Innovatsion iqtisodiyot / Инновационная экономика / The Innovation Economy №1. 2023
73
bo‘lsa, moychechak guli 174,6 kg/ga yoki 21,6
% ga, gulxayri ildizi 139 kg/ga yoki 11,4 % ga
oshgan.
Lebistok
ildizining
hosil-dorligi
o‘rganilayotgan yillar davomida 73 kg/ga yoki 4
% ga oshgan bo‘lsa, dorivor vale-riana ildizi -
102,9 kg/ga yoki -7,8 % ga kamay-ganini
ko‘rishimiz mumkin.
Dorivor o‘simliklarni yetishtirishni ko‘-
paytirishdan ko‘zlangan maqsad mavjud yer va
suv resurslaridan samarali foydalanish, tabiiy
vositalar yordamida aholi salomatligini yanada
mustahkamlash, aholini zararsiz tabiiy dori vo-
sitalari bilan ta’minlash va eksport xajmlarini
yanada oshirish, dorivor o‘simliklarni
yetish-
tirishda ularni oqilona joylashtirishni tashkil
etish hamda mahsulot yetishtiruvchilarning
iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini ta’min-
lash hisoblanadi.
Buning uchun esa zarur yonilg‘i-moylash
materiallari, mineral o‘g‘itlar, urug‘lik va bosh-
qa moddiy resurslar hisob-kitob qilinib, o‘z
vaqtida yetkazib berish chora-tadbirlari ko‘ri-
layapti.
Bu amalga oshirilayotgan islohotlarning
barchasi soha oldiga qo‘yilayotgan talab – dori-
darmon mahsulotlari importini keskin kamay-
tirish va dorivor o‘simliklar eksportni ko‘payti-
rishga xizmat qiladi.
Aholi salomatligini yaxshilash va dori-
darmon vositalariga bo‘lgan talabini qondirish,
qayta ishlash korxonalarida innovatsion texno-
logiyalardan foydalanish va ularning samara-
dorligini oshirish zarurati kuchaymoqda. Shu
bilan birga, dorivor o‘simliklar, xususan, kav-
rak yetishtirishni rivojlantirish tendensiyalari
ancha ziddiyatli kechmoqda.
Bir tomondan
dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ish-
lash quyi tarmog‘ini texnik-texnologik moder-
nizatsiyalash sur’atlarining pastligi, samarali
innovatsion infratuzilmalar yetarli emasligi,
dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha katta
ichki imkoniyatlarga ega bo‘lishiga qaramas-
dan, katta miqdorda dori-darmon vositalari
importga olinmoqda.
Shuningdek, ko‘pgina dorivor o‘simlik-
larni yetishtirish uchun urug‘likning asosiy qis-
mi xorijdan importga olinmoqda. Boshqa
tomondan, dorivor o‘simliklarni, xususan, kav-
rak yetishtirish va xom ashyosini qayta ishlash-
ni tartibga solishning tashkiliy-iqtisodiy metod-
laridan samarali foydalanilmayapti.
Natijada,
dorivor o‘simliklarni yetishtiruvchi fermer xo‘-
jaliklarining samaradorligi pastligicha qolib
ketmoqda.
Hozirgi kunda birgina dorivor o‘simliklar
yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalar
o‘zaro munosabatlarining tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmini takomillashtirish bilan bog‘liq
bo‘lgan quyidagi muhim masalalar o‘z
yechimini topishi zarur. Xususan:
•
dorivor o‘simliklarning har xil tuproq-
iqlim sharoitlariga mos keladigan yuqori
avlodli, serhosil, kasallik va zararkunandalarga
chidamli turlarini yetishtirishni ko‘paytirish;
•
dorivor o‘simliklar yetishtirish va uni
yanada rivojlantirish, urug‘chilikni rivojlanti-
rishda rag‘batlantirish
mexanizmi qoniqarli
darajada emasligi shuningdek, shu sohada
faoliyat olib borayotganlar ishlarining sustligi;
•
dorivor o‘simliklardan yuqori hosil olish
va yetishtirishda uning tannarxini pasaytira-
digan zamonaviy resurstejamkor texnologiya-
lardan foydalanish bo‘yicha o‘rmon, fermer va
dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer ega-
lariga amaliy yordam va maslahatlar berishda
sohaning yetuk olim va mutaxassislari ishtiro-
kida ko‘rgazmali, hududiy ilmiy-amaliy o‘quv
seminarlarini tashkil etish va uni o‘tkazish
ishlari qoniqarli emasligi;
•
mavjud kamchiliklarni
chuqur tahlil
qilib, o‘rganib, tarmoqni yanada rivojlantirish
masalalariga qaratilgan fundamental, amaliy va
innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish
istagidagi tadqiqotchi va olimlar uchun zarur
bo‘ladigan ma’lumotlar tizimli ravishda
hisobotlarda yuritilmaganligi boisdan, yuqori
malakali mutaxassis va ilmiy kadrlar tayyorlash
masalalarida oqsoqlanishlar kuzatilayotganligi;
•
dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun
resurslar ta’minoti, ya’ni mablag‘, urug‘lik,
yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar,
biologik
va
kimyoviy
vositalar
hamda
mexanizatsiya xizmatlari bilan subyektlarni o‘z
vaqtida yetarli darajada ta’minlanmayotganligi;
•
yovvoyi holda o‘sadigan dorivor
o‘simliklarni
madaniylashtirish,
birlamchi
urug‘chiligini tashkil etish,
ilmiy tavsiyalarni
ishlab chiqishda, urug‘chi-olimlar va soha
mutaxassislarini keng jalb qilish ishlari
qoniqarsiz tarzda amalga oshirilayotganligi;
Innovatsion iqtisodiyot / Инновационная экономика / The Innovation Economy №1. 2023
74
•
dorivor o‘simliklardan yuqori sifatli xom
ashyo olish va qayta ishlash masalasida
respublika va rivojlangan xorijiy davlatlarning
ilmiy muassasalari va olimlari o‘rtasida uzviy
hamkorlik aloqalarining yaxshi yo‘lga qo‘yil-
maganligi;
•
viloyatimizning tuproq-iqlim sharoitla-
riga mos keladigan muqobil xom ashyo olina-
digan dorivor o‘simliklarni izlab topish,
ularni
yetishtirish va qayta ishlash texnologik jara-
yonlarining o‘rganilmaganligi;
•
dorivor o‘simliklarni
ilmiy asoslangan
xolda joylashtirishga e’tibor berilmasligi natija-
sida belgilangan hosil olinmayotganligi. Bu esa,
qayta ishlash korxonalarining xom ashyo
ta’minotida yetishmovchiliklarga sabab bo‘l-
moqda.
•
dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi kor-
xonalar
tomonidan
mahsulotlar
sifatini
yaxshilashni ta’minlash uchun texnologiyalar-
ning yetishmasligi;
•
dorivor o‘simliklarni yetishtiruvchi xo‘-
jaliklar bilan ularni qayta ishlovchi korxonalari
o‘rtasida kontraktatsiya shartnomalarini tuzish
va ularning ijrosini monitoring qilish ishlari-
ning murakkabligi;
•
tizimli nazorat o‘rnatilmayotganligi
tufayli dorivor o‘simliklarni ilmiy asoslangan
holda joylashtirishga e’tibor berilmayotganligi
natijasida belgilangan hosil olinmaganligi;
•
ixtisoslashgan xo‘jaliklarning kamligi,
dorivor o‘simliklarni ekish uchun yer to‘g‘ri
tanlanmayotganligi, zamonaviy ilg‘or agrotex-
nologiyalarning keng qo‘llanilmayotganligi,
dorivor o‘simliklar hosilining o‘z muddatlarida
sifatli va nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib
olinishida texnikalarning yetishmasligi kabi
muammolar tarmoq samaradorligiga salbiy
ta’sirini o‘tkazib kelayotganligi aniqlandi.
Dostları ilə paylaş: