Innovatsion iqtisodiyot / Инновационная экономика / The Innovation Economy №1. 2023



Yüklə 235,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix26.10.2023
ölçüsü235,62 Kb.
#132339
1   2   3   4   5   6   7   8
9. R.X.Ergashev, N.R.Xo‘jaqulova 70-75

5. XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda tarmoqda ishni 
to‘g‘ri tashkil etish uchun boshqaruv tizimini 
optimallashtirish va tuzilmalarda tarkibiy o‘z-
gartirishlarni amalga oshirish vaqti kelganligini 
davrning o‘zi dolzarb masala etib belgilab 
bermoqda. 
Qashqadaryo viloyati agrar sektorida 
kadrlar masalasi va ishlab chiqarishga innovat-
sion yondashuvni tatbiq etish borasida kamchi-
liklar kuzatilayotgan edi. Sohadagi bu kabi 
muammolarning yechimiga qaratilgan ayrim 
tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish maqsadga 
muvofiq bo‘lar edi. Xususan: 
Birinchidan,
dorivor o‘simliklar yetish-
tirish va uni yanada rivojlantirishga xizmat 
qiladigan yuqori malakali mutaxassis kadrlarga 
bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida, qish-
loq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassa-
salarida “dorivor o‘simliklar” kafedrasini tash-
kil etish va unda ixtisoslashtirilgan tor doira-
dagi “agronom”larni tayyorlash; 
Ikkinchidan,
dorivor o‘simliklar jumla-
dan kavrak urug‘lik materiallariga bo‘lgan ehti-
yoj va qaramlikni yumshatish hamda xo‘jalik-
larni viloyatimizda yetishtirilgan va mahalliy-
lashtirilgan urug‘lik materiallari bilan ta’min-
lash maqsadida “viloyatimizning tuproq-iqlim 
sharoitlarini chuqur tahlil qilib, har bir tumanda 
kamida bittadan noan’anaviy dorivor o‘simlik-
lar urug‘chiligiga ixtisoslashgan xo‘jalik yuri-
tuvchi subyektlarni tashkil etish” orqali “dori-
vor o‘simliklar urug‘ligi yetishtirishga ixtisos-
lashtirilgan urug‘chilik fermer xo‘jaliklari”ni 
tashkil etish; 
Uchinchidan,
dorivor 
o‘simliklarni 
yetishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar 
xususida fan, ta’lim va amaliyotni o‘zaro integ-
ratsiyalashtirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari 
ko‘lamini oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligi-
da bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizi-
mida “dorivor o‘simliklar” ilmiy-tadqiqot insti-
tuti yoki markazini hamda “Qishloq xo‘jalik 
ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish 
agrotexnologiyalarini takomillashtirish bo‘yi-
cha “Muvofiqlashtiuvchi ilmiy-texnik Ken-
gash” tashkil etish; 

Yüklə 235,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə