Innovatsion iqtisodiyot / Инновационная экономика / The Innovation Economy №1. 2023



Yüklə 235,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix26.10.2023
ölçüsü235,62 Kb.
#132339
1   2   3   4   5   6   7   8
9. R.X.Ergashev, N.R.Xo‘jaqulova 70-75

 
TADQIQOT METODOLOGIYASI 
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloya-
tida dorivor o‘simliklarni yetishtirish holati va 
dinamikasi o‘rganildi va tahlil qilindi. Tadqiqot 
jarayonida fanning dialektika, iqtisodiy tahlil 
qilish, qiyosiy taqqoslash, statistik guruhlash, 
monografik kuzatish, induksiya, deduksiya, 
mantiqiy va abstrakt fikrlash hamda istiqbolli 
bashoratlash usullaridan keng foydalanilgan.
4.
 
TAHLILLAR VA ASOSIY NATI-
JALAR
Ma’lumki, insoniyat uchun eng muhimi bu 
- salomatlikdir. Shu boisdan, inson salomat-
ligini yaxshilaydigan vositalarga ehtiyoj ko‘p 
bo‘ladi. Shu sababdan ham dorivor o‘simliklar 
eng ko‘p sarflanadigan mahsulotlar turiga kira-
di. Rivojlangan mamlakatlarda odamlar imkoni 
boricha sog‘liq uchun zararsiz, tabiiy dori vosi-
talarini iste’mol qilishni afzal bilishadi.
Dorivor o‘simliklar inson salomatligini 
yaxshilash uchun eng zarur bo‘lgan, boshqa 
hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydigan 
mahsulotlar sirasiga kiradi. Mamlakatimizda 
aholi salomatligini yaxshilash, xalqimizni tabiiy 
dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor 
vazifa sifatida qarab kelinmoqda. Jumladan
respublikamizning lalmikor va sug‘oriladigan 
yerlaridan unumli foydalanish maqsadida, ke-
yingi yillarda dorivor o‘simliklarni katta may-
donlarga ekishga alohida e’tibor berilmoqda. 
Respublikamizning barcha hududlarida
o‘rmon xo‘jaliklarida hamda qishloq xo‘jaligi 
yerlarida dorivor o‘simliklar yetishtiriladi. Xu-
susan Qashqadaryo viloyatida viloyat o‘rmon 
xo‘jaligi boshqarmasi tizimida 8 ta o‘rmon xo‘-
jaligi faoliyat yuritib kelmoqda. Ularda jami 50 
ga yaqin dorivor o‘simliklar turlari yetishtirilib 
kelinadi. 
Qashqadaryo viloyatida keyingi yillarda 
ayrim turdagi dorivor o‘simliklarning maydoni 
sezilarli darajada oshdi. Buni viloyatdagi o‘r-
mon xo‘jaliklari misolida yoki birgina “BBU-
AZAMAT” xususiy korxonasida yetishtiriladi-


Innovatsion iqtisodiyot / Инновационная экономика / The Innovation Economy №1. 2023 
72 
gan dorivor o‘simliklar misolida ham ko‘rishi-
miz mumkin.

Yüklə 235,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə