Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari 22-Modul: Inklyuziv ta’limni istiqbollari



Yüklə 149,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix26.05.2023
ölçüsü149,49 Kb.
#113370
1   2   3   4
52ONnCgYj1kQ72k8epduquStFyp6T76oZcxgQNj4 (1)

Waldorf pedagogika 
dasturi bo‘yicha rasm chizishingizni e’lon qilasiz. Bir yil 
davomida bolalar rasmlar chizishadi, ba’zan mazmunli narsaga o‘xshash go‘zal 
bo‘yoq dog‘larini chizadilar. 
3 nafar aqli zaifligi bo‘lgan o‘quvchilar
juda xursand, 
chunki ular oxir-oqibat boshqalarga o‘xshab qila oladigan ishlarini qilishmoqda. 
Ba’zi ota-onalar sizning oldingizga qachon biror narsani o‘rgatishni boshlashingizni 
so‘rashni boshlaydilar. Siz ularga bolaning ruhi haqida nimadir tushuntirasiz va 
o‘rganish quruq mashqlar emas, balki yorqin tajribalardan iborat bo‘lishi hissiy 
rivojlanish uchun qanchalik muhimligini tushuntirasiz. Onalar sizning yuksak 


pedagogik ideallaringizga qoyil qolishadi, siz inklyuziya nihoyat ishlaganini his 
qilasiz va bir yil ichida 
3 nafar aqli zaifligi bo‘lgan o‘quvchilar
hech narsa chizishni 
o‘rganmagani haqida emas balki, rang-barang dog‘lardan boshqa hech nima 
chizishni o‘rganmaganliklari haqida fikr yuritasiz. 
Waldorf
pedagogikasi – diniy va tasavvufiy g‘oyalarga asoslangan muqobil 
pedagogik tizim.
Valdorf pedagogikasi Rudolf Shtaynerning diniy va tasavvufiy taʼlimotiga 
asoslanadi, u teosofiya (dinshunoslik) – antroposofiya (diniy 
donishmandlik)
dan paydo 
boʻlgan. 
Valdorf maktablari umumiy ta’lim hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda esa 
baho qo‘yilmaydi va o‘qitish asosan darsliklarsiz olib boriladi.
Birinchi Waldorf maktabi 1919-yilda tashkil etilgan. 2019-yilda 70 dan ortiq 
mamlakatlarda 1151 ta Waldorf maktabi (shu jumladan Germaniyada 87 000 
oʻquvchiga ega 245 maktab) va 65 mamlakatda 1857 ta bolalar bogʻchasi 
Valdorf/Shtayner maktablari xalqaro forumi (Gaaga doirasi) tomonidan tan olingan. 
Valdorf ta’limi gumanitar oliy maktabining pedagogik bo‘limi hisoblanadi. “Valdorf 
maktabi” nomi ro‘yxatdan o‘tgan xalqaro savdo belgisi bo‘lib, undan foydalanish 
huquqi Mustaqil Valdorf maktablari ittifoqiga (Germaniya) tegishli. 
O‘qituvchining tajribalaridan kelib chiqib qilishimiz mumkin bo‘lgan 
xulosalar, yani o‘qituvchilar quyidagi jarayonlarni amalga oshirishlari kerak: 
– maqsadni natija olishga qaratmasdan, aksincha, maqsad bolalarning 
hamkorlikdagi ta’limi ekanligi va ularning birgalikda ishtirok etib uygunlashishi 
ekanligiga rioya qilish. 
– bolalarga bag‘rikenglik munosabatini singdirib borish va alohida ta’lim 
ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni masxara qilmaslikka va ajratmaslikka undash, 
shuningdek, tenglik g‘oyalarini targ‘ib qilish. 
– bolalarning imkoniyatlariga mos dasturlar asosida ta’limni tashkil etish va 
shu dastur asosida baholash jarayonini o‘tkazish hamda sog‘lom bolalarga ular 
boshqacha ekanligini tushuntirib borish, shuningdek, bu o‘ziga xosliklar normal 
holat ekanligini sog‘lom bolalarga tushuntirib borish. 



Yüklə 149,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə