi. Bunday 
qurilmalar kompyuter ish vaqtida sezilmaydi, shuning uchun kerakli drayverlar diskdan o`rnatiladi. Bu ovoz 
adapteri, skaner, printer singari qurilmalariga ta’luqli. Lekin ba’zi uskunalar kompyuter ishi uchun zarur. 
Masalan: Ma’lumotni ekranda paydo bo`lishi uchun video adapterni ishlatish kerak. Hozirda ko`p turdagi 
videoadapterlar mavjud. Ularning hammasini sistemali BIOSga kiritib bo`lmaydi. Bunday vaqtda kerakli 
drayverlar BIOS mikrosxemasiga maxsus disklar yordamida o`rnatiladi va operatsion sistema yuklanish 
davomida uni yuklaydi. 
Bunday ish tartibi yangi modellardagi qurilmalarda BIOS ni yangilashdan saqlaydi. 
Shaxsiy BIOS qoidaga ko`ra quyidagi platalarda o`rnatiladi: 
Video adapter – doim shaxsiy BIOS mikrosxemasiga ega. 
SCSI -adapter - bu BIOS barcha SCSI qo`llaydi. Diskdan qo`shimcha drayverlarni to`plovchi CD- 
ROM, skaner ZIP lar uchun yozib olish kerak. 
Tarmoq adapteri – qurilmalarning boshlang`ich ishi va disksiz markazlarini normal funksiyasi. 
IDE disklar yoki disk yurituvchilar - sistema ishida yordamchi funksiyani bajaradi. 
Barcha tizim platalarda mikrosxema ko`rinishida, BIOS yoki ROM BIOS deb ataluvchi dastur 
ta’minoti kiritilgan. Mazkur tur xotirani ko`pincha ROM (Read Only Memory, ya’ni faqat o`qishga 
mo`ljallangan xotira) yoki DXQ (doimiy xotira qurilmasi) deb yuritiladi. 
Bu mikrosxemada boshlang`ich yuklash dasturlari va drayverlar jamlangan. Unda shuningdek POST 
jarayoni jamlangan, bundan tashqari konfiguratsiya ma’lumotlari kiritiladi. Barcha parametrlar CMOS – 
xotirada yozilgan bo`lib, batareya yordamida zaryadlanadi. Bu CMOS – xotirani ba’zida NVRAM (Non 
Volatile RAM) deb atashadi. 
Shunday qilib BIOS da bir nechta mikrosxemalarda saqlanadigan dastur to`plami mavjud. Bu dasturlar 
kompyuter ish vaqtida operatsion sistema yuklanmasdan oldin bajariladi. BIOS odatda kompyuterda RS –ga 
oid 4 ta vazifani bajaradi: 
Post 
– o`z-o`zini testdan o`tkazish: protsessor, xotira, videoadapter, disk kontrolleri, diskovod, 
klaviaturani ishiga tayyorlaydi. 
BIOS parametrlari dasturini o`rnatish (Setup BIOS) – bu dastur kerakli klavish bosilganda ishga 
tushadi. Eski kompyuterlarda bu dastur uchun disk kerak. 
Sistemali boshlang`ich yuklovchisi - diskli qurilmalarda bosh yuklovchi sektorni izlaydi. 



BIOS – drayverlar to`plami. Dos yoki Windows da himoya uchun faqat BIOS drayverlari ishlatiladi. 
Barcha zaruriy qurilmalarni o`rnatilgandan so`ng operatsion tizimda ulardan foydalanish imkoniyati 
tug`iladi. Masalan, multimedia texnologiyasi. 
Multimedia foydalanuvchiga fantastik dunyoni (virtual haqiqiy) yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarni 
yaratib beradi, bunda foydalanuvchi chekkadagi sust kuzatuvchi rolini bajarmasdan, balki u yerda avj 
olayotgan xodisalarda faol ishtirok etadi; shu bilan birga muloqat foydalanuvchi uchun odatlangan tilda - 
birinchi navbatda tovushli va videoobrazlar tilida bo`lib o`tadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə