Informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o'rni va ahamiyati



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə22/32
tarix22.03.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#184218
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Axborot texnologiyasi ma\'ruza matn

Savol va topshiriqlar

  1. Jadvalda axborotlarni kodlash nima? Misol keltiring.

  2. Jadvalning bosh kaliti deganda nimani tushunasiz?

  3. Bosh kalitga qanday talablar qo'yiladi?

Ma'lumotlar omboriga relyasion yondashish muammolari
Oldingi paragraflarda tanishib chiqilgan ma'lumotlar omborini yaratish xususiyatlaridan foydalanib, axborot tizimlarini tuzishga kirishamiz. Masalan, oldingi paragrafda ko'rilgan ma'lumotlar ombori «Talabnoma» topshirig'i bilan bog'liq uchta jadval «Talabnoma», «Talabgorlar lug'ati» va «Mahsulotlar lug'ati»ni o'z ichiga oladi.
Ma'lumotlar omborini yaratuvchilar ma'lum doirada jadval tu-zish va ularning sonini tanlashni amaliyotda mustaqil hal qilishadi (tizimni turli xil usullarda loyihalash mumkin). Bunda ko'zlangan asosiy maqsad —jadvallar miqdorining mumkin qadar minimal bo'lishi va turli holatlarni hisobga olgan holda jadvallarni normallashtirishga erishishdir.
Buning mohiyati nimada?
Ma'lumotlar omboridan unumli foydalanish uchun undagi ax­borotlarni izlash va ulardan foydalanish qulay bo'lishi kerak. Aks holda ko'zlangan maqsadga erishish o'rniga ma'lumotlar o'rnini to-pish uchun vaqt sarflashga to'g'ri keladi.
lyerarak yoki tarmoqli tuzilishga ega bo'lgan ma'lumotlarni relyatsion ko'rinishga o'tkazish jarayoni normallashtirish deyiladi.
Sirtdan qaraganda bu jarayon juda sodda ko'rinsa-da, uni amalga oshirish anchagina murakkab vazifadir. Normallashtirish jarayonini Talabnoma» jadvalini yaratish misolida ko'rib chiqamiz.
Ma'lumki, ma'lumotlar omborini yaratishda Jadvalning asosiy aliti bo'lishi kerak. Kerakli axborot ana shu asosiy kalitga ko'ra izlanadi. uqorida ko'rsatilgan jadvalga «Talabgorning rekvizitlari» debaladigan satr kiritilib, uning qiymati talabgor kodining qiymati n aniqlanadi. Lekin talab raqami —jadval kalitiga bog'liq emas.
Jnday hollarda axborotning yo'qolishi ro'y beradi, chunki biror abgor nomeri yo'qotilsa, u bilan birga talabgorning rekvizitlari yo'qotiladi. Yana bir muammo shundaki, bir xil rekvizitlarni (balki yuzlab) marta kiritish natijasida nafaqat ortiqcha ishni bajarishingiz, balki ko'plab xatoliklarga yo'l qo'yishingiz mumkin.
Shuning uchun «Talabnoma» jadvalidan «Rekvizitlar» ustunini olib, uni talabgor nomi bilan L taklif lug'atiga kiritamiz. Bu lug'atda muayyan talabgoming rekvizitlari bir marta ko'rsatiladi. Kelgusida Ьц rekvizitlar nafaqat «Talabnoma» faylida, balki talabgoming kodj bo'lgan boshqa fayllarda ham ishlatilishi mumkin.
Yetarli ko'nikmaga ega bo'lgan odam ma'lumotlarni normallash-tirishni amalga oshira oladi. Bunda eng asosiysi, bosh kalit bilan bevosita bog'lanmagan ustunlarni yo'qotishdir.
Foydalanuvchilar ma'lumotlarni normallashtirishda jadvaldagi ustunlar sonini belgilashda qiyinchiliklarga duch kelishadi.
Misol tariqasida tuzilishi bo'yicha relyatsion tizimga ega bo'lgan xodimlar to'g'risidagi ma'lumotlar omborini ko'rib chiqamiz.
7-jadvaI


F.I.SH.

Tug'ilgan yili

Ma'lumoti

Mansabi

Maoshi

To'ychiyev T.I.

1970

Oliy

Muhandis

25150

Lafasov S.B.

1965

O'rta

Montyor

20450

Sobirov F.M.

1980

O'rta

Farrosh

12150

By fayldagi har bir yozuv aniq ishchiga tegishli ma'lumotlardan iborat.
Ma'lumotlar omborida imkoni boricha ko'proq ma'lumotlar be-rilishi lozim. Lekin ma'lumotlar turli xodimlar uchun turlicha bo'ladi. Masalan, oldingi ish joyi, xizmat vazifasida siljishi, xizmat safarlari. ilmiy unvonlari, kasallikka chalinishi va boshqalar. Umuman olganda. satrlar sonini maksimal qilib olganda, barcha ko'rsatilgan qismlarni jadvalga («Xodimlar» fayliga) kiritish mumkin. Masalan, birorolim 30 tacha mukofotga ega bo'lsin. U holda «Xodimlar» ga 60 ustun kiritish kerak: SANA 1, KOD 1, SANA 2, KOD 2, ... bu yerda sana - mos holda mukofot berilgan sanani, kod — mukofot kodini anglatadi, Lekin bu satr ko'pchilik yozuvlarda bo'sh qolib ketadi.
Obyektning har xil hajmdagi axborotga ega elementlari takrorla-nadigan guruhlar deyiladi. Agar har bir takrorlanadigan guruh uchun o'z kalitiga ega bo'lgan alohida jadval hosil qilinsa, masalani yechish osonlashadi.
Ma'lumotlar omboriga bir vaqtning o'zida mukofotlar nomlari va kodlari berilgan LMUKOFOT lug'ati kiritiladi. Unda mukofotlarni quyidagicha kodlash mumkin:
Ql_- Nobel mukofoti, 02— Beruniy mukofoti, 03— Zulfiya muko-foti, 04— Hamza mukofoti,... .
Ma'lumotlar omborini boshqarish dasturida «Xodimlar» va /LMUKOFOT ni o'z ichiga olgan) MUKOFOT faylini birlashtirish
mumkin.
dbf fayllaridagi ma'lumotlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: o'zgaruvchan va doimiy ma'lumotlar. Bu guruhlar faqat ma'lumotlarni qayta ishlash va ularning yangilanish chastotasi bilangina bir-biridan farq qiladi.
Ma'lumotlar omboridagi o'zgaruvchan ma'lumotlar eng ko'p qo'llaniladigan ma'lumotlar hisoblanadi. Chunki ular tez-tez o'zgar-tirib turiladi (ba'zan har kuni yoki haftada bir marta). Masalan, metallarni qayta ishlash mahsulotlariga bo'lgan talablar faylida doimiy o'zgarish bo'lib turadi. Bunday axborot tizirnlarida qotishma turlari kam o'zgaradi, lekin uning metalldagi tashkil etgan qismi (foizi) o'zgarib turadi.
Ba'zi parametrlar — nomlanishi, o'rtacha og'irligi, issiqlik sig'imi
va boshqalar uzoq muddat o'zgarmay qoladi. Ular ma'lumotlar
omboridagi doimiy ma'lumotlar fob ataladi.
Relyatsion jadvalga katta hajmga ega bo'lgan ma'lumotlarni kiri-
tishda ba'zi satr qiymatlarini bir necha bor qayta ishlatish hollari

uchrab turadi. (Masalan, firmalaming kodlari, talabgoming rekvizitlari


vah.k.)
Ko'pgina dasturlarda takrorlanadigan guruhlarni kiritish texnolo-
giyalari mavjud va ular orqali berilgan axborotlarning birortasi
yo'qotilmasdan satrlarga o'tkaziladi.
Masalan, MS Office paketidagi Excel dasturidan foydalanib, ma'lumotlar ombori tuzishda berilgan satr yoki ustundagi qiyrnatlarni qayta kiritishda «Копировать» buyrug'idan foydalanish mumkin. Bu buyruqq orqali biror katakchadagi qiymatlar buferga (vaqtinchalik saqlash uchun) o'tkaziladi. Buferda saqlanayotgan ma'lumotni esa ko'p marta ishlatish mumkin. Buning uchun qiymat kiritiladigan katakcha tanlanib, «Вставить» buyrug'ining berilishi yetarli.
Xuddi shuningdek, «Копировать» buyrug'i yordamida ma'lunmotlar guruhi nusxalanishi mumkin.





Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə