Innovatsion iqtisodiyot / Инновационная экономика / The Innovation Economy №1. 2023
75
qalar.
Taklif etilayotgan asosiy va qo‘shimcha
boshqaruv tuzilmalari joylarda faoliyat yurita-
yotgan korxonalarning
mavjud muammo va
kamchiliklarini tizimli ravishda o‘rganib, fan,
ta’lim va amaliyotni o‘zaro integratsiyalash-
tirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib
bormoqchi bo‘lgan bo‘lajak
tadqiqotchilar
uchun o‘z yechimini kutib turgan muammoli
masalalarni qamrab olgan “Tarmoq muammo-
lari banki”ni tashkil etilishi mumkin.
Bundan
tashqari, viloyatda dorivor o‘sim-
liklarni yetishtirishni rivojlantirish masalasida-
gi yagona boshqaruv tuzilmasi vujudga keladi.
Hududlarda ixtisoslashtirilgan qishloq
xo‘jaligi klasterlarini tashkil etish bo‘yicha
qulay sharoit yuzaga keladi.
Korxonalarning
mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan yil davo-
mida to‘liq foydalanish uchun xom ashyo
resurslarining yetishmovchiligini
yumshatish
imkoniyati yuzaga keladi. Fundamental, amaliy
va innovatsion ilmiy-texnik dasturlarni shakl-
lantirish va ular ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini
olib borish jadallashadi.
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qay-
ta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha respublika va
xorijiy davlatlarning investitsiyalarini jalb etish
masalasida taklif
va qarorlar qabul qilish-da
yetakchi
bo‘g‘in
sifatida
ishtirok
etadi,
javobgarlik va manfaatdorlik oshadi. Mazkur
sohani chuqur tahlil qilish va uni o‘rganish
uchun yagona ma’lumotlar bazasi shakllanti-ri-
ladi. Natijada tarmoq rivojlanishini kompleks
monitoring, nazorat
va tahlil qilish imkoniyati
yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: